Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun


- §. Nazariy imtihonni o‘tkazish tartibi



Download 380 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana15.01.2022
Hajmi380 Kb.
#367425
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5316938146854737503

1-

§. Nazariy imtihonni o‘tkazish tartibi

 

20.  Nazariy  imtihon  AITning  nazariy  imtihon  olish  zali  (xonasi)da 

joylashtiriladigan  avtomatlashtirilgan  ish  joyi  (imtihon  kabinasi)dan 

foydalangan holda o‘tkaziladi.

 

21. Nazariy imtihon test shaklida o‘tkaziladi.



 

22. Nazariy imtihonni o‘tkazishda imtihon t

opshiruvchi haydovchilikka 

nomzod  AIT  tomonidan  belgilanadigan  avtomatlashtirilgan  ish  joyi  (keyingi 

o‘rinlarda —

 AIJ)ni egallaydi. 

23. Nazariy imtihon boshlanishidan oldin AIJ monitorida: 

ushbu AIJning raqami; 

imtihon  qaysi  toifadagi  avtomototransport  vositasini  boshqarish 

huquqini berish uchun topshirilayotganligi; 




haydovchilikka  nomzodning  familiyasi,  ismi  va  otasining  ismi  (bor 

bo‘lsa), tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi.

 

24.  Nazariy  imtihon  20  ta  elektron  (animatsion)  test  savollaridan 



tuzilgan, har bir savolga 2 

 5 ta javob variantlari keltirilgan, javoblardan 1 tasi 



to‘g‘ri bo‘lishi kerak.

 

25. Haydovchilikka nomzodning xohishiga ko‘ra nazariy imtihon o‘zbek, 



rus va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida) tillaridan birida 

topshirilishi  mumkin.  Agar  boshqa  xorijiy  tilda  nazariy  imtihon  topshirish 

zarurati paydo bo‘lsa, tarjimon yollashga ruxsat etiladi.

 

26.  Imtihon  savollari  AITda  shakllantiriladi  hamda  haydovchilikka 



nomzod  tomonidan  AIJ  klaviaturasidagi  tegishli  klavish  bosilgach,  monitor 

ekraniga chiqadi. 

27.  Imtihon  savollariga  javob  berish  (to‘g‘ri  javob  variantini  tanlash) 

uchun  haydovchilikka  nomzodga  25  daqiqa  vaqt  beriladi.  Imtihon 

xronometraji  AIT  tomonidan  yuritiladi,  ushbu  vaqt  tugagach,  imtihon 

avtomatik tarzda to‘

xtatiladi. 

28.  Imtihon  savollariga  javob  berish  ketma-ketligi  haydovchilikka 

nomzod tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. 

29. Imtihon jarayonida klavishni bexosdan bosib yuborish oqibatida yuz 

berishi  mumkin  bo‘lgan  munozarali  holatlarning  oldini  olish  u

chun  imtihon 

topshirayotgan  haydovchilikka  nomzod  klavishni  takroriy  bosish  orqali  o‘zi 

tanlagan javob variantlarini tasdiqlaydi. 

30.  Imtihon  topshiruvchi  haydovchilikka  nomzod  tomonidan  barcha 

imtihon  savollariga  javob  berib  bo‘linganda  yoki  imtihonga  ajr

atilgan  vaqt 

yakuniga  yetganida  nazariy  imtihon  natijasi,  barcha  savollarga  berilgan 

javoblarning  to‘g‘ri/noto‘g‘riligi  va  sarflangan  vaqtga  doir  ma’lumot  monitor 

ekraniga  chiqariladi.  Ekranga,  shuningdek,  o‘tkazilgan  imtihon  natijalari 

bo‘yicha  AITda  shak

llantirilgan  imtihon  varaqasining  elektron  shakli  ham 

chiqariladi. 

31.  Nazariy  imtihon  natijalari  AIT  tomonidan  avtomatik  tarzda 

baholanadi. Bunda haydovchilikka nomzod imtihon uchun ajratilgan vaqtda 

imtihon savollarining: 

18 ta va undan ko‘piga to‘g‘ri j

avob bersa 

 

“topshirdi”;



 

18 tadan kamiga to‘g‘ri javob bersa —

 

“topshirmadi” yakuniy bahosi AIT 



tomonidan avtomatik tarzda qo‘yiladi.

 

32. Imtihon topshirish jarayonida haydovchilikka nomzodlarga biror-bir 



adabiyot, mobil aloqa, texnik yoki boshqa axborot vositasidan foydalanishga, 

imtihon  o‘tkazish  jarayoniga  daxldor  bo‘lmagan  shaxslar  hamda  boshqa 

haydovchilikka nomzodlar bilan muloqotga kirishishga ruxsat etilmaydi. 

Bunday  holatlar  aniqlangan  taqdirda,  imtihon  AIT  (DYHXX  mas’ul 

xodimi,  kuzatuvchi,  operat

or)  tomonidan  to‘xtatiladi  (agar  imtihonlar  yakuni 

bo‘yicha  elektron  bayonnoma  chop  etilgan  taqdirda,  DYHXX  mas’ul  xodimi 

tomonidan mazkur bayonnoma haqiqiy emas deb topilib bekor qilinadi), uni 




sodir  etgan  imtihon  topshiruvchi  haydovchilikka  nomzod  imtihondan 

chetlashtirilib, “topshirmadi” yakuniy bahosi qo‘yiladi.

 

33.  Nazariy  imtihon  jarayonida  AITda  nosozliklar  mavjudligi 



aniqlanganda (yoki yuzaga kelganda) haydovchilikka nomzodlarga qo‘yilgan 

yakuniy baho bekor qilinib, imtihon nosozlik bartaraf 

etilgandan so‘ng takroran 

(yangidan) o‘tkaziladi.

 

34. Nazariy imtihon natijasi bo‘yicha haydovchining imtihon varaqasi va 



imtihon  natijalari  bayonnomasi  avtomatik  tarzda  elektron  ko‘rinishda 

shakllantiriladi,  QR  kod  bilan  tasdiqlanadi,  haydovchining  imtihon  varaqasi 

qog‘ozga  chop  etilib,  imtihon  topshirgan  haydovchilikka  nomzodga  taqdim 

etiladi.  Nazariy  imtihonni  muvaffaqiyatli  topshirgan  haydovchilikka 

nomzodlarning amaliy imtihonni topshirish muddati (navbati) va vaqti AITda 

avtomatik tarzda belgilanadi. 




Download 380 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish