Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


II. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha



Download 150 Kb.
bet7/7
Sana27.06.2022
Hajmi150 Kb.
#711467
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PQ-190 04.04.2022

II. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha:
25. Yuz ming aholiga nisbatan yo‘l transport hodisalarining soni.
26. Yuz ming aholiga nisbatan yo‘l transport hodisalari oqibatida vafot etganlar soni.
27. Avariya o‘choqlari soni.
28. Yuz ming aholiga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar soni.
29. Tirband joylar soni.
Izoh: Mazkur indikatorlar bo‘yicha tumanlar (shaharlar)da yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritishning alohida metodologiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2883-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniy-ma’rifiy ishlar markazi, “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, shuningdek, davolash-profilaktika va tibbiyot muassasalari tomonidan ular faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqini berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3127-son qarorida:
a) 2-band “talablariga muvofiq” so‘zlaridan keyin “umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ho‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari uchun” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublikada yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga to‘liq rioya qilgan holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi”;
v) 8-bandning birinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3989-son qarorida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan tizim yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasi quyidagicha yo‘naltiriladi:
30 foiz — yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga, shundan (100 foiz deb hisoblanganda) 50 foizi miqdorida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va avtomatlashtirilgan tizimni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadlarida foydalaniladi;
20 foiz — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
25 foiz — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga;
25 foiz — shartnomada belgilangan investitsiyaviy xarajatlarning hajmi to‘liq qoplanguniga qadar Investor hisobiga.
Belgilansinki, investitsiyaviy xarajatlar to‘liq qoplanganidan so‘ng, mazkur qarorda nazarda tutilgan jarima summasining Investorga tegishli ulushi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”;
b) 4-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Investor bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha, maxsus tovushli ishoralari hamda avtomatlashtirilgan jamoat tartibini nazorat qilish va yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash moslamalari o‘rnatilgan patrul avtomobillarini amaliyotga joriy qilish”;
v) 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan jihozlar, butlovchi buyumlar, dasturiy ta’minot, yordamchi texnika va qurilish materiallari — bojxona bojidan”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son qarorida:
a) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 9-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Akademiya boshlig‘iga:
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish mablag‘lari hisobidan o‘quv jarayoniga shartnoma asosida, birinchi navbatda yetakchi xorijiy ta’lim muassasalaridan yuqori ilmiy-pedagogik mahoratga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni jalb etish va mehnat bozorida amaldagi konyunkturani inobatga olgan holda ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorini belgilash;
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim muassasalarining o‘qituvchi, haydovchi-yo‘riqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan Akademiyaning moddiy-texnika va o‘quv bazasini rivojlantirish, shuningdek, shartnoma asosida o‘quv jarayoniga pedagog kadrlar va mutaxassislarni jalb etish”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 62-son qaroriga 1-ilovada:
a) 91-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:












91.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasidan tashqari

10

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qora�tirishga) ruxsatnoma berish va o‘zgartirish bo‘yicha yig‘imlar

40










”;

b) quyidagi mazmundagi 92-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:












92.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasi
(davlat ijrochilari tomonidan ijro ishi bo‘yicha undirilganlar mablag‘lar bundan mustasno)

5

Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3989-son qarori bilan joriy etilgan loyiha bo‘yicha)

25

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va o‘zgartirish bo‘yicha yig‘imlar

20

Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi

100

Avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha auksiondan olib, auksionga qo‘yilgan boshlang‘ich narxi bo‘yicha umumiy tartibda realizatsiya qilishdan olingan tushumlar

50










”;

v) 241-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:












241.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi

“Xavfsiz shahar” kompleksi orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi, aloqa kanallarini tashkillashtirish va ijarasi bo‘yicha xarajatlarni qoplash, boshqa tizimlar bilan integratsiyalash va rivojlantirish, Markaz faoliyatini, mehnatga haq to‘lash fondini moliyalashtirish hamda uning xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish, shuningdek moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash uchun maqsadli yo‘naltirilgan holda (Vazirlar Mahkamasining “2020-2021-yillarda Toshkent viloyati va Toshkent shahrida infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 17-martdagi qarorida ko‘rsatilgan jarima summasidan ajratmalar bundan mustasno)

10










”.

6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 683-son qaroriga 2-ilova 181-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Realizatsiyadan kelib tushgan mablag‘larning 50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 50 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.”
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 547-son qarori 2-bandining “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va o‘zgartirish uchun tushadigan mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:
40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
40 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;
20 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ruxsatnomalar blanklarini va tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnomaning mavjudligini tasdiqlovchi maxsus emblema (gologramma)larni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga, DYHXX moddiy-texnika bazasini va avtomobil parkini rivojlantirishga, raqamli texnologiyalarni joriy etishga, shuningdek, xodimlarini rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 747-son qarorida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi “a2” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“a2) jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha huquqbuzarlardan undirilgan jarimalar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”;
b) ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Rag‘batlantirish huquqbuzardan jarima undirilgandan so‘ng fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga, yuridik shaxsning esa bank hisob raqamiga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan avtomatik tarzda pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi”.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish