Avtomobilsozlikda shtamplash, yig’ish va qoplamalar texnologiyalari



Download 180,82 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi180,82 Kb.
#341484
  1   2   3
Bog'liq
Oraliq nazorat savollari talabalar uchun 58985


Avtomobilsozlikda shtamplash, yig’ish va qoplamalar texnologiyalari”

fanidan oraliq nazorat savollari


  1. Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari nimalardan iborat?

1. Avtomobil sanoati va uning o’ziga xosliklari

Zamonaviy avtomobil transport vositasi bo’lib, mashinasozlikning

ko’pchilik tarmoqlarining eng yaxshi yutuqlarini o’zida namoyon qiladi va ilg’or ilmiy g’oyalar, konstruktorlik va texnologik ishlab chiqarishlar sintezi hisoblanadi.

Avtomobilni tayyorlash o’zaro bog’liq ikkita bosqichni o’z ichiga oladi:

loyihalash va keyinchalik sinash bilan ishlab chiqarish.

Konstruktorlar tomonidan qabul qilingan qarorlar avtomobilni tayyorlashning texnologik masalalariga katta ta’sir o’tkazadi, chunki konstruktor

ishchi kuchlanishlar hisoblari asosida detal materialini tanlash, detal shakli va Zamonaviy avtomobil konstruksiyasi o’lchamlarini aniqlash bilan sirtlar sifatini ta’minlash bo’yicha talablarni, alohida zonalarning strukturaviy holatini, detallar mustahkamligi va umrboqiyligini ishlab chiqadi va shu bilan zagotovka tayyorlashdan boshlab yaxlit mahsulotni yig’ishgacha bo’lgan texnologik jarayonlar bosqichlarini belgilab beradi.Texnologik loyihalash ishlari tugatilishi bilan ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashga o’tiladi: tipaviy texnologik jarayonlar tanlanadi yoki ular yangidan ishlab chiqiladi: masalan zagotovkalarni quyish yoki shtamplash bilan olish, mexanik ishlov berish usullari bilan detallarni tayyorlash, termik yoki kimyoviytermik ishlov berish usullari bila n detallarning mustahkamligini oshirish, mos texnologok jihozlarni tanlash kabi to’liq texnologik jarayon elementlari vaqt, informatsion va iqtisodiy bog’lanishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Bunda tayyorlanadigan detallarning ishlatilishi bilan bog’liq barcha o’ziga xosliklar hisobga olinadi.Shunday qilib, avtomobilni tayyorlashning texnologik va konstruktorlik muammolari o’zaro bog’liqdir.

Shuning uchun yangi mahsulotni tayyorlashning loyihalash bosqichidayoq

uni ishlab chiqarish bilan bog’liq talablar hisobga olinishi lozim.Konstruktor nimadan foydalansa bo’lishi va loyihalangan detalni tayyorlashning texnologik jarayoni uchun yana nimani ishlab chiqishi kerakligi haqida yaqqol tasavvurga ega bo’lishi lozim: yangi material, texnologik jarayon, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, maxsus texnologik jihozlar va h.k. Shu bilan birga, amalda mavjud bo’lgan texnik va texnologik qarorlarni mashinaning yangi konstruksiyasi uchun (dvigatel, avtomobil, traktor) darhol qo’llashning mavjud ishlab chiqarish sharoitida imkoni bo’lmasligini nazarda tutish lozim, chunki korxonaning texnologik bazasi konstruktorning qaysidir talablarini bajarishga imkon bermasligi mumkin.


  1. Kontaktli payvand birikmalarning nuqsonlari haqida ma’lumot bering?

Tashqi sachrash payvand nuqta atrofida o’tkir chiqiq-qoplamaning hosil

bo’lishi bilan xarakterlanadi. Payvandlanuvchi sirtlarning nozich yotishi natijasida

payvandlanuvchi qirralar orasida hosil bo’luvchi ichki sachrashlar payvandlanadigan qirralar toreslari bo’ylab payvandlanuvchi sirtlar orasidan

o’tuvchi yorug’lik bo’yicha aniqlanishi mumkin.Chala payvand elektrodlar izlarining turi va shakli bo’yicha aniqlanadi. Bunda payvand nuqtaning izi yaqqol ko’zga tashlanmaydi, metall rangining o’zgarishi va o’yiqlar kuzatilmaydi. Chala payvand nisbatan aniqroq qilib, payvand birikmani

tanlab buzish orqali aniqlanishi mumkin. To’liq chala payva nd hosil bo’lganida payvand nuqtalar oson ajraladi, chunki metall eritilmagan bo’ladi. Qisman chala payvand hosil bo’lganida yupqa metalli detallardan birida yulib olish kuzatiladi, nisbatan kattaroq qalinliklarda esa yadro metali kesiladi. Yulib olishlar va kesilishlar o’lchamlari bo’yicha chala payvand miqdori haqida xulosa qilinadi. Payvandlash joylaridagi teshiklar razm solish bilan osongina aniqlanadi.Chunki metallning qo’pol notekis o’yiqchalar yoki teshiklar ko’rinishidagi mahalliy yoki to’liq eritilganlik nuqsonlari yaxshi ko’rinadi. Kuyish, odatda, birikmaning tashqi ko’rinishiga asosan aniqlanadi. Bunda rangi o’zgargan zonaning kattaligi va elektrodlardan hosil bo’lgan chuqur o’yiqchalar o’lchamlariga qarab xulosa qilinadi.Birikmani yanada aniqroq nazorat qilish texnologik namunalar orqali bajariladi. Buning uchun detallar markasi va qalinligidagi 3-5 juft po’lat plastinkalar komplektlari olinadi. Ular texnologlar bergan payvandlash ma’romi ko’rsatkichlari asosida biriktiriladi va keyin namunalar mexanik buzish usuli bilan tekshiriladi. Bu usul bilan eritish joyining shakli va o’lchamlari, darzlar, chala payvandlar va b. nuqsonlarning bor-yo’qligi aniqlanadi. Zarurat bo’lsa, payvand nuqtasining va chokoldi zonasining mikrostrukturasi o’rganiladi.

Yig’ish-payvandlash qatorlarida yig’ma birliklarni tayyorlashda payvandlash

sifati yuzfoizlik razm solish bilan tekshiriladi. Nazorat qilish natijalari (nuqsonlar

miqdori va xususiyatlari) maxsus nazorat kartasiga kiritiladi.

Odatda, kam uglerodli po’latlardan payvandlangan mahsulotlarda aniqlangan

nuqsonlarni to’g’rilash mumkin. Masalan, sachrashlarni mexanik tozalash bilan, teshiklarni – tozalash va keyinchalik nuqtali payvandlash, gazli payvandlash yoki karbonat angidrid gazi muhitida yoyli payvandlash bilan, chala payvandlar esa –nuqsonli nuqtalar orasiga joylashtiriluvchi qo’shimcha nuqtalarni payvandlash bilan bartaraf qilinadi.Payvand birikmalarning sifati payvandlash mashinalarining ishonchliligiga, ular tomonidan payvandlash ma’romi berilgan ko’rsatkichlarining to’liq ta’minlanishiga bog’liq bo’ladi. Mashinaning berilgan ko’rsatkichlarda ishlashini ta’minlash uchun tizimli nazorat, mexanizmlar va elektr qurilmalar qarovi (uxod) amalga oshirilishi lozim. Payvandlash ma’romi ko’rsatkichlarining nazorat qilinish davriyligi payvandlanadigan yig’ma birliklarning javobgarligiga, payvandlash

jihozining tipi va ishlab chiqarishning tabiatiga bog’liq bo’ladi.Mashina elektrodlarining holatiga alohida e’tibor qaratiladi. Ayniqsa,

elektrodlar ishchi sirtlarining zaruriy shaklini saqlab turish va ulardan oksidlangan

va ifloslangan qatlamni tozalab turish talab qilinadi. Elektrodlarni tozalash va qayta tiklash zarurati ishchi sirtning ifloslanishi va yeyilishi darajasiga ko’ra razm solish bilan aniqlanadi.



  1. Kuzovsozlikda qo’llaniladigan po’lat list materiallar qaysi normativ hujjatlar bilan tartiblanadi?

Kuzovning asosiy materiali bo’lib, sovuq prokatlash usuli bilan tayyorlanadigan, yupqa listli kam uglerodli sifatli po’lat xizmat qiladi.

Qo’llaniladigan po’lat listlar, odatda, 0,6-1,5 mm qalinlikda bo’ladi. Po’latlar

markalari, xususiyatlari va sortamenti quyidagi standartlar bilan tartiblanadi:

1. ГОСТ 9045-93. Sovuq shtamplash uchun yupqa listli sovuq prokatlangan kam

uglerodli sifatli po’lat prokat. Texnik shartlar;

2. ГОСТ 16523-97. Umumiy qo’llanish uchun sifatli va odatdagi sifatli uglerodli po’latdan tayyorlangan yupqa listli prokat. Texnik shartlar;

3. ГОСТ 19904-90. Listli sovuq prokatlangan prokat. Sortament (Mahsulot turi).

ГОСТ 9045-93 bo’yicha tayyorlangan listli po’lat eng murakkab va javobgar

detallar uchun, shuningdek, kuzovning yuza detallari uchun qo’llaniladi. Po’lat prokat quyidagicha farqlanadi:

1) mahsulot turi bo’yicha;

2) me’yorlangan xarakteristikalar bo’yicha;

3) sirtni pardozlash sifati bo’yicha;

4) shtamplash-bo’rttirishga moyilligi bo’yicha.

Mahsulot turi (sortament) prokat list va rulonlarga bo’linadi. Me’yorlangan xarakteristikalar bo’yicha prokat besh turkumga bo’linadi, bu turkumlarning har biri prokatning mexanik xususiyatlari xarakteristikalarini aniqlaydi.

Listli prokat sirtini pardozlash bo’yicha prokat uch xil bo’ladi: I – juda yuqori

pardozlash uchun, II – yuqori pardozlash uchun, III – o’rtacha pardozlash uchun. I guruh prokarlari jiloli (Ra < 0,6 mkm), jilosiz (Ra = 0,6 ÷ 1,6 mkm) va g’adirbudir (Ra > 1,6 mkm) sirtli ko’rinishlarda ishlab chiqarilishi mumkin.

Shtamplash-bo’rttirishga moyilligi bo’yicha prokat quyidagi turlarga bo’linadi: ВОСВ; ВОСВ-Т– behad murakkab bo’rttirish uchun, ОСВ – juda

murakkab bo’rttirish uchun, СВ – murakkab bo’rttirish uchun, ВГ – juda chuqur bo’rttirish uchun.ГОСТ 9045-93 ga muvofiq holda 08Ю, 08кп, 08пс markali po’latlar ishlab chiqariladi. Asosiy marka 08Ю hisoblanadi, ular bo’rttirishga moyilligi bo’yicha barcha ko’rinishlarda ishlab chiqarilishi mumkin. 08кп, 08пс markali po’latlar esa shtamplash-bo’rttirishning faqat ВГ turi uchun ishlab chiqariladi.Prokat turkumlari va ularning bo’rttirishga moyilligi me’yorlangan ko’rsatkichlarga bog’liq tarzda 1-jadvalda keltirilgan.

Prokatning mexanik xususiyatlari 2-jadvaldagi talablarga muvofiq bo’lishi

lozim.


ГОСТ 9045-93, shuningdek, yuqorida keltirilgan po’latlar markalarining

kimyoviy tarkibini ham tartiblaydi.




  1. Kuzov detallari mo’ljallanishi bo’yicha qanday farqlanadi?

Kuzov detallarining mo’ljallanishi bo’yicha tasniflash quyidagicha bo’ladi.Tashqi detallar, ya’ni kuzov tashqi qobig’ini hosil qiluvchi, avtomobil tashqi ko’rinishini va uning aerodinamik xususiyatlarini belgilab beruvchi detallar. Ular ko’pincha keskin sinishlar va kesishishlarsiz hosil qilingan yassi shaklga ega

bo’ladi. Bularga ularning sirtlari sifati bo’yicha eng yuqori talablar qo’yiladi.

Ichki detallar – tashqi panellar kuchaytirgichlari, shuningdek, kuzov yoki

kabina fazoviy karkasini hosil qiluvchi ko’pchilik detallar. Ichki detallar yuqori bikrlik va o’lchamlar aniqligiga ega bo’lishi lozim, shuning uchun ular sinishlar, vishtampovkalar, bikrlik qovurg’alari va boshqalar borligi bilan xarakterlanuvchi murakkab fazoviy shaklga ega bo’ladi.

Karkas detallari – lonjeronlar, pol asosining ko’ndalang temirlari, ustunlar,

tirgaklar va shunga o’xshash detallar. Karkas detallari yurish qismining asosiy yuklamalarini qabul qiladi. Ular, odatda, П-simon (shvellersimon) shaklda bo’ladi va kattaroq qalinlikka ega listli metalldan tayyorlanadi.

Kuzov detallarining tashqi ko’rinishiga talablar bo’yicha tasnifi.

1. Tashqi ko’rinishini va kuzov aerodinamikasini belgilovchi yuza detallar – kapot, yukxona qopqoqlari, eshiklar, qanotlar, tom va b. tashqi panellari. Bularga sirt sifati va geometriyasi bo’yicha eng yuqori talablar qo’yiladi. Panellarning yuza sirtida gofralar, to’lqinsimonlik, asbob bo’ylab listning peretekaniya izlari, chiziqlar, chuqurchalarga va boshqalarga ruxsat berilmaydi. Hatto sirtdagi eng kichik nuqsonlar ham kuzovni bo’yashdan keyin yorug’lik nurlarini sindiradi va avtomobilning tashqi ko’rinishini xiralashtiradi. Yuza detallar yetarlicha bikr bo’lishi, ya’ni, shtamplashdan so’ng minimal elastik deformatsiyalarga ega bo’lishi, shaklni saqlashi va foydalanishda titrashlarga yo’l qo’ymasligi lozim.

2. Nuqsonlarni yashirish uchun sirtlari to’q jilosiz rangga bo’yaladigan yuza

detallar – yon devor bo’sag’alari, zadka panellari, markaziy ustunlar, eshik

ramkalari.

3. Salon interyeri (ichki ko’rinishi) detallari – eshiklar, yon devorlar, ustunlar va boshqalarning ichki panellari. Bular avtomobil saloni ichidagi va eshik

ochilganda ko’rinadigan detallardir. Ushbu detallarning tashqi ko’rinishiga

qo’yiladigan talablar yuza detallar talablari kabi yuqori emas.

4. Motor va yukxona bo’linmalaridagi detallar – kapot va yukxona qopqog’ining ichki panellari, lonjeronlar, sepkichlar va b.; benzobak lyuki ochilganda ko’rinadigan detallar. Ularning sirtlari sifatiga yuqori talablar qo’yilmaydi, yetarlicha noaniq chiziqlar va to’lqinsimonlikka ruxsat beriladi.

5. Kuzovda ko’rinmaydigan ichki detallar – oldingi va orqa pol panellari, pol

lonjeronlari, kuchaytirgichlari, ko’ndalang temirlari va boshqalar. Bunday

detallarda to’lqinsimonlik, deformatsiyalar, chiziqlar, alohida hollarda esa

kuzovni yig’ish sifati va mustahkamligiga daxl qilmasa gofralar bo’lishiga yo’l qo’yiladi


  1. Kuzovning yuqori sifatini ta’minlab beruvchi omillarni sanab bering?

Kuzovning yuqori sifati uni tayyorlashning turli bosqichlari natijasida

ta’minlanadi:

1)ishlab chiqarishni tayyorlashda – kuzovlarni uzellar va detallarga ratsional

konstruktiv-texnologik bo’laklash, kuzovning shtamplangan detallari va yig’ma birliklari texnologikligini ta’minlash;

2)shtamplash texnologik jarayonini ishlab chiqishda – yuqori sifatli detallar

olishning optimal sxemalarini hosil qilish;

3)kuzovni yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini ishlab chiqishda –

bazalash, mahkamlash va yig’ishning ratsional sxemalarini tanlash.

Kuzovning turli detallarini tayyorlash uchun har-xil materiallar ishlatiladi

(po’lat, alyuminiy, shisha, plastmassa, mato, rezina va b.) va bunda ularga

texnologik ishlov berishning turli shakllari (shtamplash, yig’ish-payvandlash,

bo’yash, metall qoplash va b.) qo’llaniladi.





  1. List materiallarga qanday talablar qo’yiladi?

Avtomobillar kuzovlari va kabinalari detallarini tayyorlash uchun, asosan, list

materiallar qo’llaniladi.

Materialni tanlash avtomobillar kuzovlari sifatini ta’minlovchi asosiy omil

sanaladi. List materiallarga quyidagi talablar qo’yiladi:

 material uzeldagi detal mustahkamligini ta’minlashi va berilgan shakldagi detalni shtamplash uchun zarur bo’lgan plastik xususiyatlarga ega bo’lishi kerak;

 material qalinligi shtamplash vaqtidagi plastik deformatsiyalanishdan keyin

detalning zaruriy mustahkamligini ta’minlash uchun yetarli bo’lishi kerak;

 material kuzov va kabinalar tayyorlashning boshqa texnologik jarayonlarini

(payvandlash, bo’yash va h.k.) sifatli bajarishni ta’minlashi kerak;

 qo’llaniladigan list yoki rulon materiali qalinliklari, markalari va o’lchamlari nomenklaturasi imkon qadar kam bo’lishi kerak.Kuzovning asosiy materiali bo’lib, sovuq prokatlash usuli bilan

tayyorlanadigan, yupqa listli kam uglerodli sifatli po’lat xizmat qiladi.

Qo’llaniladigan po’lat listlar, odatda, 0,6-1,5 mm qalinlikda bo’ladi. Po’latlar

markalari, xususiyatlari va sortamenti quyidagi standartlar bilan tartiblanadi:


  1. Avtomobil sifatini texnologik ta’minlashda konstruktorning roli nimalardan iborat

Avtomobildek murakkab mashinani tayyorlashning konstruktorlik va texnologik bosqichlari orasidagi bog’lanishni tahlil qilish bilan quyidagi o’ziga xoslik aniqlanadi. Konstruktor parametrning maqbul qiymatini (masalan shesternya tishi o’zagining qattiqligi) aniqlash bilan uning o’zgarish intervalini qisqartirishga intiladi, texnolog esa, jihoz texnologik imkoniyatlarini, qo’llanilayotgan material xususiyatlarini hisobga olgan holda, aksincha, ushbu intervalni kengaytirishga harakat qiladi. Puxtalashdagi parametr qiymatining o’zgarish intervali (qattiqlik, puxtalangan qatlam qalinligi va b.) qancha katta bo’lsa, qo’llanilayotgan material xususiyatlari va detallar resurslarining sochilishi (dispersiyasi) shuncha katta bo’ladi. Avtomobildan foydalanishda bu holat unga texnik xiz mat ko’rsatish va uni ta’mirlash sarflarining ortishiga olib keladi.

Aniqlanishicha avtomobilga texnik xizmat ko’rsatishga, uni tayyorlashdagiga

nisbatan 9 baravar ko’proq mablag’ sarf bo’lar ekan. Avtomobildan foydalanishning mehnat sarfi esa uni tayyorlashdagiga nisbatan 30 baravar

ko’proqdir. Bundan tashqari avtomobil egalari texnikalarining to’xtab qolganidan

zarar ko’radilar. Konstruktor va texnologning hamkorlikdagi ishida termik

puxtalashdan keyin detalning mustahkamligi va umrboqiyligi texnik hujjatlashtirishda keltirilgan darajagacha borib yetmasligi bilan bog’liq vaziyat

yuzaga kelishi mumkin. Sabablar turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, detal

loyihalash bosqichida detalni puxtalash parametrlari (masalan, sementatsiya va

nitrosementatsiya qilingan tishli g’ildiraklar uchun o’zak qattiqligi, samarali

qatlam qalinligi, sirt qattiqligi) noto’g’ri tanlashi mumkin



  1. ГОСТ 9045-93 bo’yicha po’lat prokat qanday tartiblanadi?

  2. Murakkab kuzov detallari qanday pressda va shtampda shakllantirilishini tushuntirib bering.

10 Yakuniy operatsiyalar shtamplari haqida ma’lumot bering.

Yakuniy operatsiyalar shtamplari (5-rasm) kuzov detallarini yakuniy

o’lchamlariga yetkazish (доводка) uchun xizmat qiladi. Shtamplar murakkabligi

kuzov detallari shakli va o’lchamlariga bog’liq bo’ladi. Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida ko’pincha bitta shtampda bir nechta operatsiya umumlashtiriladi, chunki bu holat mehnat sarfining va qo’llaniladigan presslash jihozlarining kama yishini ta’minlaydi.

Ko’pincha, bo’rttirishdan keyin texnologik qo’yim kesib tashlanadi. Keshish

chizig’i, odatda, murakkab fazoviy chiziqdan iborat bo’ladi. Ushbu holat kesib tashlash shtamplari konstruksiyasining murakkablashib ketishiga olib keladiki, buning natijasida kesib tashlash operatsiyasi ikkita yoki bir nechta o’tishlardan tarkib topadi.

Bir nechta o’tishlar bilan kesib tashlashda mehnat sarfi ortadi va asosiysi,

shtamplanayotgan detal aniqligi va sifati pasayadi. Bunga sabab qilib, kesib

tashlashdan keyin kuzov detali bikrligining keskin pasayishi ko’rsatiladi, lekin

bikrlik texnologik jarayonning yakuniy bosqichida bajariladigan flanetslarni bukish (отгибка) operatsiyasidan keyin qisman tiklanadi. Kesib tashlashdan keyin bikrligini yo’qotgan kuzov detali prujinalanish hisobiga shaklini o’zgartiradi va uni keyingi operatsiyalarni bajarish paytida kerakli holatga keltirish qiyinlashadi.

Shuningdek, detal o’z shakli va o’lchamlarini operatsiyalararo tashish natijasida ham o’zgartirishi mumkin. Demak, kesib tashlash operatsiyalari qancha kam bo’lsa, shtamplanayotgan detal sifati shuncha yuqori bo’ladi.



  1. Tanlab nazorat qilish haqida ma’lumot bering.



  1. Po’lat tarkibidagi uglerod uning shtamplanishiga qanday ta’sir o’tkazadi?

Po’lat tarkibidagi uglerod uning shtamplanishiga katta ta’sir o’tkazadi.

Uglerod miqdorining ortishi bilan po’latning mustahkamligi ortadi va plastikligi pasayadi, bunda shtamplanish yomonlashadi. Shuning uchun, juda murakkab bo’rttirish hollarida po’lat tarkibidagi uglerod miqdori 0,1 % dan ortmasligi lozim, nochuqur bo’rttirish va bukish uchun esa uglerod miqdori 0,15-0,2 % ga yetishi va undan ko’proq bo’lishi mumkin.

Nometall qo’shilmalardan erkin sementit shtamplanuvchanlikka eng ko’p

salbiy ta’sir o’tkazadi, u ferrit zarralari chegaralari bo’ylab joylashadi va shtamplash paytida po’latning uzilishlariga sabab bo’ladi. ГОСТ 9045-93 ferritli zarralar o’lchami va erkin sementitning po’latdagi tarkibini tartiblaydi.

Oxirgi paytda avtomobil massasini kamaytirish maqsadida yuqori

mustahkamlikka ega po’latlardan foydalanish tobora keng qo’llanilmoqda. Bular uzilishga vaqtinchalik qarshilik ko’rsatish qiymati 400 MPa dan ziyod bo’lgan kam uglerodli po’latlardir. Shu bilan birga ularning plastikligi yetarlicha yuqori (ߜ >20 %), bu esa ularning yuqori shtamplanuvchanligini ta’minlaydi. Legirlovchi elementlarning yig’indi tarkibi bo’yicha yuqori mustahkamlikli po’latlarni kam legirlangan po’latlarga kiritish mumkin. Ushbu po’latlar tarkibiga kam miqdorda marganes, kremniy, alyuminiy, vanadiy, niobiy, titan, nikel, mis va azot kiritiladi.

Mexanik xususiyatlarning optimal darajasi kompleks legirlash bilan ta’minlanadi, bunda po’lat tarkibiga bir nechta legirlovchi elementlar kiritiladi.


  1. Ko’p elektrodli mashinalar haqida ma’lumot bering.

Maxsus ko’p elektrodli payvandlash mashinalari yalpi ishlab chiqarishda katta miqdordagi payvandlash nuqtalariga ega bo’lgan, yirik yig’ma birliklarni

payvandlashda qo’llaniladi. Bunday mashinalar elektrodlar tizimi va payvandlash

joyida detallarni s iqish kuchlarini hosil qilish mexanizmlari bilan ta’minlangan. Ko’p elektrodli mashinalarni qo’llash nuqtali payvandlash jarayonini avtomatlashtirishga va payvandlash operatsiyalarini bajarish vaqtini qisqartirishga imkon beradi. Bir vaqtning o’zida ish sharoiti yaxshilanadi, payvand birikmalar sifati va ularni joylashtirish aniqligi ortadi, tannarx kamayadi. Zamonaviy avtomobil korxonalarida (xususan, VAZ da) ko’p elektrodli payvandlash mashinalari kuzov uzellarini payvandlashda tobora kengroq qo’llanilmoqda.

Ko’p elektrodli mashinalar konstruksiyalarini soddalashtirish uchun payvand

nuqtalarning kerakli miqdorini, qatorga o’rnatilgan bir nechta mashina o’rtasida taqsimlaydilar.

Ko’p elektrodli mashinalarda qiyin payvandlanadogan joylar bo’lganida

qatorda maxsus qurilmali osma nuqtali mashinalar ko’zda tutiladi. Zamonaviy ko’p

elektrodli mashinalar samaradorligi soatiga 500 va undan ko’proq yig’ma

birliklarni tashkil qiladi.


  1. Kuzov detallarining sirtlari qanday farqlanadi?

Kuzov detallari katta gabarit o’lchamlar, turli shakllarni xarakterlovchi,

yupqa listli metalldan tayyorlangan fazoviy qobiqni namoyon qiladi.

Kuzov detallarining sirtlari birikish tabiatiga ko’ra asosiy, yordamchi va

erkin deb bo’linadi.

Detalning asosiy sirtlari deb, boshqa detallar bilan mexanik tutashuvchi va

detalning kuzovdagi holatini aniqlovchi sirtlarga aytiladi.

Ular, odatda, detal perimetri bo’ylab yoki teshiklar konturi bo’ylab joylashadi va bu holda ular flaneslar deb nomlanadi. Flaneslar, ko’pincha, erkin

sirtlarga nisbatan burchak ostida yoki ulardan pog’onalar bilan ajratilgan holda joylashadi.

Detalning yordamchi sirtlari deb, boshqa detallar bilan birikishga ishlaydigan va ularning holatini aniqlovchi sirtlarga aytiladi.

Detalning erkin sirtlari deb, boshqa detallar sirtlari bilan tutashmaydigan va

asosan, detalga yakuniy hajmiy shakl berishga xizmat qiluvchi sirtlarga aytiladi.

Kuzov detallarining chizmalardagi tasviri bir qator o’ziga xosliklarga ega.

Chizmaning asosiy proyeksiyalarida detal ish holatida, ya’ni, u yig’ishdan

keyingi kuzovda egallaydigan holatida tasvirlanadi. Detal chizmasi uning kuzovda

joylashish o’rni haqida tasavvur berishi lozim. Buning uchun chizma asosiy

proyeksiyalari qadami 100 yoki 200 mm bo’lgan koordinatalar to’rini qo’llash bilan tayyorlanadi. Ushbu proyeksiyalar 1:1 masshtabda tayyorlangan kuzov yig’ma chizmasidan ko’chirib olinadi.


  1. Shtamplangan detallar aniqligi qaysi omillarga bog’liq bo’ladi?

Shtamplangan kuzov detallarining aniqligi og’ishlarni keltirib chiqaruvchi,

bir qator ishlab chiqarish omillariga bog’liq bo’ladi:

1) bukish va bo’rttirish bilan olinadigan detallar chiziqli o’lchamlarining elastik

deformatsiyalanishi va og’ishiga sabab bo’luvchi, metallning elastiklik va

plastiklik xususiyatlari;

2) listsimon metall qalinligining o’zgarishi va mexanik xususiyatlari bo’yicha bir

jinsli emasligi;

3) detallar chiziqli o’lchamlarining o’sishi bilan og’ishlar mutlaq qiymatlarining

ortishi;

4) shtampda zagotovka yoki yarimfabrikatni qayd qilish usuliga bog’liq tarzda,

o’rnatish noaniqliklari ta’sirida hosil bo’luvchi og’ishlar;

5) operatsiyalar ketma-ketligi va miqdorining ortishiga bog’liq tarzda

og’ishlarning ortishi;

6) shtamplar konstruksiyalari va ularni tayyorlash sifatiga bog’liq bo’lgan

detallarning dastlabki aniqligi (erishiladigan aniqlik);

7) shtampning konstruksiyaga bog’liq holda yeyilishi, ishchi qismlarning

ta’mirlanish va qayta tiklanish imkoniyatlari;

8) pressning holati va uning muayyan shtamplash operatsiyasini bajarish uchun

talab qilinadigan yuklanishga muvofiqligi.

Muayyan kuzov detalini tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqish

vaqtida shtamplash qurilmasi, jihoz, metallni tanlash va sifatni nazorat qilish kabi

masalalar kompleks yechiladi.



  1. Shtamplash-bo’rttirishga moyilligi bo’yicha prokatlar turlarini keltiring.

bo’rttirishga moyilligi bo’yicha ikki turga: Г – chuqur bo’rttirish uchun, Н

– normal bo’rttirish uchun. Bo’rttirishga moyillik faqat 2 mm gacha qalinlikdagi sovuq prokatlangan prokatning К260В, К270В, К310В, К330В, К350Вmustahkamlik guruhlari uchun tartiblanadi.

Mahsulot turlari va sirt pardozlash sifati bo’yicha bo’linish ГОСТ 9045-93

dagi kabi bo’ladi.

Sortament uchun standart (ГОСТ 19904-90) eni 500 mm va undan ortiq listli

sovuq prokatlangan prokatni tartiblaydi, bunga ko’ra listlar 0,35-5,0 mm qalinlikdava rulonlar 0,35-3,5 mm qalinlikda tayyorlanadi. Standart qalinligi, eni va uzunligibo’yicha qator o’lchamlarni, ushbu o’lchamlarning chekli og’ishlarini, prokatning tekisligini, qirralari tabiatini (kesilgan, kesilmagan) va b. xarakteristikalarini (to’lqinsimonlik, o’roqsimonlik, teleskopsimonlik va b.) tartiblaydi.




  1. Kuzov detallarining tashqi ko’rinishiga qanday talablar qo’yiladi?

Kuzov detallarining tashqi ko’rinishiga talablar bo’yicha tasnifi.

1. Tashqi ko’rinishini va kuzov aerodinamikasini belgilovchi yuza detallar – kapot, yukxona qopqoqlari, eshiklar, qanotlar, tom va b. tashqi panellari. Bularga sirt

sifati va geometriyasi bo’yicha eng yuqori talablar qo’yiladi. Panellarning yuza

sirtida gofralar, to’lqinsimonlik, asbob bo’ylab listning peretekaniya izlari,

chiziqlar, chuqurchalarga va boshqalarga ruxsat berilmaydi. Hatto sirtdagi eng

kichik nuqsonlar ham kuzovni bo’yashdan keyin yorug’lik nurlarini sindiradi va

avtomobilning tashqi ko’rinishini xiralashtiradi. Yuza detallar yetarlicha bikr

bo’lishi, ya’ni, shtamplashdan so’ng minimal elastik deformatsiyalarga ega

bo’lishi, shaklni saqlashi va foydalanishda titrashlarga yo’l qo’ymasligi lozim.

2. Nuqsonlarni yashirish uchun sirtlari to’q jilosiz rangga bo’yaladigan yuza

detallar – yon devor bo’sag’alari, zadka panellari, markaziy ustunlar, eshik

ramkalari.

3. Salon interyeri (ichki ko’rinishi) detallari – eshiklar, yon devorlar, ustunlar va boshqalarning ichki panellari. Bular avtomobil saloni ichidagi va eshik

ochilganda ko’rinadigan detallardir. Ushbu detallarning tashqi ko’rinishiga

qo’yiladigan talablar yuza detallar talablari kabi yuqori emas.

4. Motor va yukxona bo’linmalaridagi detallar – kapot va yukxona qopqog’ining ichki panellari, lonjeronlar, sepkichlar va b.; benzobak lyuki ochilganda ko’rinadigan detallar. Ularning sirtlari sifatiga yuqori talablar qo’yilmaydi, yetarlicha noaniq chiziqlar va to’lqinsimonlikka ruxsat beriladi.

5. Kuzovda ko’rinmaydigan ichki detallar – oldingi va orqa pol panellari, pol

lonjeronlari, kuchaytirgichlari, ko’ndalang temirlari va boshqalar. Bunday

detallarda to’lqinsimonlik, deformatsiyalar, chiziqlar, alohida hollarda esa

kuzovni yig’ish sifati va mustahkamligiga daxl qilmasa gofralar bo’lishiga yo’l qo’yiladi.




  1. Chokli payvandlash haqida ma’lumot bering.



  1. Simmetriklik alomati bo’yicha kuzov detallari tasnifini keltiring.

Simmetriklik alomati bo’yicha detallar uch guruhga bo’linadi:

Birinchi guruh – ikkita simmetriya tekisligiga ega detallar, va vertikal yon

devorchalar. Bularga benzobak tanasi, orqa pol paneli, tom va shu kabilar kiradi.

Bo’rttirish vaqtida simmetriya tekisliklari va yon devorchalar bo’rttirish yo’nalishi

bilan mos keluvchi yagona imkonli holat mavjud bo’ladi.

Ikkinchi guruh – bitta simmetriya tekisligiga ega detallar. Bunda simmetriya

tekisligi doimo vertikal holatni egallaydi. Bular kapotning tashqi va ichki panellari,

yukxona qopqoqlari, peshtoq (peredok) paneli va b. Bu guruh bo’rttirish

o’tishlarining o’ziga xosligi detalni shtampdagi optimal holatini tanlashda ularni simmetriya tekisligida burish mumkinligidir.

Uchinchi guruh – murakkab nosimmetrik detallar: yengil va yuk

avtomobillarining oldingi qanotlari, yengil avtomobillarning orqa qanotlari,

sepkichlar va shu kabilar. Bo’rttirishda eng qulay holatni izlash detallarni ikkita o’zaro perpendikulyar tekisliklarda burish bilan amalga oshiriladi.

Kuzov detallari bo’rttirish chuqurligi bo’yicha chuqur (100 mm dan ortiq),

o’rta (50-100 mm) va sayoz (50 mm gacha) deb bo’linadi




  1. Tipaviy shtamplash operatsiyalari ketma-ketligini keltiring.



  1. Yig’ish-payvandlash haqida ma’lumot bering.

Kabina va kuzovning shtamplangan detallarini biriktirishning asosiy usuli –

payvandlashdir. Biriktirishning boshqa usullari ham qo’llaniladi (rezbali, parchin mixli, yelimli, shtampda yig’iladigan), ammo, payvandlash bilan solishtirganda, boshqa usullar ancha kichik hajmda qo’llaniladi. Kuzov detallari va uzellarini payvandlash operatsiyasini bajarishdan oldin, ularni kerakli holatga keltirish va qayd qilish lozim bo’ladi. Buning uchun turli yig’ish qurilmalari va moslamalari qo’llaniladi. Shu sababdan, kuzov yoki kabinani hosil qilish uchun detallarni biriktirish jarayoni “yig’ish-payvandlash” deb nomlanadi.

Yengil avtomobillar kuzovlari, yuk avtomobillari kabinalari, avtobuslar

kuzovlari uchun quyidagi konstruktiv va texnologik o’ziga xosliklar o’rinli bo’ladi:

1) murakkab bo’shliqli shakllar tashqi sirtlari va ularga qo’yilgan yuqori talablar, jumladan, payvandlash izlarining bo’lmasligi;

2) alohida detallardan uzellarni yig’ishda, shuningdek, uzellardan yirikroq yig’ma birliklarni hosil qilishda bajariladigan katta miqdordagi payvand birikmalar;

3) yupqa listdan sovuq shtamplab tayyorlangan, yuqori bo’lmagan bikrligi sababli

yig’ishda o’z o’lchamlarini o’zgartirishi mumkin bo’lgan detallar mavjudligi;

4) detallarni uzellarga yig’ishdan keyin, mustahkamlik va bikrlikni keskin ortishi natijasida ularni (deformatsiyalarsiz) mexanizatsiyalashgan tashish imkonining yuzaga kelishi.


  1. Bo’rttiruvchi shtamplar detallari qanday materiallardan tayyorlanadi?

Bo’rttirish va bort hosil qilish (razbortovka) shtamplarining puansonlari

va matritsalari У10А (У10) markali po’latlardan tayyorlanadi va ularning

qattiqligi mos ravishda HRC 57-61 va HRC 59-63 birliklarda bo’lishi

ta’minlanishi lozim.

Agar zanglamas po’latlardan mahsulotni bo’rttirish shtamplarining

puansonlari va matritsalari haqida gap ketsa, unda ular СЧ 32-52 (СЧ 24-44,

СЧ 28-48) markali kulrang cho’yanlardan tayyorlanadi.



  1. Shtamp qismlarining ishlash tartibini tushuntirib bering.

  2. ГОСТ 16523-97 bilan tartiblangan listli prokat qaysi hollarda qo’llaniladi?

Kuzov va kabinalarning bir qator ichki, javobgarligi past detallari uchun

ГОСТ 16523-97 bilan tartiblangan listli prokat qo’llaniladi va ular ishlab chiqarishusuliga ko’ra sovuq prokatlangan va issiq prokatlangan bo’lib bo’linadi. Sirt sifati yuqori bo’lmaganligi sababli issiq prokatlangan listli prokat avtokuzovsozlikda deyarli qo’llanilmaydi. Ushbu standartga ko’ra prokat quyidagicha bo’linadi:

1) cho’zilishga vaqtincha qarshilikning kichik qiymati bo’yicha mustahkamlik guruhlariga (belgilanishda “B” harfi ko’rsatiladi): К260В, К270В, ОК300В, К310В, К330В, К350В, ОК360В, ОК370В, К390В, ОК400В, К490В.

Dastlabki harflar quyidagi ma’nolarni beradi: K – sifatli po’lat, ОК – odatiy sifatli po’lat; raqamlar cho’zilishga vaqtincha qarshilik ߪВning kichik qiymatini N/mm2da ko’rsatadi;

2) bo’rttirishga moyilligi bo’yicha ikki turga: Г – chuqur bo’rttirish uchun, Н

– normal bo’rttirish uchun. Bo’rttirishga moyillik faqat 2 mm gacha qalinlikdagi sovuq prokatlangan prokatning К260В, К270В, К310В, К330В, К350Вmustahkamlik guruhlari uchun tartiblanadi




  1. Shtamplangan detallar aniqligi deganda nimani tushunasiz?

Shtamplangan kuzov detallarining aniqligi og’ishlarni keltirib chiqaruvchi,

bir qator ishlab chiqarish omillariga bog’liq bo’ladi:

1) bukish va bo’rttirish bilan olinadigan detallar chiziqli o’lchamlarining elastik

deformatsiyalanishi va og’ishiga sabab bo’luvchi, metallning elastiklik va

plastiklik xususiyatlari;

2) listsimon metall qalinligining o’zgarishi va mexanik xususiyatlari bo’yicha bir

jinsli emasligi;

3) detallar chiziqli o’lchamlarining o’sishi bilan og’ishlar mutlaq qiymatlarining

ortishi;

4) shtampda zagotovka yoki yarimfabrikatni qayd qilish usuliga bog’liq tarzda,

o’rnatish noaniqliklari ta’sirida hosil bo’luvchi og’ishlar;

5) operatsiyalar ketma-ketligi va miqdorining ortishiga bog’liq tarzda og’ishlarning ortishi;

6) shtamplar konstruksiyalari va ularni tayyorlash sifatiga bog’liq bo’lgan

detallarning dastlabki aniqligi (erishiladigan aniqlik);

7) shtampning konstruksiyaga bog’liq holda yeyilishi, ishchi qismlarning

ta’mirlanish va qayta tiklanish imkoniyatlari;

8) pressning holati va uning muayyan shtamplash operatsiyasini bajarish uchun

talab qilinadigan yuklanishga muvofiqligi.

Muayyan kuzov detalini tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqish

vaqtida shtamplash qurilmasi, jihoz, metallni tanlash va sifatni nazorat qilish kabi

masalalar kompleks yechiladi.


  1. Kuzov detallari tashqi o’lchamlari bo’yicha qanday farqlanadi?

  2. Kuzov detali uchun yangi shtamplar komplektini sozlash jarayonini tushuntirib bering?

  3. Detal etaloni haqida ma’lumot bering.

  4. Yuz foizlik nazorat haqida ma’lumot bering.

  5. ГОСТ 19904-90 nimani tartiblaydi?

  6. Nuqtali payvandlash uchun payvand birikmalarning qaysi parametrlari muhim sanaladi?

  7. Kuzovlar va kabinalar konstruktiv va texnologik o’ziga xosliklarini keltiring.

  8. Konstruksiyani texnologiklikka ishlash amalga oshiriladigan konstruktiv va texnologik tadbirlarni keltiring.?

Kuzov konstruksiyasini texnologiklikka ishlash

Konstruksiyani texnologiklikka ishlash quyidagi konstruktiv va texnologik

tadbirlarni amalga oshirish bilan bajariladi:

1) kuzovga kiruvchi yig’ma birliklarni yiriklashtirish, shu jumladan, yaxlit

shtamplangan derazalar va eshiklar o’rnini olish bilan;

2) to’g’ri chiziqli qismlarda payvandlashni ta’minlash imkoniyati bilan;

3) gazli va yoyli payvandlash hajmining kamayishi bilan;

4) iloji boricha tashqi chok va tutashuvlarning oldini olish, chunki ularga

qo’shimcha ishlov berish zarur bo’ladi;

5) detallarni payvandlash uchun ochiq va qulay birikmalar hosil qilish;

6) maxsus texnologik usullar yoki murakkab payvandlash asbobini qo’llamaslik bilan;

7) suv va chang kirishidan saqlash maqsadida yengil puxtalanadigan birikmali detallarni olish bilan.

Kuzovga kiruvchi yig’ma birliklarni yiriklashtirish bilan konstruksiya

texnologikligini orttirish mumkin, chunki bu holda yig’ish-payvandlash

operatsiyalari mehnat sarfi kamayadi.

Payvand birikmalarning joylashuvi ratsional bo’lishi kerak. Qiya va egri

chiziqli uchastkalarda payvand nuqtalarni joylashtirishda nozik birikmalar va katta

tirqishlar paydo bo’lishi mumkin.




  1. Konstruksiya texnologikligini ta’minlashga erishish bo’yicha misol keltiring.?

  2. Kuzov konstruksiyalariga qo’yiladigan talablarni ta’minlash uchun qaysi omillar maqbullashtiriladi?

  3. Payvandlashning kontaktli nuqtali usulini tushuntirib bering.

  4. Payvand birikmalar turlari haqida ma’lumot bering.

Payvandlashning kontaktli usulida asbobni ikkala tomondan yetkazish

qulayligi nuqtai nazaridan birikmalarni ochiq, yarimyopiq va yopiq turlarga bo’lish

mumkin. Ochiq birikmalarda elektrodlarni payvandlash joyiga erkin yetkazish ta’minlanadi. Bunday birikmalar payvandlashni istalgan ketma-ketlikda o’tkazishga imkon beradi. Yarimyopiq birikmalar uchun asboblarni erkin yetkazish hamisha ta’minlanavermaydi, shu sababli, elektrodlardan birini qiya holatda o’rnatish yoki maxsus elektrodlar va moslamalarni qo’llash talab etiladi. Yopiq birikmalarga elektrodlarni yetkazib bo’lmasligi kontaktli payvandlash jarayonini keskin qiyinlashtiradi. Kuzov konstruksiyalarini yig’ish-payvandlashning muhim sharti, payvandlanadigan sirtlarning gorizontal holatda bo’lishidir. Bu sharoit payvandlash asboblari, moslamalari va qo’zg’aluvchan qurilmalarini joylashtirishni oddiylashtiradi.

Tanlangan texnologik jarayon yig’ish va payvandlashning shunday ratsional

tartibini ta’minlashi kerakki, bunda mahsulotni ag’darishlar soni minimal bo’lishini, payvandlashning qulay holatda o’tishini va minimal deformatsiyali hamda stabil geometrik parametrlarga ega yig’ma birliklar olish ko’zda tutilishi lozim.Mahsulotda payvand nuqtalari va choklarini joylashtirishda birikmaning zarur mustahkamligini ta’minlash bilan birga, payvandlashning avtomatik usullarini qo’llashning maksimal imkoniyatlarini ko’zda tutish lozim.

Avtomobillar kuzovlari va kabinalarini ishlab chiqarishda kontaktlibirikmalarning quyidagi turlari qo’llaniladi: flanesli, mingashtirilgan, tutashtirilgan, burchakli va toresli.Flanesli birikmalar eng afzali hisoblanadi, chunki bunda kontaktli payvandlashning samarali usullari – nuqtali va chokli payvandlashni qo’llash mumkin bo’ladi.




  1. Kuzovlar va kabinalarni tayyorlashda qaysi payvandlash usullari qo’llaniladi?

  2. Davriy nazorat haqida ma’lumot bering.

  3. Relyefli payvandlash haqida ma’lumot bering.

  4. Texnologik alomatlar bo’yicha kuzov detallari tasnifini keltiring.

  5. Kontaktli payvandlash jarayonida chok hosil bo’lish bosqichlarini sanab bering.

  6. Himoya gazlari muhitida yoyli payvandlash qaysi sharoitlarda qo’llaniladi?


Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish