18. AIT quyidagi funksional talablarga javob berishi kerak:
haydovchilikka nomzodlarni imtihondan o‘tkazish bo‘yicha davlat
xizmati ko‘rsatish
uchun elektron buyurtma (murojaat)larni qabul qilish
tizimining mavjudligi;
haydovchilikka nomzodlarning elektron ro‘yxatini shakllantirish,
imtihonlarni o‘tkazish muddatlarini belgilash va haydovchilikka nomzodlarni
oldindan xabardor qilish tizimining shakllantirilganligi;
haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan o‘tkazish uchun o‘quv
dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari to‘plamining
shakllantirilganligi;
haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, nazariy va amaliy
imtihonlarni avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, imtihon natijalarini inson
omilisiz baholash, o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha elektron
bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlarining mavjudligi;
imtihonlar jarayonini DYHXX organlari tomonidan onlayn rejimida
nazorat qilish hamda jamoatchilik e’tiboriga videotranslatsiya qilish
imkoniyatining mavjudligi;
nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga
haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus
himoyalangan sertifikatlarni shakllantirish, sertifikatlar rekvizitlarini davlat
xizmatlari markazi hamda DYHXX organlariga avtomatlashtirilgan holda
taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi;
amaliy imtihon o‘tkazishda foydalaniladigan avtomatlashtirilgan
maxsus transport vositalari dasturi natijalarining avtomatlashtirilgan
avtodrom tizimi bilan integratsiya qilinganligi;
onlayn to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilinganligi;
o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va ma’lumotlarning himoyalanganligi;
imtihonlar jarayonida
olingan ma’lumotlarga hamda imtihon
natijalariga o‘zgartirish kiritish imkoniyatining cheklanganligi;
o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini
shakllantirish, saqlash, ularning tahlillariga ko‘ra o‘quv muassasalari reytingini
yuritish mexanizmining yaratilganligi;
mazkur bandda nazarda tutilgan barcha jarayonlarning DYHXX yagona
boshqaruv markazi tomonidan boshqarilishi va nazorat qilinishi.
19. AIT murojaat qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida
talabgorlarga xiz
mat ko‘rsatilishini ta’minlashi lozim.”;
g)
2-ilovada
:
1-bandga
quyidagi mazmundagi ik
kinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Mazkur Nizomning avtomototransport vositalarini boshqarish
huquqini berishga doir imtihonlarni o‘tkazishga taalluqli normalari faqat
ushbu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari —
yuridik
shaxslar mavju
d bo‘lmagan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Toshkent shahri va viloyatlar)da amal qiladi”;
18-band
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar doimiy
yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududidan qat’i nazar
, majburiy
xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar xizmat joylaridagi hududiy YHXBning
RvaIOBlarida imtihonlar topshiradi”
quyidagi mazmundagi 18
1
-
band qo‘shilsin:
“18
1
. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berishga doir
imtihonlarni o‘tkazish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari
—
yuridik shaxslar faoliyat ko‘rsatuvchi hududlarda imtihonlar faqat
tadbirkorlik subyektlari
—
yuridik shaxslar tomonidan o‘tkaziladi.
Tadbirkorlik subyektlari
—
yuridik shaxslar tomonidan imtihonlarni
o‘tkazish Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
tadbirkorlik subyektlari
—
yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
25
,
28
,
29
va
31-bandlardagi
“hududiy YHXBning RvaIOBda” so‘zlari
chiqarib
tashlansin;
39-band
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“39. Imtihonlarni qabul qilish va “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifadagi
avtomototransport
vositalarini,
shuningdek,
tramvay,
trolleybuslarni
boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalarni berish
hududiy YHXBning RvaIOBlari tomonidan amalga oshiriladi, mazkur
Nizomning 18
1
-
bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
40-bandga
“qabul qiladi” so‘zlaridan keyin “Mazkur Nizomning 18
1
-
bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” so‘zlari qo‘shilsin;
49-band
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“49. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur
bayonnoma yoki tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari —
yuridik shaxslar tomonidan berilgan maxsus sertifikat asosida milliy
haydovchilik guvohnomasi
berilad
i”;
54-bandda
“hududiy YHXBda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) quyidagi mazmundagi 2
1
-
ilova qo‘shilsin:
“Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga
2
1
-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: