Avtotransport vositalarining diagnostikasi


Diagnostika ob’ektlari modellari tarifi?



Download 11,93 Mb.
bet14/182
Sana01.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#282322
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182
Bog'liq
диагностика

1. Diagnostika ob’ektlari modellari tarifi?


2. Transport vositasining nazoratga yaroqliligi qanday aniqlanadi?

3. Transport vositasining nazoratga yaroqlilik koeffitsientiini qanday qilib oshirish mumkin?




5-MAVZU: Diagnostikalovchi ob’ektlarni va strukturaviy ko’rsatkichlarni va parametrlarni tanlash.




O`quv rejasi:

REJA:

5.1.

Tuzilmaviy parametr, tashqi belgi (simptom) va diagnostik parametr tushunchalari.

5.2.

Tuzilmaviy va diagnostik parametrlsrning o’zaro bog’lanishlari.

5.3.

Diagnostik parametrlarning tasnifi.

5.1. Tuzilmaviy parametr, tashki belgi va diagnostik parametr tushunchalari.


Transport vositasi (agregat, mexanizm) elementlarning tartibga keltirilgan tuzilmasidir. Uning ishi ko’rsatilgan elementlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi orqali amalga oshiriladi. Bu bog’liqlik fizik miqdorlar orqali ifodalanib, tuzilmaviy parametrlar yoki texnik holat parametrlari deb ataladi (tortish kuchi, bosim, tebranish amplitudasi, tovush kuchi, tok kuchi, harorat va h. k).

Ekspluatatsiya jarayonida tuzilmaviy parametrlar nominal miqdorlardan chegaraviy miqdorlargacha uzlukli yoki uzluksiz o’zgarishi mumkin va, demak, ob’ektning texnik holati uning sozligini belgilaydigan tuzilmaviy parametr miqdorlarining chetga og’ishlari majmui bilan aniqlanadi.

Diagnostika ob’ektlarining tuzilmaviy parametrlarini agregat va mexanizmlarni ajratmasdan turib bevosita aniqlash imkoniyati juda cheklangan. SHuning uchun transport vositasi mexanizmlari texnik holatini aniqlayotganda diagnostik parametrlardan foydalaniladi.

Diagnostik parametrbu transport vositasi, uning agregat va uzellari texnik holatining miqdoriy qiymatini bilvosita belgi (simptom) lar bo’yicha bo’laklarga ajratmasdan turib aniqlanadigan sifatli o’lchovidir. Diagnostik parametrlar tuzilmaviy parametrlar bilan bog’langan bo’lib ob’ektning texnik holati to’g’risida kerakli ma’lumot beradi. Har qanday ob’ektning chiqish jarayonlari ikkiga bo’linadi:

1) ishchi jarayonlar - ob’ektning ish funktsiyalarini belgilaydigan jarayonlar (masalan, dvigatelda yonilg’i va boshqa ekspluatatsion materiallarni sarflash, energiya ishlab chiqarish, ishlatilgan gazlarni chiqarib tashlash) va h.k;

2) birga sodir bo’ladigan (hamroh) jarayonlar – ishchi jarayonlar bilan bir yo’lakay paydo bo’ladigan jarayonlar (tebranishlar, urilishlar, issiqlik chiqarish va h.k.). Bunday jarayonlar xarakteristikalari va parametrlarini kuzatish va tashqaridan o’lchash mumkin. Ishchi va hamroh jarayonlar va ularning hosilalari parametrlari diagnostik parametrlar bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Transport vositasi texnik diagnostikasi nazariyasi va amaliyoti chiqish xarakteristikalari parametrlari miqdorlarining ob’ekt tuzilmaviy parametrlariga bog’liqligiga asoslangan.

Ishchi yoki birga sodir bo’ladigan (hamroh) chiqish jarayonlarini ob’ektning nosoz texnik holatidan darak beruvchi bilvosita tashqi belgi (simptom) deb qarash mumkin.

Endi masalaga boshqacha tarzda qaralsa, ya’ni tuzilmaviy parametrlar miqdorlarini chiqish jarayonlari parametrlari miqdorlari orqali topilsa, texnik diagnostikaning mohiyati kelib chiqadi.

O’lchangan diagnostik parametrlar bo’yicha mexanizmning texnik holatini baholashda tuzilmaviy va diagnostik parametrlar orasidagi to’g’ri va teskari bog’lanishlarni bilish zarur [6]. Bunday bog’lanishlar sodda (a), ko’p miqdorli (b), noaniq (v) va qurama (g) bo’lishi mumkin (6-rasm).

Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o’zaro bog’lanishlari xarakteri ularning axborot beruvchanlik xususiyatlarini ifodalaydi va diagnoz qo’yishda axborotga ishlov berish usullarini belgilab beradi.


a) b) v) g)



6-rasm. Tuzilmaviy (X) va diagnostik (S) parametrlarning o’zaro bog’lanishlari shakli

Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish