Umumiy qoidalar va texnik reglamentlarning tarkibiga talablar
Har qanday mamlakat hududidan import qilinadigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga texnik reglamentlar tomonidan taqdim etiladigan rejim mamlakatning o’zida ishlab chiqarilgan o’xshash tovarlarga va boshqa mamlakatda yaratilgan xuddi shunday tovarlarga taqdim etiladigan rejim kabi qulay bo’lishi kerak.
Texnik reglamentlar xalqaro savdoda ortiqcha to’siqlarni yuzaga keltirmasligi yoki ularning yuzaga kelishiga olib kelmasligi kerak. SHu maqsadda texnik reglamentlar tomonidan, xavfsizlikni ta’minlashga oid qonuniy maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgandan ko’ra yanada chegaralovchi ta’sir savdoga nisbatan ko’rsatilmasligi kerak.
Texnik reglamentlar, xavf darajasini hisobga olgan holda belgilanadigan muvofiqlikni baholash qoidalari va shakllarini, texnik jihatdan tartibga solish har bir ob’ektiga oid muvofiqlikni baholash uchun oxirgi muddatlarni, muvofiqlikni tasdiqlash uchun zarur bo’lgan nazorat, sinovlar va o’lchovlar usullarini, shuningdek atamalarga, o’rov-idishga, tamg’alarga yoki yorliqlarga hamda ularni aks ettirish qoidalariga doir talablarni va davlat nazoratini amalga oshirish tartibini o’z ichiga olishi mumkin.
Zararli mikroorganizmlar va qo’shimchalar, kasalliklar, kasallik tarqatuvchilar, ifloslantiruvchi moddalar, toksinlar, zararkunandalar va begona o’simliklar kirib kelishi yoki tarqalishi munosabati bilan yuzaga keladigan insonning hayoti va sog’lig’iga, atrof muhitga zarar etkazilishi xavfi darajasi hamda zararni bartaraf etish hisobga olingan holda texnik reglamentlarda sanitariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlarni ham ko’rsatish kerak.
Sanitariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlarida quyidagilar belgilab qo’yiladi:
- mahsulotga, uni sinash, tekshirish tartib-taomiliga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va fitosanitariya xulosasini berish tartibiga qo’yiladigan majburiy talablar;
- karantin va veterinariya-sanitariya qoidalari, shu jumladan hayvonlar va o’simliklarni tashish bilan bog’liq talablar;
- namunalarni olish usullari va tartib-taomili, insonning hayoti va sog’lig’iga, atrof muhitga zarar etkazilishi xavfini tadqiq etish hamda baholash usullari, hamda ekologik normalar va boshqa talablar.
Texnik reglamentlarda ayrim toifadagi fuqarolar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni ta’minlaydigan, hamda transchegaraviy xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga oid xavfsizligiga qo’yiladigan maxsus talablar bo’lishi mumkin.
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlardan uzoq muddat foydalanilish oqibatida va (yoki) yo’l qo’yiladigan xavf darajasini aniqlash imkoniyatini bermaydigan boshqa omillar ta’siri sababli insonning hayoti va sog’lig’iga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar etkazadigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga qo’yiladigan talablar texnik reglamentlarda bo’lmasligi kerak. SHu bilan birga texnik reglamentlarda ehtimol tutilgan zarar to’g’risida hamda insonning hayoti va sog’lig’iga, atrof muhitga zarar etkazilishi xavfi qaysi omillarga bog’liq bo’lsa, shu omillar haqida iste’molchilarni xabardor qilishiga doir talablar bo’lishi mumkin.
Texnik reglamentlarga kiritiladigan o’zgartichlar va qo’chimchalar hamda ularni bekor qilich bo’yicha takliflar texnik reglamentlarni ichlab chiqish uchun belgilangan qoidalar bo’yicha ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |