g’ildirakning og’ish burchagi va burilish o’qining og’ishini sozlash ishlari bajarilmaydi, faqatgina
yaqinlashuv burchagigina sozlanadi xalos.
2-rasm.
Boshqariladigan g’ildiraklarni o’rnatish shakli: a-og’ish
0
va shkvorenning ko’ndalang
qiyalik
0
burchaklari; b-shkvorenning bo’ylama qiyalik
0
burchagi; v-g’ildiraklarning yaqinlashuv
masofasi G’ildirakning yaqinlashuv burchagini to’g’ri sozlash eng muhim hisoblanib, uni me’yorida
bo’lmasligi shina protektorini juda tez va notekis yeyilishiga olib keladi.
Yaqinlashuv burchaklarigina sozlash ishlari K-463 turidagi teleskopik chizg’ich yordamida yoki
maxsus jihozlar yordamida amalga oshiriladi. quyida teleskopik lineykaning tuzilishi (3-rasm) keltirilgan.
Lineykaning (7)-tayanchli (6)-harakatlanuvchi uchi avtomobilning oldingi g’ildiraklari koleyasi
kattaligiga qarab suriladi va (5)-qotirgich bilan mahkamlanadi. CHizg’ichning ikki uchiga qotirilgan (8)-
zanjirlar chizg’ichni ikkala tomonini poldan bir hil balandlikda o’rnatishni ta’minlaydi.
3-rasm.
Yaqinlashuv burchaklarini
sozlash lineykasi
.
Klassik modeldagi VAZ avtomobillarida yakinlashuv burchagini sozlash yon tortkilarning
uzunligini uzgartirish bilan bajariladi (4- rasm). SHaklda yakinlashuv burchagini sozlash uchun
tortkining uzunligini uzgartirilishi keltirilgan. Buning uchun (3)-xomutning (1)-gaykasi bushatiladi va
sozlovchi trubka buragich yordamida kerakli ulchamni xosil kilguncha buraladi.
XUNDAI avtomobillarida yakinlashuv burchagini sozlashda (5- rasm), sozlash trubkasining
xomuti(S) va gayka(V) bushatiladi. Sungra olti kirrali tortki(A) buralib, kerakli uzunlik xosil kilinadi.
Keyin esa, gayka kotirilib, yana yakinlashuv burchagi tekshiriladi.
Oldingi ko’prik birikmalarini
diagnostikalash, sozlash va ta’mirlash ishlari TXK hamda JT
davrida bajariladi. Ishlash jarayonida eng ko’p yediriladigan oldingi ko’prik detallaridan shkvoren va
burash mushti vtulkasi hisoblanadi. Diagnostikalash natijalariga ko’ra bu detallar yangisiga yoki
ta’mirlanganiga almashtiriladi. Zamonaviy oldingi ko’prigi yetaklovchi avtomobillarda esa
g’ildiraklarning og’ish va kronshteynning o’rnatish burchaklari me’yoridan
farq qilsa, kronshteyn
yangisiga almashtiriladi. Yuk avtomobillarining yaqinlashuv burchagini ko’ndalang rul tortqilari
uzunligini o’zgartirish yo’li bilan, chervyakli rul mexanizmli yengil avtomobillarni ikki yon tomondagi
tortqilardan birini, reykali rul mexanizmli yengil avtomobillar uchun har bir g’ildiragining og’ish
burchagi, ularni sozlovchi rul tortqilarining uzunligini o’zgartirish yo’li bilan sozlanadi.