Qabul diagnostikasi (Dq)
ishini o’tkazishdan maqsad avtomobil egasining buyurtmasi bo’yicha
“nosoz” deb belgilangan agregatlar va uzellarni tekshirib chiqish hamda xavfsizlikni ta’minlovchi barcha
mexanizmlarni texnik holatini nazorat – ko’rikdan o’tkazish. SHuningdek, avtomobilning umumiy texnik
holatini belgilovchi agregatlar va tizimlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib chiqiladi.
Nazorat – ko’rik natijalariga asoslanib, bajariladigan ishlarning tahminiy hajmi, bajarish muddati, narhi
belgilanadi va mijoz bilan kelishiladi, so’ngra buyurtma - naryadi rasmiylashtiriladi.
Qabul qilish postida quyidagi texnologik va diagnostik jihozlar bo’lishi kerak:
- ko’targich;
- gazanalizator;
- yoritish va ogohlantirish anjomlari ishlashini tekshirish uchun oyna;
- ishlatilgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuborish shlangi;
- ko’chma diagnostik vositalar va boshqalar.
Agarda nazorat – ko’rik vaqtida “nozoslik” sabablari aniqlanmasa, avtomobilni maxsus diagnostka
ustaxonasiga yuboriladi.
Buyurtmali diagnostikalash (Db)
ishlari avtomobil egasining buyurtmasi asosida, uning
ishtirokida o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu turdagi diagnostikalash ishlari maxsus diagnostika
(avtomobillar, ularning agregat, mexanizm va tizimlarining texnik holatini aniqlash, baholash bilan
shug’ullanuvchi) ustaxonasida yoki ixtisoslashtirilgan (boshqarish g’ildiraklarining o’rnatish
burchaklarini aniqlash, tormoz tizimini va boshqa tizimlarni diagnostikalash) postlarida o’tkaziladi.
Buyurtmali diagnostikalash natijasiga ko’ra aniqlangan nuqsonlar diagnostikalash ustaxonasi (posti)ning
o’zida bartaraf etilishi mumkin. Bunday diagnostikalash ishlarini o’tkazish uchun quyidagi diagnostik
vositalar bo’lishi kerak:
- tormoz xususiyatlarini tekshirish uchun barabanli stend;
- shinalarni muvozanatlash stendi;
- boshqarish g’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini aniqlash stendi;
- amortizatorlar holatini diagnostikalash stendi;
- tortish xususiyatini diagnostikalash stendi;
- motor-testerlar (ostsillograf yordamida, etalon ostsillogrammalarga taqqoslash usuli bilan o’zgaruvchan
tok generatori ishidagi nuqsonlarni, kondensator, o’t oldirish g’altagi birlamchi o’ramining holatini,
uzgich kontaktlaridagi tirqish, o’t oldirish chaqmog’idagi teshib o’tuvchi kuchlanish va o’t oldirish
g’altagining ish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi). -skanerlar (elektron boshqaruv blokli
avtomobillarning motor va boshqa tizimlarini diagnostikalash uchun) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |