Avtotransport vositalari servisi asoslari


Dvigatelning notekis ishlashi



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Dvigatelning notekis ishlashi
Ut oldirish zanjiridagi utkazgichlarning ulanish
joyi va kontaktlarning bushashib kolishi
Utkazgichlarni ulanish joylarini maxkamlash,
kontaktlarni tortish
Uzgich kontaktlari orasidagi tirkish me’yoridan
past
Tirkitttni rostlash
Taksimlagich kopkogining ichki yuzi va
yugurdakni ifloslanishi, kopkokdagi kontakt
uyachalarning kuyishi yoki darz ketishi.
Taksimlagich kopkogining ichki yuzi va
yugurdakni tozalash, nosoz kismlarni
almashtirish
Uzgich pishangchasi prujinasining bushashib
ketishi
Prujinani almashtirish
CHakmok elektrodlari orasidagi tirkish
me’yorida emas yoki chakmoklarni kurum
koplagan
CHakmok elektrodlari orasidagi tirkishni
rostlash, chakmokni bosim ostida kum
sochuvchi kurilma yordamida tozalash
Uzgich kontaktlarining kuyishi
Uzgich kontaktlarini tozalash
CHakmokning zichligi buzilgan
CHakmokni almashtirish
Uzgich-taksimlagich valchasining vtulkasi,
taksimlagich kulachogi, xarakatlanuvchi
kontakt uki yeyilgan
Uzgich-taksimlagichning yeyilgan kismlarini
almashtirish
Yukori kuchlanish utkazgichlarining izolatsiyasi
teshib utilgan
Yukori kuchlanish utkazgichini almashtirish
Ut oldirish G’altagida uramlar aro kiska
tutashuv
Ut oldirish G’altagini almashtirish
Dvigatel tuda tsuvvatni avj ettira olmaydi
Ut oldirish dakikasi notug’ri urnatilgan,
markazdan kochma rostlagich nosoz
(yukchalarni tishlashib kolishi yoki prujinaning
uzilishi)
Ut oldirish dakikasini kaytadan urnatish,
markazdan kochma rostlagichning ishdan
chikkan kismlarini almashtirish
Vakuum rostlagichi nosoz
Vakuum rostlagich yoki siyraklanish
uzatiladigan kuvurani almashtirish
Uzgich taqsimlagichning nosozliklariga kontaktlarning moylanishi yoki kuyishi, uzgich konaktlari
orasidagi tirqishni yetarli emasligi yoki juda kattaligi, kondensatorning shikastlanishi yoki kuyishi, rotor
va qopqoqni ifloslanishi, qopqoqni darz ketishi, richag prujinasi tarangligining bo’shashishi, yetaklovchi
valik vtulkasining yeyilishi, uzgich richagi vtulkasining yoki turtkichining yeyilishi, podshipnikning
yeyilishi, markazdan qochma sozlagich prujinasining kuchsizlanishi va yukchalarning qadalib qotib
qolishi, vakuumli rostlagich diafragmasini teshilishi, uzgich kulachogining yeyilishi, markazdan qochma
rostlagich yukchalarining teshiklai va o’qlarining yeyilishi, himoya qobiqi yoki «massa» simlarining
uzilishi, taksimlagich qopqog’i ichki yuzasidagi elektrodlarning kuyishi va oksidlanib qolishi, yuqori
kuchlanishli simlarning himoya qoplamlarini kuyishi kabilar kiradi.
Svechalarning asosiy nosozliklari korpus va markaziy elektrod bo’yicha germetiklikning yetarli
emasligi, yon va markaziy elektrodlarni yeyilishi, himoya qoplami etagining yemirilishi, svechaning ichki
yuzalarida elektrodlar orasidagi havo tirqishini qisqarishiga olib keluvchi qurum qoplamini (3-rasm)
paydo bulishidir.
Agar dvigatelda karbyurator va o’t oldirish tizimi to’g’ri sozlangan va me’yoriy ishlasa,
shuningdek, ishlatilayotgan yonilg’i sifatli bo’lsa, u xolda dvigateldan yechib olingan svechaning rangi
zangli jigarrang ko’rinishida bo’ladi. Ishlash davomiyligiga qarab korpus yupqa qurum qatlami bilan
qoplanadi. Markaziy elektrod me’yoriy kul rangga tusida bo’ladi. Bunday svechalarni temir shetka yoki
qumqog’oz bilan tozalab, tirqishini rostlangandan so’ng yana dvigatelga o’rnatish mumkin.
Agar svechaning yonish kamerasiga kirib turuvchi qismi mayda qurum zarrachalari bilan
qoplangan bo’lsa, demak buning asosiy sabablari aralashmani o’ta boyligi, havo tozalagichning


ifloslanishi, uchqunning kuchsizligi, dvigatelni ko’p vaqt salt ishlash rejimida ishlashi va klapanlar
issiqlik tirqishining noto’g’i rostlanganligidir.
3-rasm.
Eroziyalangan uzgich kontaktlar orasidagi
tirqishni yassi shchup bilan o’lchash
Svechani moy bilan qoplanishi porshen halqalarining yeyilganligi, klapan salnigi teshigining
kengayib ketganligi, dvigateldagi moy sathining yuqoriligi, moy filtrini ifloslanishi, karbyuratordagi
aralashmaning boyligi, o’t oldirish tizimining nosozligi tufayli sodir bo’ladi.
Svechada kulrang-jigarrangdan to kulrang-ko’k ranggacha bo’lgan qurumning mavjudligiga
svechaning kalil sonini pastligi, karbyuratordagi aralashmaning kambag’al bo’lishi, yondirish momenti
ertaligi, porshen tubini va tsilindr kallagini qurum bilan qoplanishi, dvigatel tsilindriga qo’shimcha
havoning so’rilishi, svechada zichlash halqasining yo’qligi sabab bo’ladi.
Yuqori kuchlanishli simlarning asosiy nosozliklariga himoya qoplamining yorilishi va teshilishi,
uchlarining kuchsiz qisilishi tufayli yomon kontaktda bo’lishi, sinishlar, uzilishlar va qarshilikning ortib
ketishi kiradi.
O’t oldirish tizimini diagnostikalashda elektron-nur trubkali qo’zg’almas motor-testrlardan, hamda
elektron avtotestrlardan (sonli aks ettiruvchi) foydalaniladi. Nosozliklarni tsilindrlar bo’yicha aks ettirish
birlamchi va ikkilamchi sim chulg’amlari orasidagi kuchlanish fazalarini o’zgarishi va ish jarayonini ko’p
marotaba takrorlanishi hisobiga amalga oshiriladi.
Elektron-nur trubkalarida kuchlanishning o’zgarishini baholash nazar tashlash va etalon shakl
bilan taqqoslashdan iborat. Oxirgi vaqtlarda uzgich kontaktlari orasidagi tirqish kattaligini aniqlovchi
taxometr va volьtmetrdan iborat bo’lgan oddiy asboblar qo’llanilib, ular 20 V va 0,5-1,0V
gacha(kontaktlar birikib turgan holatdagi kuchlanishni aniqlash uchun) oraliqdagi kuchlanishni o’lchash
uchun moslashgan. Taqsimlagichni davriy ravishda moylab turish, uning kontaktlari orasidagi tirqishni
tekshirish va rostlash, detallarning holati hamda tozaligini kuzatib borish lozim. Xizmat ko’rsatish vaqtida
taqsimlagichni mahkamlanganligi tekshiriladi va zarur bo’lsa, uni mahkamlanadi. Mahkamlashdan avval
o’t oldirish momenti to’g’ri o’rnatilganligini tekshirish lozim. Taqsimlagich qopqog’i yechib olinib, uni
ichki va tashqi sirtlari kirdan tozalanadi. Uzgich kontaktlari orasi moy qoldiqlari va changdan benzin
shimdirilgan zamsh materialida tozalash kerak. Kuygan kontaktlar maxsus abraziv plastina yoki
donadorligi 150 bo’lgan mayin oynasimon jilvir bilan tozalash zarur. Kontaktlarni tozalashda ishlash
vaqtidagi ularning yuzasida hosil bo’lgan do’nglik va chuqurliklar tekislanishi lozim. Bu do’nglik va
chuqurliklarni to’liq tekislash tavsiya etilmaydi. Kontaktlar tozalangandan so’ng ularni havo bilan
purkash, so’ngra benzinda yengil namlangan zamsh bilan artish va kontaktlar orasidagi tirqishni sozlash
lozim.
Harakatlanuvchi kontakt o’qida qadalib kolishini tekshirish uchun richagni barmoq bilan tortib,
so’ng qo’yib yuboriladi. Kuyib yuborilgan richag prujina yordamida chertilgandek, tez suratda dastlabki
holatiga qaytishi lozim. Agar richag dastlabki holatiga sekin qaytsa, u xolda harakatlanuvchi kontakt yoki
kontakt to’liq holda yangisiga almashtiriladi. Taqsimlagichdagi markazdan qochma va vakuumli
sozlagichlarning ishlashi hamda uchqunning bir maromdaligini tekshirishni, shuningdek, kontaktlarning
ochiq holatda turish burchaklarini o’rnatishni maxsus SPZ-12 jihozida yoki shunga o’xshash jihozlarda
amalga oshirish darkor. Uzgich o’qining ichquymasi hamda ko’pgina avtomobillarda qo’llanilayotgan
vakuum sozlagich podshipnigini davriy ravishda moylab turish lozim.
O’t oldirish burchagini aniq sozlash ishlayotgan dvigatelda stroboskop yordamida bajariladi.
Uning ishlashi qisqa vaqt (0,0002s) oralig’ida belgilangan onlarda aylanuvchi detalni qisqa yorug’lik
impulьsi bilan yoritilsa, u qo’zg’almas bo’lib ko’rinishiga asoslangan. SHunga asosan tirsakli valning
kichik, o’rta va katta aylanishlar sonida o’t oldirish burchagining me’yoriy qiymatlari tekshiriladi.


Tekshiruv natijalariga ko’ra uzgich-taqsimlagich sozlanadi yoki almashtiriladi. Almashtirilgan uzgich-
taqsimlagich ustaxonada ta’mirlanadi va ta’mirlash sifati jihozlar (SPZ-12 kabi) yordamida tekshiriladi.
Izolyator yupkachasidagi qurumni E203 yoki 541-2M belgili qum sochuvchi qurilmalarda
tozalanadi. Qurumni o’tkir po’lat asboblar yordamida olib tashlashga urinish izolyatorning yuzasi
tirnalishiga va yuqori kuchlanishni massaga o’tib ketish yo’lakchalari hosil bo’lishiga olib keladi. O’t
oldirish chaqmoqlarini ochiq olovda (masalan yonayotgan gazda) qizdirish yo’li bilan qurumni yo’qotish
usuli juda zararli hisoblanadi. CHunki bunda chaqmoq zichligini yo’qotadi va ishdan chiqadi.
CHaqmoqlarni yechish va qayta qotirish uchun avtomobilning asboblar jamlamasidagi maxsus chaqmoq
klyuchidan foydalanish kerak. Bu maqsadda oddiy gayka klyuchi yoki yassi ombirni ishlatish chaqmoq
qorpusidagi qirralarni yeyilishiga izolyatorni sinishiga olib keladi.
CHaqmoqlarning ishlash muddati ko’p jihatdan ularni dvigatelda ishlash sharoitiga bog’liq. Past
aylanishlar chastotali, siqish darajasi kichik bo’lgan dvigatellarga o’rnatilgan chaqmoqlar
jadallashtirilgan, siqish darajasi yuqori bo’lgan dvigatellarga o’rnatilgan chaqmoqlarga nisbatan uzoqroq
ishlaydi. Ba’zi avtomobil zavodlar barcha o’t oldirish chaqmoqlar jamlamasini ularning holati va ish
qobiliyatidan qat’iy nazar avtomobil ma’lum belgilangan masofani bosib o’tgandan keyin almashtirishni
tavsiya qiladi. Masalan VAZ 30000 km dan keyin UzDEUavto esa 20000 km dan keyin. Ignali sinov
moslamasi mustaqil yon elektrod 4ta O’O chaqmog’idan 2ta markaziy elektrodlar orasidagi tirqish 7 – 10
mm bo’lgan 2ta razryadlovchi hosil qilish bilan tayyorlanadi.
Nosozliklar kodining NL va diagnostika kolodkasi (7.50-rasm) yoki motor - tester va skanerni
ulagan holda aniqlanadi.

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish