Avtomobil yo‘llarini arxitekturaviy jihozlash reja: Yo‘l belgilari va ko‘rsatgichlariing turlari va vazifalari Belgilarni o‘rnatish va amal qilish zonasi



Download 2,35 Mb.
bet6/7
Sana11.11.2022
Hajmi2,35 Mb.
#864155
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 mavzu

Tutish elementlari. Yo‘l belgilari maxsus ustunlarga o‘rnatiladi. Ko‘p polosali yo‘llarda katta ko‘rsatish lavhalari ramali (arkali) asoslarga yoki konsollarga biriktiriladi. Shaharlarda belgilar yo‘l ustidan tortilgan troslarga, binolar, yoritish ustunlaridagi kronshteynlarga mahkamlanadi. Tutish elementlari Soyundorproekt va VNIIBD ishlab chiqqan andoza loyihalarga asosan tayyorlanadi.
Belgi ustunlari asosan temir beton, po‘lat yoki yog‘ochdan yasaladi. Yog‘och ustunlar past toifadagi avtomobil yo‘llarida ishlatiladi. Metall quvurlar yoki sakkiz qirrali temirbeton ustunlar diametri 100 mm dan oshmaydigan qilib yasaladi.
Ustun yerga 1 m ko‘miladi. Belgi qimirlamasdan turishi uchun ostiga beton quyiladi. (4.50-rasm). Metall ustunlar zanglamasligi uchun tuproqqa tegib turadigan qismiga eritilgan bitum suriladi. Belgi lavhasi ustunga metall skoba va o‘rab turadigan xomut bilan biriktiriladi.
Hozir yo‘l yoqasiga qo‘yiladigan ustunlar konstruksiyasi ko‘proq xavfsiz qilib ishlanayapti. Bunday ustunlar loyihasi tuzilganda quyidagi parametrlarga asoslanish kerak bo‘ladi: avtomobilning og‘irligi 900-2300 kg; urilish tezligi 100 km/soat; yo‘l bo‘ylama o‘qiga nisbatan urilish burchagi 25° daraja; to‘siqqa urilgan avtomobilning o‘rtacha sekinlashishi 12g; sekinlashishning maksimal oshib borishi 500 g/s; to‘siq bilan kontakt vaqti 0,3 s. Avtomobil urilganda yuk tushishi tahlil qilinganda xavfsizlik tasmalarini taqqan yo‘lovchilar jiddiy jarohat olmasligini ko‘rsatdi. Tayanch asosi mustahkam bo‘lmaganda ham xavfsizlik ko‘payadi. Agar yog‘ochdan yasalgan bo‘lsa ustun belgi yassiligiga parallel qilib teshiladi yoki atrofini aylantirib chuqurcha ochiladi. Metall ustunlarda ustunni fundamentdan ajratadigan konstruksiya ishlatiladi. Ustun fundamentga ma’lum darajagacha buralgan bolt bilan qotiriladi

4.50-rasm. Yo‘l belgisini ustunga o‘rnatish

Qatnov qismi ustiga yo‘nalish ko‘rsatgichlarini mahkamlash uchun ishlatiladigan rama konstruksiyalari payvandlab yasaladi. Ustun to‘g‘ri burchakli temir beton, metall quvur yoki shvellerdan yasalishi mumkin. Chetki ustunlarni biriktirib turadigan rigel bitta quvurdan yasaladi yoki ferma ko‘rinishida bo‘ladi. Unga esa ko‘rsatish lavhalari biriktiriladi.


6. Faol belgilar


4-turo‘lchamli faol belgi ruxlangan po‘latdan yasalgan, ichiga boshqarish bloki qo‘yilgan ichi bo‘sh konstruksiya ko‘rinishida bo‘ladi. Belgining oldiga nur qaytaradigan plyonka qoplanadi.
Lavhaning ustiga o‘chib-yonib ishlaydigan 2 projektor o‘rnatiladi. O‘rtasiga svetodiodli burilish ko‘rsatgichi biriktirilgan bo‘ladi.
Ko‘rsatgich bilan projektorlar qarshi fazada yonib-o‘chib ishlaydi.

Texnik xususiyatlari:

Ishlaydigan elektr quvvati, V

12

Yorug‘lik manbaasining quvvati, kDj

2575

Tok turi

Doimiy

Og‘irligi ko‘pi bilan, kg

20

To‘xtovsiz ishlaydigan vaqti, soat

cheklanmagan

Gabarit o‘lchami, mm

1300x1300x75



Ma’lumot o‘zgarib turadigan svetodiodli belgilar
K un vaqti, ob-havo sharoiti va harakat havfsizligi talablariga qarab belgidagi ma’lumotni o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Svetodiodlar ishlatilgani uchun tunda yaxshi ko‘rinadi.
Ma’lumotni o‘zgartirish usullari:
- belgi orqasiga almashtirgich qo‘yiladi;
- boshqarish kabeli bilan kompyuterdan boshqariladi.
- Lavhaning gabarit o‘lchami - 6000x6000 mm gacha.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish