mo‘ljallangan, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan
jihozlangan, umumiy foydalanishdagi yo‘llardan ajratilgan yopiq hududdagi
maxsus maydoncha;
dispetcherlik (nazorat) punkti;
maxsus jihozlangan avtomototransport vositalari hamda yo‘l harakatini
tashkil etishning texnik vositalarini o‘zaro bog‘lovchi markaziy dasturiy
majmua;
haydovchilikka nomzodlar tomonidan amalga oshirilgan har bir sinov
mashqlari natijalarini inson omilisiz baholash uchun avtomatlashtirilgan
nazorat tizimi.
2. Avtomatlashtirilgan avtodrom maxsus maydonchasining loyiha
parametrlari va elementlari vakolatli davlat organlari tomonidan
belgilanadigan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Bunda avtomatlashtirilgan avtodrom maxsus maydonchasida:
a) “A” toifasi uchun “Harakatni boshlash (start)”, “Ilon izi”, “Tor yo‘lak”,
“Tezlashish
-
sekinlashish”, “Gabaritli yarim aylana”, “Gabaritli koridor”, “Past
tezlikda harakatlanish”, “Gabaritli sakkiz”, “Harakatni yakunlash (Finish)”;
b) “B”, “C”, “D” toifalari uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Piyodalar
o‘tish joyi”, “To‘xtash va tik balandlikka ko‘tarilish (estakada)”, “90 gradus
burchak ostida burilishlar”, “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish”,
“Harakat tartibga solingan chorraha”, “Ilon izi”, “Orqaga harakatlanib parallel
to‘xtash (parkovka)”, “Temir yo‘l kesishmasi” (tartibga solinmagan), “Tezlashish
bo‘lagi”, “Avariya holatda to‘xtash”, “Harakatni yakunlash (Finish)”;
v) “BE”, “CE”, “DE” toifalari uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Orqa
bortni platformaga qo‘yish”, “Platformadan yo‘lga chiqish”, “Gabaritli koridorda
orqa tomonga to‘g‘ri chiziqda harakatlanish”, “Harakatni yakunlash (Finish)”
elementlarining mavjudligi majburiydir.
3. Avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi orqali nazorat qilinadigan sinov
mashqlarining joylari va elementlarini belgilash uchun maxsus yo‘l
chiziqlaridan foydalanilishi mumkin.
4. Avtomatlashtirilgan avtodrom undagi yo‘l
-
ko‘cha tarmog‘i
elementlarining avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi elementi sifatida faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlash uchun qo‘shimcha ravishda sezgir datchiklar
(uzatgichlar), elektr ta’minoti va aloqa liniyalariga ega bo‘lishi kerak.
5. Datchiklar (uzatgichlar) statsionar o‘rnatilgan bo‘lishi, mexanik yoki
ob-hav
o omillari ta’sirida o‘z joyini yoki texnik xususiyatini o‘zgartirmasligi va
transport vositalari harakatiga xalaqit bermasligi kerak.
6. Dispetcherlik (nazorat) punktining joylashuvi avtomatlashtirilgan
avtodromdagi vaziyatni bevosita kuzatish imkonini berishi lozim.
7. Dispetcherlik (nazorat) punkti haydovchilikka nomzodlarning
harakatlarini ko‘rsatib turadigan kompyuter va monitorlar, avtomatlashtirilgan
avtodrom tizimining elementi sifatida ishlaydigan axborotni doimiy qabul
qilish, uzatish va qayta ishlash uskunalari, ovozli aloqa vositalari bilan
jihozlangan bo‘lishi lozim.
8. Dispetcherlik (nazorat) punktining elektr ta’minoti uskunalari
himoyalangan va barqaror ishlashini ta’minlovchi tizim bilan jihozlanadi.
9. Avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
haydovchilikka nomzodning amaliy boshqarish ko‘nikmalarini inson
omilisiz baholash;
o‘tkazilgan amaliy imtihon natijalarini avtomatik tarzda shakllantirish;
o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va ma’lumotlarga
ruxsatsiz kirishdan
himoyalanish;
imtihon jarayonida olingan ma’lumotlarga hamda imtihon natijalariga
o‘zgartirish kiritish imkoniyatini cheklash;
o‘tkazilgan amaliy imtihon natijalarini avtomatlashtirilgan imtihon
tizimiga avtomatik tarzda uzatish uchun integratsiyalash;
avtomatlashtirilgan avtodrom va uning tarkibiy tizimlarining sozligini
avtomatik tarzda uzluksiz nazorat qilish, nosozliklar yuzaga kelganda bu
haqidagi ma’lumot (axborot, ishora)ni avtodrom dispetcherlik punktidagi
monitorga chiqarish, amaliy imtihonlarni nosozlik bartaraf etilgunga qadar
to‘xtatish, yakunlanmagan sinov mashqlari natijalarini bekor qilish.
10. Avtomatlashtirilgan avtodromda o‘tkaziladigan amaliy imtihonlar
jarayonida avtomototransport vositalarining harakatlanish sxemasi (sinov
mashqlarining bajarilish ketma-
ketligi) haqidagi ma’lumotlar tadbirkorlik
subyektining veb-
saytida (mavjud bo‘lsa) va bevosita obyekt hududidagi
axborot stendlarida joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: