Avtotransport vositalari servisi asoslari


-rasm. Klassik modeldagi VAZ avtomobillarning yaqinlashuv burchak-larini sozlash 5-rasm



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

4-rasm.
Klassik modeldagi VAZ avtomobillarning
yaqinlashuv burchak-larini sozlash
5-rasm.
XUNDAY avtomobilining yaqinlashuv
burchagini sozlash.
Orqa g’ildiraklari yetaklovchi avtomobillar harakatlanishida, rul trapetsiyasining tag tirqishlari
kattaligiga yo’l qarshiligi kuchlari ta’siri ostida oldingi g’ildiraklar kengayadi (oldingi g’ildiraklari
yetaklovchi avtomobillarning tortish jarayonida esa torayadi). Yaqinlashuv
burchagining me’yoriy ko’rsatkichlari hamma vaqt ham bu shartni ta’minlamaydi. Buning asosiy sababi,
oldingi g’ildiraklar osmasi bir-biriga bog’liq bo’lmagan, har bir avtomobil texnik holatini o’ziga
xosligidadir. Bu kamchilikni bartaraf qilish uchun yengil avtomobillarning yaqinlashuv burchagini
yuklanish kuchlari ta’sirida sozlash usuli qo’llanadi, ya’ni maxsus yuklovchi ta’sirida avtomobilning
oldingi ko’prigiga vertikal kuch (500-600N) va oldingi g’ildirakka siquvchi kuch ta’sir etiladi. Siquvchi
kuch Fsh qiymati nomogramma yordamida -og’ish burchagini, ko’pincha avtomobilning
harakatlanadigan tezligini, shina protektorini yedirilganlik darajasini (% da) va sozlash davrini hisobga
olgan holda tanlab olinadi. Sozlash vaqtida yaqinlashuv burchagi 0 5 oralig’ida o’rnatiladi, bu
avtomobil g’ildiraklarni harakat vaqtida ham xuddi shu holatda bo’lishini ta’minlaydi. Davriy TXK
vaqtida rul boshqarmasi va oldingi o’q bo’yicha rul chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari,
g’ildirak gupchagi podshipniklari, gidrokuchaytirgichli tizim zichligi, sharli barmoqlarning qotirilganligi,
soshka, buriluvchi tsapfa richaglari va shkvoren holati tekshiriladi, olgan holda oldingi o’q balkasi va
oldingi g’ildirakning o’rnatish burchaklari to’g’ri o’rnatilganligi, g’ildiraklarning muvozanatlanganligi,
rul boshqarmasi kardan valining va barcha birikma hamda detallarning qotirilganligi tekshiriladi.
Avtomobillarning shinalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi. SHinalarga
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash xuddi avtomobillarniki kabi, rejaviy-ogohlantirish tizimiga asosan
bajariladi, ammo u o’ziga xos xususiyatlarga ega. Zamonaviy avtomobil shinalarining protektori
chuqurligi 1,6 mm dan kamayganda, yoyilish indikatori (6-rasm) ko’rinadi. Bu holatda shinani
almashtirish tavsiya etiladi.
6-rasm.
SHina rasmining yoyilish indikatori
SHinalardan uzoq muddat foydalanish natijasida ular bir tekis yeyilmaydi. Ularning bir tekis
yeyilishi va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun g’ildiraklarning o’rinlari davriy ravshda almashtirib
turiladi.
SHinalarga xizmat ko’rsatish texnik xizmat ko’rsatishning turlari bo’yicha, joriy ta’mirlash -
shinomantaj ustaxonasida, kapital ta’mirlash (qayta tiklash) - maxsus korxonalarda bajariladi. Qayta
tiklangan shinalar to’g’risida to’liq ma’lumotlar bo’lmaganligi tufayli, ulardan foydalanish davri
ehtimoliy hol hisoblanadi. ASK sharoitida shinalar bo’yicha ajratish-yig’ish, havo bosimini nazorat qilish,
muvozanatlash, kamerani va kichik shikastlangan shinalarni ta’mirlash hamda tashqi nazorat qilish va
ulardan foydalanish davrini hisobga olish ishlari bajariladi. Yuqoridagi ish turlari bilan g’ildirakni


o’rnatish burchaklarini sozlash ishlari chambarchas bog’langandir, bu ishlar 2.4-bo’limda ko’rib
chiqilgan. SHinalarni ajratish-yig’ish ishlari. Disk bilan shinani ajratish va yig’ish ishlari shina o’z
muddatini o’tab bo’lgandan so’ng yoki kamera teshilganda bajariladi. Ajratishdagi eng qiyin masala shina
bortini diskning chetidan siqib chiqarish hisoblanadi. SHu maqsadlar uchun ATK sharoitida yoki
zavodlar tomonidan har xil jihozlar ishlab chiqariladi. Yengil avtomobillar shinalarini ajratish va yig’ish
uchun SH-501M, hamda SH-514 modeldagi jihozlar ishlab chiqariladi. Ular shina bortlarini bir tekisda
bosish uchun 2000-3000 N kuchni hosil qiluvchi havo yuritmali bosish moslamalariga egadirlar. Yuk
avtomobillari shinalari uchun SH-509 va SH-513 jihozlari ishlab chiqariladi. Ular birdaniga aylana
bo’yicha shina bortlarini bosish uchun 250 kN kuchni hosil qiluvchi suyuqlik yuritmali bosish
moslamalariga egadirlar.
SHinaning markaziy tezkor yeyilishi
SHinaning ikki tomonlama
tezkor yeyilishi
SHinaning tezkor bir tomonlama
yeyilishi
SHina ichki bosimining me’yoridan
ortik
kupligi. Yetaklovchi
g’ildiraklarda birdaniga
tezkor
qo’zg’alish
SHina ichki bosimining
me’yoridan kamligi va
burilishlarda ko’p xarakatlanish
Tayanch kronshteyni yoki
shkvorenning shikastlanishi.
Pastki richagning kiyshayishi
K^anotga uxshash yeyilish
Maxalliy yeyilish
Uziga xos yeyilish

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish