6-mavzu. Servis korxonalarida diagnostikalash ishlarini tashkil etish.
Reja
:
1. Buyurtma
qabul qilish, texnik xizmat ko’rsanish va ta’mirlashdagi nazorat-diagnostika
islarining o’rni.
2. Avtotransport vositalarini diagnostikalashni texnologik asoslari.
3. Servis korxonalarida diagnostikalash ishlarini tashkil etish.
Tayanch iboralar:
buyurtma, qabul qilish, egasiga topshirish, texnik xizmat ko’rsatish,
diagnostika, ta’mirlash, nazorat-diagnostika, texnologiya, servis korxonalari.
1. Buyurtma qabul qilish, texnik xizmat ko’rsanish va ta’mirlashdagi nazorat-diagnostika
islarining o’rni.
Ekspluatatsiya jarayonida sodir bo’ladigan buzilishlarni aniqlash va oldini olish, avtomobillarning
ishonchliligini va yuqori samaradorligini saqlab turish uchun diagnostika ishlari o’tkaziladi. Avtomobil,
uning tarkibiy qismlari ma’lum ekspluatatsiya sharoitlarida namoyon bo’ladigan, xususiyatlar deb
ataladigan miqdor va sifat ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Xususiyatlar majmui avtomobil yoki uning
elementini ishlatish uchun yaroqlilik darajasini aniqlaydi va boshqa avtomobil (element)lardan farqi va
o’ziga xosligini ifoda etadi.
Avtomobil yoki uning elemetining texnik holatini ma’lum vaqt va tashqi muhit sharoitlarida
tavsiflaydigan parametrlar miqdorlari texnik hujjatlar bilan belgilanadi. Avtomobil
atrof-muhit bilan,
uning tarkibiy qismlari esa o’zaro bir-biri bilan harakatda bo’lib, o’z vazifalarini bajaradi. Buning
natijasida avtomobilning xususiyatlari asta-sekin yomonlashadi. Iqlim sharoitlari, eskirish, sozlash ishlari,
ekspluatatsiya jarayonida buzilgan elementlarni almashtirishning ta’siri ostida avtomobil texnik holatini
tavsiflovchi parametrlar qiymati o’zgaradi. Avtomobil, uning tarkibiy qismlari texnik holatini aniqlash
usul va vositalari, nazariyasini qamragan bilimlar sohasi texnik diagnostika deb ataladi.
Diagnostika
(grekcha-diagnosticos) – aniqlashga qodir, demakdir.
Texnik holat to’g’risida ma’lumotning borligi va uning kengayishi avtomobillar texnik
ekspluatatsiyasi masalalarini yechishda asos bo’lib xizmat qiladi, avtomobilga ko’rsatilayotgan texnik
ta’sirlarni rejalashtirish va samaradorligini baholash imkonini beradi. Diagnostika yetilib kelayotgan
buzilishlarni o’z vaqtida
aniqlash, ularning vujudga kelish ehtimolligini, ijtimoiy va iqtisodiy
oqibatlarining oldini olishga yordam beradi. Diagnostika deb avtomobil, uning agregat va
mexanizmlarining
texnik holatini, bo’laklarga ajratmasdan aniqlash hamda kerakli texnik servis ishlarini
o’tkazish bo’yicha xulosa chiqarish texnologik jarayoniga aytiladi.
Diagnostikalash jarayoni mexanizmning texnik holati to’g’risida axborot beruvchi tashqi belgilar
bo’yicha olib boriladi. Bunda mexanizmning namoyon bo’lmagan nosozlik va buzilishlari, ularni bartaraf
etish uchun kerakli ta’mirlash
ishlarining hajmi, mexanizmning istiqboldagi soz ishlash resursi va
bajarilishi kerak bo’lgan profilaktik ishlar ro’yxati aniqlanadi.
Nazorat jarayonida tadqiq etilayotgan ob’ekt bir butun tarzda ko’riladi. Diagnoz qo’yish
jarayonida esa bir butun ob’ekt va uning elementlari ko’rib chiqiladi, chunki ob’ektning holati uning
elementlari holatining funktsiyasidir. Diagnoz qo’yishning vazifasi tizimning u yoki bu holati sababini
uning elementlari holatiga bog’lab aniqlashdir. Diagnoz qo’yishni nazorat operatsiyalarini bajarmasdan
turib amalga oshirish mumkin emas. SHuning uchun avtomobilning nazoratga
yaroqliligini baholashni
bilish kerak.
Avtomobilning nazoratga yaroqliligi deganda uning diagnostikalash ishlariga moslashganligi
tushuniladi. Diagnostikalash ishlariga moslashganlik muayyan sharoitlarda eng kam mehnat, vaqt va
mablag’ sarflarida tegishli aniqlikni ta’minlaydi. Avtomobilning nazoratga yaroqlilik koeffitsienti-
Kk.
Bu
ko’rsatkich avtomobil konstruktsiyasining diagnoz qo’yishga mosligini izohlaydi:
bu erda:
To
— diagnostikaning sof mehnat hajmi, ya’ni nazorat-diagnostikalash va u bilan bog’liq
bo’lgan ishlarning hajmi (bu ko’rsatkich diagnostik vosita va usullarning takomillashganligiga bog’liq),
ishchi-soat;
Tq
— qo’shimcha ishlar hajmi, ya’ni nazorat joylariga ulanishni ta’minlash, o’lchov
asboblarini ulash va
uzish, test tartibiga o’tish bilan bog’liq bo’lgan ishlarning qo’shimcha hajmi (bu ko’rsatkich avtomobil
konstruktsiyasining takomillashganligiga bog’liq), ishchi-soat.
Avtomobil konstruktsiyasiga bevosita va doimiy o’rnatilgan asboblar yordamida axborot olinishi
munosabati bilan tashqi diagnostika qo’yish usul va vositalari o’zgarib,
To
ning miqdori pasayadi.
Avtomobil (agregat, mexanizm) elementlarning tartibga keltirilgan tuzilmasidir. Uning ishi ko’rsatilgan
elementlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi orqali amalga oshiriladi. Bu bog’liqlik fizik miqdorlar
orqali ifodalanib, tuzilmaviy parametrlar yoki texnik holat parametrlari deb ataladi (tortish kuchi, bosim,
tebranish amplitudasi, tovush kuchi, tok kuchi, harorat va h. k.).
Ekspluatatsiya jarayonida tuzilmaviy parametrlar nominal
miqdorlardan chegaraviy
miqdorlargacha uzlukli yoki uzluksiz o’zgarishi mumkin va, demak, avtomobilning texnik holati uning
sozligini belgilaydigan tuzilmaviy parametr miqdorlarining chetga og’ishlari majmui bilan aniqlanadi.
Avtomobilning tuzilmaviy parametrlarini agregat va mexanizmlarini ajratmasdan turib bevosita aniqlash
imkoniyati juda cheklangan. SHuning uchun diagnostik parametrlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: