Ko‘prik qismlari. Ko‘priklar oraliq qurilma va tayanchlardan tashkil topgan. Oraliq qurilmada ko‘priklarni quyidagi asosiy qismlarga ajratiladi: yurish qismi, ko‘tarish qismi, aloqa tizimi va tayanch qismidan iborat.
Oraliq qurilma yurish qismining osti (boshlanishida va bu tushunchaning kengroq ma’nosi) tarnsport vositalari va yo‘lovchi o‘tganda ko‘prikka tushadigan yuklarni o‘ziga qabul qilib ularning ko‘prikning ko‘tarib turuvchi qismiga uzatadi. Yurish qismi ko‘tarib turuvchi elementlar va ko‘prikning ustki elementlardan iborat. (1.6 rasm). Yurish qismining ko‘tarib turuvchi elementlari avtomobil va piyodalar o‘tishidan hosil bo‘lgan yuklarni oraliq qurilmaning asosiy yuk ko‘taruvchi qismiga uzatadi. Yurish qismining ko‘tarib turuvchi elementlari uch turga bo‘linadi:
to‘sinlar panjarasi- bo‘ylama va ko‘ndalang to‘sinlar jamlamasi;
yupqa yoki qovurg‘ali temirbeton yoki yog‘och taxtali tosh taxta;
ortotrop metall tosh taxta- bo‘ylama va ko‘ndalang qovurg‘ali metall qismlarni yupqa metall bilan payvandlab birlashtirilgan konstruksiya.
rasm. Ko‘prikli o‘tishning fasadi (a) va rejasi (б):
1-ko‘prikka ulanish ko‘tarmasi; 2-oqimga yo‘naltiruvchi to‘g‘on; 3-ko‘prik; 4-suvli maydon chegarasi; 5-Qirg‘oqni mustahkamlovchi inshootlar; 6- ko‘tarma g‘ov(travers)
rasm. Ko‘prik ko‘tarmasi qismlari:
I-piyodalar yo‘lagi; II-xavfsizlik tasmasi; III-yurish qismi; IV-yurish yo‘lkasi; 1-chetgi to‘sqich; 2- piyodalar yo‘lagi qoplamasi; 3- to‘siq; 4- yoritish chiroqlari; 5- suv chiqaruvchi moslama; 6- yurish qismi qoplamasi; 7- yurish qismining ko‘taruvchi elementlari; 8- oraliq qurilmaning ko‘taruvchi elementlari.
Ko‘prik ko‘tarmasi - transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatiga yaxshi sharoitni ta’minlash, shuningdek, ko‘prik qoplamasidan va unga yondosh tutashmadagi suvlarni chetlatish uchun ko‘zda tutilgan barcha elementlar to‘plami.(1.6.rasm) U yurish tasmasi, yo‘lak, g‘ovli qurilmalar, suvni ketkazish, isitish va yoritish qurilmalarini, deformatsiya choklari va ko‘prikning unga yondosh tutashmalarini o‘z ichiga oladi.
Oraliq qurilmaning qatnov qismi tushunchasi hozirgi vaqtda boshqacharoq ataladi, qisqacha aytganda, ko‘prik ko‘tarmasidagi transport vositalari harakatlanadigan tasma.
Bu tasmaning kengligi ko‘prik uchun mo‘ljallangan harakat tasmalarining yig‘indisiga teng. Bu qismga muhofaza tasmalari (xavfsizlik tasmasi) yondashadi. Muhofaza tasmasi (xavfsizlik tasmasi) - qatnov qism qirg‘og‘i va qatnov qism tomoniga qaragan g‘ov qirrasi orasida joylashgan, ko‘prikdagi yurish tasmasining bir qismi tezlikni kamaytirmasdan harakatlanishni (baland g‘ovning haydovchiga ruhiy ta’siridan), shuningdek, harakat uchun xavfli vaziyat yuzaga kelganda unga avtomobillarning tushiib o‘tishini ta’minlash uchun ko‘zda tutilgan.
Oraliq qurilmaning ko‘tarish qismi oraliq qurilmaning o‘zagidan va transport vositalaridan tushadigan vaqtinchalik yuklarni o‘ziga qabul qilib, ularni tayanchlarga uzatadi. Oddiy kichik oraliqli to’sinli ko‘priklarda ko‘tarish qismi metall va yog‘och sarrovlardan va temirbeton tosh taxta va to‘sinlardan tashkil topgan bo‘ladi, katta va o‘rta oraliqlarda ko‘tarish qismlari kuchliroq to‘sin, fermalar, romlar va ravoqlar qo‘llaniladi. Oraliq qurilmani ko‘tarib turuvchi qismlarini (to‘sinlar, fermalar, ravoqlar) fazoda birbutun tik va tekkis yo‘nalishdagi yuklarni qabul qilishi uchun bir-biri bilan bog‘lanadi. Butun tizimdagi bog‘lanish tekislikdagi ( tepa va pastdan) va tik ( tayanch va oraliq) bog‘lanishlarni qamrab oladi. Bu bog‘lanishlarni yog‘och va metall ko‘priklarda ko‘rib chiqamiz.
Tayanch qismi oraliq qurilmaning maxsus elementi bo’lib, ularning yordamida ko‘tarish konstruksiyalarini aniq qo’yilgan joydagi tayanch ta’sirini tayanchga uzatiladi, bu oraliq qurilma qismlarini bir tekisda ishlashini ta’minlaydi.
Ma’qul konstruksiya yaratishning eng afzal metodi bu-konstruksiya qismlarini bajaradigan har xil vazifalarini birlashtirish, zamonaviy ko‘priklarning oraliq qurilma konstruksiyalarini yaratishda bu usul keng qo‘llanilmoqda. Tosh taxta (yoki yurish qismining ko‘ndalang to‘sini) vaqtinchalik yuklarni o‘z joyiga ta’sir qilishiga ishlaydi va oraliq qurilmani mahalliy yuklarni qabul qilishida birgalikdagi vazifasini bajaradi. Bundan tashqari bu qismlar oraliq qurilma tarkibida bo‘ylama va ko‘ndalang bog‘lash vazifalarini ham bajaradi.
Ko‘prik tayanchlari-oraliq qurilmadagi yuklarni qabul qilib ularni zaminga, poydevorlarga va suvga (suvda qalqib turuvchi tayanchlarda) uzatadi. Tayanchlar ikki xil: oraliq va chekka (qirg‘oq) tayanchlarga bo‘linadi. Oraliq tayanchlar oraliq qurilma og‘irligi va vaqtinchalik yuklarni, kema qatnovida yuzaga keladigan to‘lqin ta’sirini, muzlar va shamolning ta’sirini, o‘ziga qabul qiladi. Chekka (qirg‘oq) tayanchlari, ko‘prik tirgagi, undan tashqari, tirgak devor kabi vazifani bajarib, ko‘prikka bardosh yo‘lidan keladigan bosimni qabul qiladi. Ko‘prik konstruksiyasini tuzish uning kengligiga, chuqurligiga, suvning tezligiga daryo va qayir tuprog‘ining turiga, muz ko‘chkilarining shartiga, daryoning kema o‘tkazish talablariga bog‘liq bo‘ladi. Bunda quyidagi daryoning hisobiy suv sathilari muhim ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |