Avtomobil yo‘llarini arxitekturaviy jihozlash reja: Yo‘l belgilari va ko‘rsatgichlariing turlari va vazifalari Belgilarni o‘rnatish va amal qilish zonasi



Download 2,35 Mb.
bet5/7
Sana11.11.2022
Hajmi2,35 Mb.
#864155
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 mavzu

Alyumin profilli yig‘iladigan yo‘l lavhasi. Lavha bir necha qismdan iborat bo‘ladi, asosi original konstruksiyali alyumin profildan yasalgani uchun har qanday o‘lchamdagi tuzilishi alohida lavhani yig‘ish imkonini beradi. Lavha ustunga bosqichma-bosqich mahkamlanadi, shuning uchun oson yig‘iladi. Lavha qismlari po‘lat (ruxlangan) yoki aluminiydan yasaladi.
Ichidan yorishadigan belgilar. Belgi korpusi polimer materialdan yasaladi, nur yaxshiroq tarqalishi uchun ichi oqqa bo‘yaladi, so‘ng yoritish moslamalari biriktiriladi. Organik shishadan yasalgan old panel orqasiga belgi alomati tushiriladi, qolgan sahni GOST 10807 me’yorlariga muvofiq fon ranggi bilan bir xil rangga bo‘yaladi. Korpusning tashqarisi kulrang bo‘lishi kerak.
Chang, nam kirmasligi uchun korpusining ochiq joylari rezina qoplama bilan zich qilib biriktiriladi. Ta’mirlash vaqtida , nur manbaalari almashtirilganda ochish, yig‘ish oson bo‘lishi uchun old paneli ochiladigan qilib yasaladi.

Анкерли бириктиргич

Пластинали бириктиргич

4.49-rasm. Alyumin profilli yo‘l lavhasi


Belgini elektrga ulash uchun korpusi ichida Sv – 2 – 4,0/250 UZ yoki SOv – 2 – 4,0/250 UZ (TOST 17557) turidagi klemma kolodkasi bo‘ladi. Elektr o‘tkazgichlari minimal kesmasi 1 mm2, 660 V va undan ko‘p quvvatga mo‘ljallangan mis simdan yasaladi. Tok o‘tmaydigan qismlarini yerga tutashtirish uchun korpusida kontakt qisgichi bo‘ladi.


Boshqariladigan belgilar. Yo‘l belgilarining ko‘pi haydovchilarga ko‘p vaqt o‘zgarmaydigan yo‘ldagi sharoit yoki harakat tartibini ma’lum qiladi. Agar harakat tartibi ma’lum kun yoki soatlarda o‘zgarsa belgiga buni bildiradigan tegishli lavha ilib qo‘yiladi. Xarakat jadalligi, tarkibi, ob-havo sharoiti birdan o‘zgarganda yo‘l belgisini ham o‘zgartirish kerak bo‘ladi, ya’ni ko‘p vaziyatli belgi ishlatiladi. O‘zgaruvchan ma’lumot berish tizimi, avtomatik yoki yarim avtomatik bo‘lishiga qarab, quyidagicha ishlashi mumkin:
datchik beradigan signal belgi alomatini almashtiradigan mexanizmni ishlatadi;
datchikdan keladigan signal markaziy dispetcherlik pultiga yuboriladi, operator buyruq berib alomatni o‘zgartiradi;
ko‘p vaziyatli belgilar avtomatlashtirilgan yo‘l harakatini boshqarish tizimining elementi hisoblanadi va alomatlar, qabul qilingan boshqarish algoritmiga muvofiq, EHM bilan o‘zgartiriladi.
Boshqariladigan belgilarda ko‘pincha navbati bilan ikkitadan o‘ntagacha alomat ko‘rsatiladi. Alomat ikki xil usul – mexanik va svetotexnik usul bilan o‘zgartiriladi. Birinchi usulda alomat qo‘lda yoki elektrmexanik vositalar bilan o‘zgartiriladi. Ikkinchi usulda esa maxsus yoritish manbaalari, optik vositalar ishlatiladi.
Konstruksiyasi sodda bo‘lgani, ishonchli ishlagani uchun lavha, prizmali va gardishli belgilar ko‘proq ishlatiladi. Uch va to‘rt alomatli oddiy belgilarda tasvirni o‘zgartirishga 3-5 sekund vaqt ketadi. Gardishli belgilarning afzal tomoni – alomatni tez o‘zgartirish mumkin, korpusi yassi bo‘ladi. Aksincha, konstruksiyasining xususiyati boshqacha, korpusi katta bo‘lgani uchun kassetali belgilar kam ishlatiladi. Lenta o‘ralganda alomati o‘zgaradigan belgilarni alomatlari 2-3 bo‘lganda ishlatish to‘g‘ri bo‘ladi. Vaziyatlari ko‘p bo‘lganda tasmaning aylanig vaqti ham alomatning o‘zgarish vaqti ham ko‘payadi. Elektrmotor aylantiradigan har bitta lenta bitta alomatdan iborat bo‘ladigan alohida bitta blokni hosil qiladi.
Chiroqli tablo bir nechta chiroqli blokdan iborat bo‘ladigan hajmli lavha ko‘rinishida bo‘ladi. Har bitta blok belgi tushirilgan va nur manbaasi orqasida joylashgan old paneldan iborat bo‘ladi. Bloklar korpusga joylanadi, to‘g‘ri tushadigan quyosh nurini qaytarmasligi uchun korpusning old tomoni xira oyna bilan berkitiladi. Nurli tablolarning afzal tomoni – kunduzi ham tunda ham yaxshi ko‘rinadi, konstruksiyasi sodda, alomatni o‘zgartirishga kam vaqt ketadi.
Qizish chiroqlaridan tuzilgan matritsali tablo ko‘rinishidagi belgilar oddiy shakllarni, asosan raqam va ko‘rsatgichlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ular asosan tavsiya sifatidagi ma’lumotni ko‘rsatadi. Kuchli yoritish manbaalari kerakligi, harajatlari ko‘pligi uchun nuro‘tkazgichlar, diaproektorlar va golografiya usullari ko‘p vaziyatli belgilarda ishlatilmaydi.
Boshqariladigan belgilar yo‘lda, plastmassa yoki shishadan yasalgan germetik yopiq korpusda qo‘yiladi. Korpus yuzasida isitiladigan himoya oyna qo‘yilgan, alomat ko‘rsatiladigan darcha bo‘ladi. Shisha yuzasida qirov, nam bo‘lmasligi uchun shishani isitish kerak bo‘ladi.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish