vositasini boshqarish huquqini olish uchun topshirilayotgan bo‘lsa) toifaga
o‘tkaziladi va baholanadi.
elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini
chiqilib, YHXBB bilan kelishiladi va tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan
hamda yakuniy natijalarning inson omilisiz baholanishi, ularga o‘zgartirish
boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport vositalarida
o‘tkaziladi.
Amaliy imtihon olinadigan transport vositasining texnik holati imtihon
boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyektining mas’ul xodimi tomonidan
nazoratdan o‘tkaziladi, bu haqida transport vositasining yo‘l varaqasiga tegishli
belgi qo‘yiladi.
41. Avtomatlashtirilgan avtodromda yuzaga kelgan texnik nosozliklar
sababli uzoq (yetti kundan ko‘p) muddat avtomatlashtirilgan avtodrom
tizimida imtihon olish imkoni bo‘lmagan taqdirda, amaliy imtihonlar Davlat
ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti
vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga
oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish,
shuningdek, imtihonlarni o‘tkazish va milliy hay
dovchilik guvohnomasini
berish tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Bunday
imtihonlar
tadbirkorlik
subyektining
obyektlarida
(avtodromida)
o‘tkazilgan
taqdirda,
imtihon
komissiyasi
tarkibiga
avtomatlashtirilgan avtodromning xodimi (haydovchi instruktor, usta)
kiritiladi.
42. Amaliy imtihonlarni boshlashdan oldin avtomatlashtirilgan
avtodromning sozligi, yo‘l harakatini tashkil etish texnik vositalarining to‘liq va
to‘g‘ri o‘rnatilganligi, sozligi AITdagi tegishli test
dasturlari yordamida
tekshiriladi.
43. Avtomatlashtirilgan avtodromda bajariladigan sinov mashqlarini
o‘tkazish (bajarish ketma
-ketligi, natijalarini baholash mezonlari) tartibi
tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqilib, DYHXX bilan kelishiladi va
tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan tasdiqlanadi. (DYHXX bilan kelishish
jarayonida avvalgi rad etish sabablaridan boshqa sabablarni vaj qilish
taqiqlanadi).
44. Transport vositasini amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarni
avtomatlashtirilgan
avtodrom
sharoitida
baholash
haydovchilikka
nomzodning sinov mashqlarini bajarishi natijalariga ko‘ra AIT tomonidan inson
omilisiz amalga oshiriladi.
45. Avtomatlashtirilgan avtodrom va tizimlarining sozligi avtomatik
tarzda uzluksiz nazorat qilinishi, nosozliklar yuzaga kelganda bu haqidagi
ma’lumot (axborot, ishora) avtodrom dispetcherlik punkti ishchi o‘rnidagi
monitorga chiqarilishi, amaliy imtihonlar nosozlik bartaraf etilgunga qadar
to‘xtatilishi, yakunlanmagan sinov mashqlari natijalari bekor qili
nishi kerak.
46. O‘tkazilgan amaliy imtihonlarning yakuniy natijasiga ko‘ra
haydovchilikka nomzodning transport vositasini boshqarish ko‘nikmasi AIT
tomonidan avtomatik tarzda quyidagicha baholanadi: ijobiy natija bo‘yicha
“topshirdi”, salbiy natijaga esa “topshirmadi”.
47. Haydovchilikka nomzodning o‘tkazilgan amaliy imtihon bo‘yicha
bahosi AITda bir yil muddat saqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi va
imtihon natijalari bayonnomasi avtomatik tarzda elektron ko‘rinishda
shakllantiriladi, QR kod bilan tasdiqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi
qog‘ozga chop etilib, imtihon topshirgan haydovchilikka nomzodga taqdim
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: