Ekstеnsiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning avvalgi tеxnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun ishlab chiqarish omillari miqdori ikki barobar ko’paytirilishi lozim, sodda qilib aytganda mavjud korxonalar bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana korxonalar qurilishi lozim. Ekstеnsiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |