Avtomobilsozlikda shtamplash, yig’ish va qoplamalar texnologiyalari


Himоya gаzlаri muhitidа yoy bilan pаyvаndlаshning texnologik mohiyati va jihozlari



Download 180,82 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2022
Hajmi180,82 Kb.
#341484
1   2   3
Bog'liq
Oraliq nazorat savollari talabalar uchun 58985

Himоya gаzlаri muhitidа yoy bilan pаyvаndlаshning texnologik mohiyati va jihozlari. Himоya gаzlаr muhitidа pаyvаndlаsh usullаri. Erimаydigаn elеktrоdlаr bilаn pаyvаndlаsh. Eriydigаn elеktrоd bilаn pаyvаndlаsh. Inеrt gаzlаr muhitidа pаyvаndlаsh. Kаrbоnаt аngidrid gаzi muhitidа pаyvаndlаsh. Himоya gаzlаri muhitidа pаyvаndlаsh mеtаllurgiyasi. Himоya gаzlаr muhitidа pаyvаndlаsh аppаrаtlаri vа uskunаlаri. Himоya gаzlаri muhitidа yoy bilаn pаyvаndlаshdа ish unumi yuqоri bo‘lаdi, bu ishni оsоn аvtоmаtlаshtirish mumkin vа birikmalаrni elеktrоd qоplаmаlаri hаmdа flyuslаr ishlаtmаsdаn biriktirishgа imkоn bеrаdi.

Pаyvаndlаshning bu usuli po‘lаt, rаngli mеtаllаr vа ulаrning qоtishmаlаridаn kоnstruksiyalаr yasаshdа kеng qo‘llаnilаdi.

Himоya gаzlаri muhitidа pаyvаndlаshning аfzаlliklаri quyidаgilаr:

- flyus yoki qоplаmаlаr ishlаtishgа, binоbаrin, chоklаrni shlаkdаn tоzаlаshgа hоjаt yo‘q;

- yuqоri ish unumi vа mаnbа issiqligining yuqоri dаrаjаdа kоnsеntrаtsiyalаnishi strukturаviy o‘zgаrishlаr zоnаsini аnchа qisqаrtirishgа imkоn bеrаdi;

- chоk mеtаli hаvо kislоrоdi vа аzоti bilаn judа kаm tа’sirlаshаdi;

- pаyvаndlаsh jаrаyonini kuzаtib turish qulаy;

- jаrаyonlаrni mеxаnizаtsiyalаshtirish vа аvtоmаtlаshtirish imkоni bоr.

Himоya gаzlаri muhitidа yoy bilаn pаyvаndlаsh usullаrining tasnifi 36-rаsmdа ko‘rsаtilgаn.

Himоya gаzlаri muhitidа pаyvаndlаshni eriydigаn vа erimаydigаn (vоlfrаm) elеktrоdlаr bilаn bаjаrish mumkin




  1. Gazli payvandlash qaysi sharoitlarda qo’llaniladi?

Himоya gаzlаri muhitidа yoy bilаn pаyvаndlаshdа ish unumi yuqоri bo‘lаdi, bu ishni оsоn аvtоmаtlаshtirish mumkin vа birikmalаrni elеktrоd qоplаmаlаri hаmdа flyuslаr ishlаtmаsdаn biriktirishgа imkоn bеrаdi.

Pаyvаndlаshning bu usuli po‘lаt, rаngli mеtаllаr vа ulаrning qоtishmаlаridаn kоnstruksiyalаr yasаshdа kеng qo‘llаnilаdi.

Himоya gаzlаri muhitidа pаyvаndlаshning аfzаlliklаri quyidаgilаr:

- flyus yoki qоplаmаlаr ishlаtishgа, binоbаrin, chоklаrni shlаkdаn tоzаlаshgа hоjаt yo‘q;

- yuqоri ish unumi vа mаnbа issiqligining yuqоri dаrаjаdа kоnsеntrаtsiyalаnishi strukturаviy o‘zgаrishlаr zоnаsini аnchа qisqаrtirishgа imkоn bеrаdi;

- chоk mеtаli hаvо kislоrоdi vа аzоti bilаn judа kаm tа’sirlаshаdi;

- pаyvаndlаsh jаrаyonini kuzаtib turish qulаy;

- jаrаyonlаrni mеxаnizаtsiyalаshtirish vа аvtоmаtlаshtirish imkоni bоr.

Himоya gаzlаri muhitidа yoy bilаn pаyvаndlаsh usullаrining tasnifi 36-rаsmdа ko‘rsаtilgаn.

Himоya gаzlаri muhitidа pаyvаndlаshni eriydigаn vа erimаydigаn (vоlfrаm) elеktrоdlаr bilаn bаjаrish mumkin.

Pаyvаndlash zоnаsini himоyalаsh uchun gеliy vа аrgоn kаbi inеrt gаzlаr, bа’zаn аzоt, vоdоrоd vа kаrbоnаt аngidrid kаbi fаоl gаzlаrdаn fоydаlаnilаdi. Shuningdеk, turli prоpоrsiyalаrdа аlоhidа gаzlаrning аrаlаshmаsi hаm ishlаtilаdi. Gаz bilаn аnа shundаy himоya qilingаnidа pаyvаndlаsh zоnаsi аtrоfidаgi hаvо siqib chiqаrilаdi. Mоntаj shаrоitlаridа pаyvаndlаshdа yoki gаz himоyasini puflаb tаrqаtib yubоrаdigаn shаrоit mаvjud bo‘lgаndа qo‘shimchа himоya qurilmаlаridаn fоydаlаnilаdi. Pаyvаndlаsh zоnаsini gаz bilаn himоyalаsh sаmаrаdоrligi pаyvаndlаnаdigаn birikmаning turigа vа pаyvаndlаsh tеzligigа bоg‘liq. Himоyagа shuningdеk, sоplоning o‘lchаmi, himоya gаzining sаrfi vа sоplоdаn detalgаchа bo‘lgаn mаsоfа (u 5–40 mm bo‘lishi kеrаk) hаm tа’sir qilаdi.



  1. Prixvatka qaysi sharoitlarda qo’llaniladi?

Yig’ish-payvandlash qurilmasi yig’ma birliklar qismlarini payvandlash asbobiga (elektrodlar, payvandlash qisqichlari) nisbatan bazalash va o’zaro mo’ljallash uchun xizmat qiladi. Undan foydalanish hisobiga yig’ma birlikni prixvatka qilish va payvandlash amalga oshiriladi. Yig’ish-payvandlash qurilmasini qo’llash texnologik operatsiyalarni bajarish vaqtini qisqartiradi, yig’ish-payvandlashning berilgan geometrik o’lchamlari aniqligini va sifatini ta’minlaydi, operator ishini yengillashtiradi va ishlarni bajarish xavfsizligini oshiradi.

Qurilma har bir detal va yig’ma birlik shakli, hamda o’lchamlariga mos tarzda ishlab chiqilgan maxsus va standart elementlardan tarkib topadi. Qurilma konstruksiyasining maxsus elementlariga asos (plita, plastina, payvandlangan karkas), tayanch elementlar (ustunlar, qayd qiluvchi, mahkamlovchi) va qo’shimcha qurilmalar kiradi.

Qurilma konstruksiyasining murakkabligiga bog’liq tarzda moslama, andaza (shablon) va konduktorlarga bo’linadi.

Yig’ish-payvandlash moslamasi deb quyidagi operatsiyalar uchun qo’llaniladigan qurilmaga aytiladi: yig’iladigan detallarni payvandlash asbobi uchun qulay holatga o’rnatish; yig’ish va holatni pardozlash (tozalash, to’g’rilash, tekislash) operatsiyalarini qulay bajarish uchun yig’ma birlik qismlarini o’zaro mo’ljallash; payvandlanadigan sirtlarni elektrodlarga nisbatan mo’ljallash; payvandlashda nojoiz deformatsiyalar hosil bo’lishini bartaraf qilish uchun yig’ilayotgan detallarda teskari egiklikni hosil qilish; chok sirtini shakllantirish; payvandlash asbobini payvandlash joyiga yetkazish va undan uzoqlashtirish; payvandlanayotgan yig’ma birlikning ishchi va yordamchi siljishlari va b. yig’ish-payvandlash moslamalarini payvand konstruksiyalar ishlab chiqarishning istalgan turida qo’llash mumkin, ular mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan qatorlar tarkibiga kiradi.





  1. Kuzov va kabinalar qaysi asosiy yig’ma birikmalardan tarkib topadi?

  2. Yig’ish-payvandlash jarayonlarini yengillashtirish uchun qaysi shart-sharoitlar hisobga olinadi?

  3. Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini ishlab chiqish uchun boshlang’ich ma’lumotlarni keltiring.

  4. Nuqtali, relyefli va chokli payvandlash ma’romlarining asosiy parametrlarini sanab bering.

  5. Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini ishlab chiqishning asosiy bosqichlarini keltiring.

Yig’ma birliklarni yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini ishlab chiqish

quyidagi bosqichlardan tarkib topadi.

1. Ishlab chiqarish turiga bog’liq holda yig’ma birlik haqidagi boshlang’ich

ma’lumotlarni tahlil qilish, uning konstruksiyasi va kuzovdagi xizmat vazifasi

bilan tanishish, chizmalarni va biriktirish usullarini analoglarda o’rganish.

2. Yig’ma birlikni tayyorlash usulini, ya’ni, payvandlash turi va usulini tanlash. Tanlash bir tipli yig’ma birliklarni yig’ishning zamonaviy uslublarini va payvandlashning ilg’or usullarini o’rganish asosida amalga oshiriladi.

Payvandlash usuli yig’ma birlikning konstruktiv o’ziga xosligi, shuningdek,

payvandlanadigan detallar qalinligini hisobga olgan holda belgilanadi.

3. Yig’ma birliklar yig’ish ketma-ketligini va qo’llaniladigan texnologik jihozlash

vositalarini dastlabki aniqlash.

4. Har bir yig’iladigan detallarni qayd qilish uchun texnologik bazalarni belgilash.

Geometrik parametrlari bo’yicha aniq va stabil yig’ma birliklarni olishda bazalar

yagonaligi prinsipiga, ya’ni, detallarni tayyorlashda tanlangan bazalarni yig’ma

birliklar uchun ham qo’llanishga erishish muhimdir.

5. Analoglarni tahlil qilish asosida tipaviy texnologik jarayonlarni to’plash.

6. Payvandlashni bajarish, o’lchamlarni tekshirish imkonini ta’minlash va

yig’ishning istalgan bosqichida yo’l qo’yilgan og’ishlarni to’g’rilash uchun eng

yaxshi shart-sharoitni hosil qiluvchi yig’ish-payvandlash operatsiyalari ketmaketligini tanlash. Yig’ish-payvandlash operatsiyalari ketma-ketligini ishlab chiqishda detallarni aylantirishning minimal sonini tanlashga, birikmalarni payvandlashning eng qulay sharoitlarda bo’lishiga va payvandlashdan hosil bo’luvchi deformatsiyalarni kamaytirishga intilish lozim.

7. Turli tipdagi jihozlarni tahlil qilish.

8. Payvandlash ma’romlarini hisoblash.

9. Texnologik jarayonni me’yorlash.

10. Zamonaviy jihozlar, qurilmalar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish

vositalarini tanlash.

11. Bevosita texnologik operatsiyalarni ishlab chiqish. Har bir texnologik

operatsiya uchun jihoz tanlanadi. Payvandlash usulidan va payvandlanadigan

detallar qalinligidan kelib chiqib, to’plam jadvallari bo’yicha payvandlash

ma’romlari tanlanadi va ularning parametrlari hisoblanadi. Payvandlash jihozi

uchun mos qurilma va asbob tanlanadi. Shuningdek, bu bosqichda yig’ilayotgan

mahsulotni yig’ish-payvandlash uchun moslamalarning prinsipial sxemalari

ishlab chiqiladi. Yig’ish-payvandlashning har bir texnologik operatsiyasi uchun,

yig’ish ketma-ketligini xarakterlovchi eskiz chiziladi.

Ishlab chiqilgan texnologik jarayon har bir operatsiya uchun qat’iy ketmaketlikda texnologik kartalarga yoziladi. Kuzovlar va kabinalarni tayyorlashda texnologik jarayonni ishlab chiqish har bir yig’ma birlik uchun olib boriladi.




  1. Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini ishlab chiqishning asosiy talablarini keltiring.

Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini tuzishda quyidagi talablar asosiy

hisoblanadi:

 tayyorlanayotgan yig’ma birliklarning yig’ish aniqligi;

 yig’ishning eng kam davomiyligini ta’minlash;

 mehnat sharoitini maksimal yengillashtirish va ishning xavfsizligini ta’minlash.

Asosiy detaliga bir yoki bir nechta boshqa detallar payvandlanadigan, mayda

va nomurakkab yig’ma birliklarni tayyorlash texnologik jarayonida, odatda,

maxsus yoki universal qurilmali statsionar payvandlash mashinalaridan

foydalanish ko’zda tutiladi. Bu holda, payvandlash, odatda, detallarni ularda

oldindan shtamplangan chuqurchalar, chiqiqlar, teshiklar va boshqalarga qayd

qilish bilan bajariladi. Operatsiyalararo tashish aravachalar yoki yopiq konturli osma konveyerlar orqali bajariladi.

O’rta o’lchamli yig’ma birliklarni tayyorlash texnologik jarayoni o’z ichiga

dastlab, ularning tarkibiga kiruvchi mayda yig’ma birliklarni yig’ish ketmaketligini, so’ngra ularni osma payvandlash mashinalarida konduktorlarda va ko’p nuqtali payvandlash mashinalarida ketma-ket operatsiyalararo yig’ishni o’z ichiga oladi. Mayda va o’rta yig’ma birliklarni tayyorlashning eng zamonaviy texnologik jarayonlari zagotovkalarni uzatish va yig’ilgan mahsulotlarni yechib olishni avtomatlashtiruvchi robotlashgan texnologik komplekslarni qo’llash bilan amalgaoshiriladi.

Yirik yig’ma birliklarni, shuningdek, kuzovlarni yig’ish-payvandlash uchun,

texnologik jarayonni quyidagicha tuzish xarakterlidir: alohida yig’ma birliklarni yig’ish-payvandlash; yirik yig’ma birliklarni kuzovga yig’ish.

Yirik yig’ma birliklarni yig’ish-payvandlash texnologik jarayoni ikki usulda

tuzilishi mumkin:

 yig’ish-payvandlash moslamasi (konduktori) ga yig’ma birlikga kiruvchi

barcha detallarni birdaniga yuklash va ularni navbat bilan yig’ish, so’ngra

yakuniy operatsiya – yaxlit konstruksiyani payvandlash bilan;

 yaxlit yig’ma birlikni birdaniga payvandlashning qiyinligi yoki ilojsizligi

sharoitlarida konstruksiyani asta-sekin to’ldirib borish bilan.




  1. Yirik yig’ma birikmalarni yig’ish-payvandlash texnologik jarayoni qaysi usullarda tuzilishi mumkin?

  2. Payvandlash jihozlarini tanlash uchun mezon sifatida qaysi ko’rsatkichlar xizmat qiladi?

  3. Nuqtali, relyefli va chokli payvandlash mashinalari qanday tasniflanadi?

Relyefli payvandlash mashinalari nuqtali mashinalardan stanina va

kronshteynlarining yuqori bikrligi, tepa elektrodli qismining yuqori siljish aniqligi,

katta bo’lmagan chiqishi va elektrodlar, moslamalarni mahkamlash uchun T-simon

o’yiqlari bo’lgan plitalarning borligi bilan farq qiladi.Mashinaning siqish mexanizmi yuritmasi, odatda, dumalash podshipniklariga o’tqazilgan, yo’naltiruvchi qurilmali va pnevmatik qilib tayyorlanadi, bu esa yuritmaning dinamik xarakteristikalari yetarlicha yuqori ko’rsatkichlarga erishishini ta’minlaydi.Avtomobilsozlikda relyefli payvandlash uchun ham, asosan, nuqtali payvandlash ma’romlariga o’xshash qattiq ma’romlar qo’llaniladi.

Chokli payvandlash uchun mashinalar nuqtali payvandlash mashinalaridan

elektrodlar konstruksiyalari, ikkilamchi konturda sirpanuvchi kontaktlarning va

elektrodlarni aylantiruvchi yuritmalarning borligi bilan farq qiladi


  1. Yig’ish payvandlash moslamasi haqida ma’lumot bering.

Yig’ish-payvandlash qurilmasi yig’ma birliklar qismlarini payvandlash asbobiga (elektrodlar, payvandlash qisqichlari) nisbatan bazalash va o’zaro mo’ljallash uchun xizmat qiladi. Undan foydalanish hisobiga yig’ma birlikni prixvatka qilish va payvandlash amalga oshiriladi. Yig’ish-payvandlash qurilmasini qo’llash texnologik operatsiyalarni bajarish vaqtini qisqartiradi, yig’ish-payvandlashning berilgan geometrik o’lchamlari aniqligini va sifatini ta’minlaydi, operator ishini yengillashtiradi va ishlarni bajarish xavfsizligini oshiradi.

Qurilma har bir detal va yig’ma birlik shakli, hamda o’lchamlariga mos tarzda ishlab chiqilgan maxsus va standart elementlardan tarkib topadi. Qurilma konstruksiyasining maxsus elementlariga asos (plita, plastina, payvandlangan karkas), tayanch elementlar (ustunlar, qayd qiluvchi, mahkamlovchi) va qo’shimcha qurilmalar kiradi.

Qurilma konstruksiyasining murakkabligiga bog’liq tarzda moslama, andaza (shablon) va konduktorlarga bo’linadi.

Yig’ish-payvandlash moslamasi deb quyidagi operatsiyalar uchun qo’llaniladigan qurilmaga aytiladi: yig’iladigan detallarni payvandlash asbobi uchun qulay holatga o’rnatish; yig’ish va holatni pardozlash (tozalash, to’g’rilash, tekislash) operatsiyalarini qulay bajarish uchun yig’ma birlik qismlarini o’zaro mo’ljallash; payvandlanadigan sirtlarni elektrodlarga nisbatan mo’ljallash; payvandlashda nojoiz deformatsiyalar hosil bo’lishini bartaraf qilish uchun yig’ilayotgan detallarda teskari egiklikni hosil qilish; chok sirtini shakllantirish; payvandlash asbobini payvandlash joyiga yetkazish va undan uzoqlashtirish; payvandlanayotgan yig’ma birlikning ishchi va yordamchi siljishlari va b. yig’ish-payvandlash moslamalarini payvand konstruksiyalar ishlab chiqarishning istalgan turida qo’llash mumkin, ular mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan qatorlar tarkibiga kiradi.

Bajariladigan operatsiyalar tabiatiga ko’ra moslamalar: yig’ma, yig’ma-payvandlangan va payvandlangan; xizmat vazifasiga ko’ra universal yoki maxsus; montaj usuli va ish tartibiga ko’ra – statsionar, ko’chma, aylanuvchan; dastaki va mexanizatsiyalashgan yuritmali bo’lishi mumkin.

Universal yig’ish-payvandlash moslamalari ko’proq mayda seriyali va yakkalab ishlab chiqarish sharoitida, maxsus moslamalarni tayyorlash maqsadga muvofiq bo’lmaganida qo’llaniladi. Ularni bir tipli, turlicha o’lchamlarga ega mahsulotlarni tayyorlashda qo’llaydilar. Bunday moslamalarning afzalliklariga ularni mahsulot almashganda qayta sozlash mumkinligi, konstruksiyaning nisbatan oddiyligi, tayyorlash xarajatlarining kamligi, kamchiliklariga esa – maxsus moslamalarni qo’llashdagiga nisbatan kichik samaradorlikka erishish mumkinligi kiradi. Universal moslamalar yordamida asosiy masala – detallarni o’rnatish va mahkamlash, payvandlanayotgan mahsulotlarni siljitish yoki aylantirish hal qilinadi. Ularning tarkibiga bir to’plam qayd qilish va siqish elementlari (vintli qisqichlar, prujinali qisqichlar, dastaki tiski va b.) kiradi.





  1. Payvandlash jihozlari modellarining belgilanishini tushuntirib bering?



  1. Kontaktli payvandlash mashinalarining mexanik parametrlarini keltiring.

Kontaktorlar kontaktli mashinalar transformatorlari birlamchi o’ramlarining

tokini qo’shish va ajratishga mo’ljallangan. Iqtisodiy va samaralilik nuqtai

nazaridan tiristorli kontaktorlar maqsadga muvofiq bo’ladi.Payvandlash sikli rostlagichlari payvandlash operatsiyalari davomiyligini rostlash va muayyan ketma-ketligini ta’minlashni amalga oshiradi.Sinxron to’xtatkichlar kontaktli mashinalar transformatorlarining birlamchi o’ramlari tokini sinxron qo’shish va ajratish, uning miqdori va o’tish davomiyligini rostlash uchun mo’ljallangan.

Pnevmatik va gidravlik apparaturalar kontaktli mashinalar pnevmatik va

gidravlik yuritmalari ishini boshqaradi.

Turlicha shakllarga ega, shtamplab payvandlangan kuzov uzellarini ishlab

chiqarish katta miqdordagi asbobsozlik qurilmalarini talab qiladi. Kontaktli

payvandlash mashinalari asboblariga konsollar, elektr tutqichlar, elektrodlar,

shuningdek, payvandlash qisqichlari va to’pponchalar kiradi.Konsollar, elektr tutqichlar va elektrodlar nuqtali payvandlash statsionar mashinalari ikkilamchi konturining tarkibiy qismi hisoblanadi, ular orqali payvandlash joyiga tokni o’tkazish ta’minlanadi.Konsollar, bundan tashqari, payvandlanadigan detallar siqish kuchini qabul qilish uchun qo’llaniladi va yetarlicha bikrlikka ega bo’lishi talab etiladi. Konsol uchida elektrtutqichni mahkamlash uchun boltli birikma bor. Konsollar M1 markali misdan yoki mis asosidagi qotishmalardan tayyorlanadi.Elektrtutqichlar elektrodlarni mahkamlash uchun xizmat qiladi va shunga bog’liq tarzda turlicha konstruksiyaga ega bo’ladi. Ular turlicha markadagi bronzalardan tayyorlanadi (xromli – БрХ, kadmiyli – БрКдva b.).

Elektrodlar payvandlash mashinalarida eng ko’p yuklangan asboblardir.

Payvandlanadigan mahsulot bilan bevosita tutashgan holda, ular ham harorat, ham

kuch ta’siriga uchraydilar va shuning uchun ancha tez yeyiladilar. Elektrodlarni tayyorlash uchun turli markali bronzalar, jumladan, xromli bronza – БрХ ko’proq qo’llaniladi. Ushbu elektrodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1) normal va yuqori haroratlar sharoitida yuqori issiqlik- va elektro’tkazuvchanlik;

2) katta bosimlarni uzatish uchun yetarlicha mustahkamlik va yanchilishga yuqori bardoshlilik;

3) normal va yuqori haroratlar sharoitida yuqori oksidbardoshlik;

4) mahsulot metalli bilan payvandlanishning yo’qligi va cachrovlarning detalga past mustahkamlik bilan yopishishi;

5) mustahkamlik buzilishining yuqori haroratlarda sodir bo’lishi;

6) elektrod materialining yaxshi ishlanuvchan bo’lishi va tannarxning

past bo’lishi.

Elektrodlar konstruksiyalarining xilma-xilligi kontaktli payvandlash usuli,

birikish joylarida mahsulot konfiguratsiyalari, detallar qalinligi, tutashuv sirti

shakli va o’lchamlari, elektrtutqichda mahkamlash usuli, sovutish suyuqligini

uzatish zarurati va b. omillar bilan tushuntiriladi.

Nuqtali mashinalar elektrodlari ko’pchilik hollarda elektrtutqichlar bilan

konussimon o’tqazish sirti orqali biriktiriladi. Bu o’rinda rezbaning mumkin

bo’lgan shikastlanishi natijasida elektrodlarni chiqarib olish qiyinlashishi sababli konussimon rezba kam qo’llaniladi. Ishchi sirtni sovutuvchi suvni berish uchun elektrodlarda maxsus kanallar qilingan bo’ladi.




  1. Universal va maxsus nuqtali payvandlash mashinalari haqida ma’lumot bering.

Nuqtali, relyefli va chokli payvandlash mashinalarini quyidagicha tasniflash

mumkin:

 ishlatilishiga ko’ra – universal, maxsus;

 payvandlash joyiga tokni uzatish usuliga ko’ra – ikkiyoqlama va

biryoqlama;

 payvandlash toki impulsi shakliga ko’ra – uzlukli va uzluksiz;

 elektrodlar harakat yo’nalishiga ko’ra – ilgarilanma va radial;

 siqish mexanizmlari yuritmasiga ko’ra – pnevmatik, gidravlik,

mexanik;

 birdaniga payvandlanadigan birikmalar soniga ko’ra – bir nuqtali,

ko’p nuqtali, relyefli;

 payvandlash vaqtida detallarning siljishiga ko’ra – doimiy,

o’zgaruvchan;

 o’rnatish usuliga ko’ra – statsionar, osma va ko’chma.

Universal payvandlash jihozi katalog bo’yicha tanlanadi, maxsus jihoz

esa yig’ma birlik konstruksiyasiga moslab loyihalanadi.

Jihoz tipi va bir qator ma’lumotlarni jihozning bir nechta harf va

raqamlardan tarkib topgan shartli belgilanishi bo’yicha aniqlash mumkin.

Belgilanishning birinchi harfi mahsulotni xarakterladi: M – mashina, A –

avtomat, П – yarim avtomat, У – qurilma.

Ikkinchi harf payvandlash turini ko’rsatadi: T – nuqtali, P – relyefli, Ш–

chokli.


Belgilanishga ba’zan kiruvchi uchinchi harf qo’shimcha ma’lumot beradi: M

– ko’p elektrodli, B – ikkilamchi kontur bo’yicha to’g’rilangan tok va h.k.

Belgilanishning raqamli qismidagi dastlabki ikki (ba’zan uch) raqam

ikkilamchi tok maksimal kuchining kiloamperlardagi qiymatini ko’rsatadi. Keyingi

ikki raqam esa ushbu tipdagi mashinaning konstruktiv shaklini bildiradi


  1. Yig’ish-payvandlash texnologik jarayoni qanday operatsiyalardan tarkib topadi?

Odatda, yig’ma birliklarni yig’ish-payvandlash texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalardan tarkib topadi.

1. Shtamplashdan keyingi detallarni tayyorlash, payvandlash sirtlarini

iflosliklardan, moylash qoldiqlari va boshqalardan tozalashdan iborat bo’ladi.

Tozalash uchun ishqalash, yuvish va boshqalardan foydalaniladi. Yuvishni

maxsus jihoz – yuvish-quritish agregatlarini qo’llash bilan amalga oshiradilar.

Payvandlash uchun tayyorlangan sirtlar sifati razm solish bilan tekshiriladi.

Payvandlash uchun tayyorlangan detallarni omborlarda, changdan to’silgan

holda saqlash tavsiya qilinadi.

2. Yig’ish-payvandlash moslamalarida detallar va yig’ma birliklarni qayd

qilish va mahkamlash yig’iladigan mahsulotlar aniqligini ta’minlash uchun

muhim hisoblanadi. Payvandlashda nomurakkab detallarni qayd qilish yig’ishpayvandlash moslamalarisiz, payvandlash mashinasining bevosita o’zida amalga oshiriladi. Bu operatsiya uchun yig’ish-payvandlash moslamasi yoki

payvandlash jihozi ko’rsatilgan bo’lishi lozim.

3. Prixvatka qilish, yig’ilayotgan mahsulotni payvandlash hajmi katta

bo’lganida bitta yig’ish-payvandlash moslamasida bajariladigan mehnat sarfini

kamaytirish uchun qo’llaniladi.

4. Yakuniy payvandlash chizmadagi texnik talablarga muvofiq tarzda aniq

parametrlar bilan xarakterlanadi (payvand nuqtalar soni, qadami, payvand chok

uzunligi va b.) va yig’ish-payvandlash uchun qo’llaniladigan payvandlash

mashinasi, asboblari va qurilmalariga muvofiqlashtiriladi.

5. Yig’ilgan yig’ma birlikni bo’shatish va yechib olish.

6. Payvandlash sifati va yig’ma birliklar geometrik parametrlarini nazorat qilish texnik hujjatlashtirishda ko’rsatilgan usulga muvofiq amalga oshiriladi. Yig’ma birliklar geometrik parametrlarini nazorat qilish uchun zarurat bo’lganida nazorat moslamasi tayyorlanadi.


  1. Payvandlash ma’romining asosiy parametrlari haqida ma’lumot bering.

Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini tuzishda quyidagi talablar asosiy

hisoblanadi:

 tayyorlanayotgan yig’ma birliklarning yig’ish aniqligi;

 yig’ishning eng kam davomiyligini ta’minlash;

 mehnat sharoitini maksimal yengillashtirish va ishning xavfsizligini ta’minlash.

Asosiy detaliga bir yoki bir nechta boshqa detallar payvandlanadigan, mayda va nomurakkab yig’ma birliklarni tayyorlash texnologik jarayonida, odatda,

maxsus yoki universal qurilmali statsionar payvandlash mashinalaridan

foydalanish ko’zda tutiladi. Bu holda, payvandlash, odatda, detallarni ularda

oldindan shtamplangan chuqurchalar, chiqiqlar, teshiklar va boshqalarga qayd

qilish bilan bajariladi. Operatsiyalararo tashish aravachalar yoki yopiq konturli osma konveyerlar orqali bajariladi.

O’rta o’lchamli yig’ma birliklarni tayyorlash texnologik jarayoni o’z ichiga

dastlab, ularning tarkibiga kiruvchi mayda yig’ma birliklarni yig’ish ketmaketligini, so’ngra ularni osma payvandlash mashinalarida konduktorlarda va ko’p nuqtali payvandlash mashinalarida ketma-ket operatsiyalararo yig’ishni o’z ichiga oladi. Mayda va o’rta yig’ma birliklarni tayyorlashning eng zamonaviy texnologik jarayonlari zagotovkalarni uzatish va yig’ilgan mahsulotlarni yechib olishni avtomatlashtiruvchi robotlashgan texnologik komplekslarni qo’llash bilan amalgaoshiriladi.Yirik yig’ma birliklarni, shuningdek, kuzovlarni yig’ish-payvandlash uchun, texnologik jarayonni quyidagicha tuzish xarakterlidir: alohida yig’ma birliklarni yig’ish-payvandlash; yirik yig’ma birliklarni kuzovga yig’ish.




  1. Payvandlashning qattiq ma’romlari haqida ma’lumot bering.

Jihozning yuqori samaradorligini va sifatli payvand birikma olishni ta’minlash uchun kontaktli mashinalarda ishlashda payvandlashning optimal ma’romi o’rnatilgan bo’lishi lozim. Ma’romning asosiy parametrlari bo’lib, yuqorida ko’rsatilganidek, payvandlash tokining kuchi , elektrodlarning siqish kuchi va payvandlash toki impulsining o’tish vaqti xizmat qiladi. Nuqtali mashinalar uchun qo’llaniladigan ma’romlar shartli ravishda yumshoq va qattiqqa bo’linadi. Bunday taqsimlashning asosida tok zichligi (tok kuchining tutashish sirti yuzasiga nisbati) va impuls davomiyligi yotadi. Katta qiymatli tok zichligi va kichik impuls davomiyligi ko’proq qattiq ma’romlarga to’g’ri keladi.

2-jadvalda avtomobilsozlikda qo’llaniladigan qattiq ma’romlarning bir nechta variantlari keltirilgan.




  1. Download 180,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish