Ko‘prik bu-avtomobil yo‘lining suvli to‘siq ustidan o‘tuvchi muhandislik inshooti. Yo‘l o‘tkazgich-yo‘llarni har xil sathlarda kesishuviga quriladigan ko‘prikli inshoot. Viaduk - o‘tish sathi to‘siq tubidan baland joylashadigan chuqur jar, dara, quruq soy, jarlik ustidan o‘tadigan ko‘prik inshooti. Viadukning tasnifli tomoni tayanchlarning balandligida (10-100m). Akveduk-(nov) - suv o‘tkazgich (kanal yoki quvur o‘tkazgich)ning bir qismi hisoblanadigan daryo, quruq transport yo‘li va boshqalar ustidan o‘tadigan ko‘prik inshooti. Estakada- ko‘tarma o‘rnida, shuningdek, estakada osti bo‘shlig‘ida turli maqsadlar uchun foydalanish zaruriyati bo‘lganda quriladigan, ko‘p oraliqli ko‘prik inshooti yoki uning bir bo‘lagi.
Shuningdek, estakadalarni yo‘lning ko‘tarmasi o‘rnida, daryo vodiylariga, botqoqliklarga, ko‘priklarni va yo‘l o‘tkazgichlarni ulanish joylariga quriladi. Shaharlarda avtomagistral yo‘llarni shahar qurilishlari ustidan olib o‘tish, sohillarni kengaytirish va shahar sharoitlarida daryo qirg‘oqlarida harakatni tashkil etish uchun ham quriladi.
Tonnel- avtomobil yo‘lini tog‘ ichidan, (1.3.rasm) katta daryolar, ko‘llar tagidan, dengiz ko‘rfazlari, bo‘g‘ozlar tagidan o‘tkazadigan sun’iy inshoot. Shaharlarda piyodalar va avtomobil yo‘lini shahar qurilishi, ko‘chalari va avtomagistrallarni tagidan o‘tkazish uchun quriladi.
Tog‘li yo‘llarda viaduk va tonnellardan tashqari galereya (1.4.а.rasm), balkon (1.4.б.rasm) va himoya devorlari (1.4,в.rasm) qo’llaniladi.
Ayvon yo‘l(galereya) - tosh, qor, tog‘ jinslari bosib qolishidan transport yo‘lini himoyalovchi, tom, tirkaladigan ustun yoki devor ko‘rinishida bajariladigan tog‘ yo‘lidagi muhandislik inshooti.
Balkon - bir tomonidan tog‘ yonbag‘riga tutashuvchi va yo‘lning zaruriy kengligini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi tog‘ yo‘lidagi ko‘prik inshooti kamaytirish, kerakli kenglikni ta’minlash uchun quriladi.
rasm. Tog‘ ichidan o‘tgan tonnel:
1-tog‘ uymasi; 2-tonnel
rasm. Tog‘ yo‘lidagi inshootlar:
а-ayvon yo‘l; б-balkon; в-himoya devori
Himoya devorlari- tog‘ jinslarini buzilmasligi va yo‘lga tushmasligi uchun xizmat qiladi. Shu jumladan tog‘ devorlari yo‘l qatlamining barqarorligini ta’minlashi uchun quriladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan sun’iy inshootlar qimmatbaho va harakat xavfsizligi uchun ma’sul yo‘l elementlari hisoblanadi. Sun’iy inshootlar tog‘li hududlarda va daryo bilan kesishgan joylarda yo‘l tannarxining 30%ni tekisliklarda 10%ni tashkil etadi.
Ko‘prik va quvurlar, ko‘prikli o‘tish qismlari
Ko‘prikli o‘tish joyi (1.5.rasm)-bu murakkab muhandislik inshootlari bo‘lib, u avtomobil yo‘llarini suvli to‘siqlariga quriladi. Uning tarkibiga ko‘prik ko‘tarmasi, suvni izga soluvchi inshootlar, qirg‘oqni mustahkamlovchi inshootlar va muz kesuvchi moslamalar kiradi. Ko‘prik o‘zining konstruksiyalari bilan
oqimni va daryoning bir chekka qismini yopadi. (1.5,a.rasm) Ko‘prikka bardosh yo‘li ko‘prikni yo‘l bilan birlashtiradi. Ko‘prikka bardosh yo‘li uchun yo‘l ko‘tarmasi yoki estakadalar quriladi. Suvni izga soluvchi inshootlarga oqimga yo‘naltiruvchi to‘g‘onlar va ko‘tarma g‘ov(travers), daryo qirg‘oqlarini suv yuvib ketishidan himoya qiladigan qirg‘oqni mustahkamlovchi moslamalar kiradi. Oqimga yo‘naltiruvchi to‘g‘onlar chekka tayanchlarga rejada ko‘ndalang qirqimi trapetsiya shaklida ko‘tarma bo‘lib, daryo oqimining yuqori qismini bir maromda ko‘prikning suv o‘tkazish qismiga suvni yo‘naltirishga xizmat qiladi. (1.5,б.rasm). Ko‘prikli o‘tishning yuqori tomoniga ba’zi bir hollarda qisqa ko‘rinishdagi to‘g‘onlarga o‘xshagan ko‘tarma g‘ov(travers)lar qo‘llaniladi, ular daryo oqimiga perpendikulyar yoki qirg‘oqqa burchak ostida ko‘prikka ulangan ko‘tarmalar yoniga quriladi. Traverslar qayirdagi suvlarning bo‘ylama oqimining tezligini pasaytiradi ko‘tarmani faol himoya qiladi va suvni ko‘prik tomonga yo‘naltiradi.
Muz kesar-o‘rta tayanchlar uchun xavfli bo‘lgan muz oqimlaridan himoya qilish uchun tayanchning oqim tomoniga o‘rnatiladi. Muz kesar harakatlanayotgan muzlarni sindirish yo‘li bilan tayanchlarni himoyalashga mo‘ljallangan, qoziq oyoqlardan iborat tayanch oldidagi mustaqil tuzilma. Haybat tayanchli ko‘prikni (toshli, betonli, temirbetonli) tayanchining o‘zidan yuqori qismining o‘tkirlashgan qiya qirrasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |