Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

 Transmission moylar
5. 2. 1.
 Transmission moylar va ularning xaususiyatlari
Avtomobil agregatlaridagi tishli uzatmalarni (uzatmalar 
qutisi, bosh uzatma, tarqatish qutisi, differensiallar, rul 
boshqarmasidagi silindrik, konussimon, chervyakli, gipoidli 
va boshqa uzatmalarni) moylash uchun ishlatiladigan moylar 
transmission moylar
deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – 
tishli g‘ildiraklar ish sirtlarining yeyilishini va transmissiya 
agregatlarida ishqalanishga bo‘ladigan isroflarni kamaytirishdir. 
Bundan tashqari, bu moylar ishqalanib ishlaydigan detallardan 
chiqadigan issiqlikni olib ketishi, korroziyadan saqlashi, 
avtomobillardan foydalanish jarayonida esa ularning uzoq 
muddat ishga yaroqliligini saqlashi lozim. Shuningdek
transmission moylar zarbiy yuklanishlar ta’sirini, tishli 
g‘ildiraklardan chiqadigan shovqinni va ularning titrashini 
pasaytirishi, salniklar turli birikmalardagi tirqishlarni zichlashi 
lozim. Transmission moylar, asosan, neftni qayta ishlashda hosil 
bo‘ladigan qoldiq mahsulotlar (gudronlar va chala gudronlar)
dan olinadi. Transmission moylarning zichligi 900–935 g/sm
3
bo‘lgan juda qovushoq qora rangli suyuqlikdir.
Transmission moylarning ish sharoiti motor moylarining 
ish sharoitidan keskin farq qiladi. Transmissiyalarning tishli 
uzatmalari katta solishtirma yuklanishlar ta’sirida ishlaydi. 
Chervyakli va konussimon uzatmalarda tishli g‘ildiraklarning 
ish sirtlariga tusha digan yuklanishlar 1500–2000 MPa, gipoidli 
uzatmalarda esa hatto 3000–4000 MPa gacha yetadi. Bunday 
katta yuklanishlar ta’sirida transmissiya agregatlari harorati 
125–140°C ga yetadi. Tishli uzatmalar bir-biriga tegadigan 
joylarda esa qisqa vaqtli mahalliy qizish natijasida bu harorat 
250°C va bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Haroratning 
o‘zgarishiga sirtlarning sirpanish tezligi sezilarli darajada ta’sir 
etadi. Sirpanish tezligi silindrik va konussimon uzat malar 
uchun 1,5–3 m/s; gipoidli uzatmalar uchun esa 15 m/ s va 
undan yuqori bo‘ladi.
Transmission moylarga quyidagi ekspluatatsion talablar 
qo‘yi ladi:
– yeyilishga va tirnalishga qarshi xossalari yuqori bo‘lishi 
(moylash xususiyati yuqori bo‘lib, tishli ilashmalarda 
mustahkam parda hosil qilishi);
– qovushoqlik-harorat xossalari va qotish harorati yetarli 
darajada bo‘lishi (manfiy haroratlarda agregatlarning ish 
rejimiga tez o‘tishini va ishqalanuvchi juftlarning ishonchli 
moylanishini ta’minlashi;
– harorat ta’sirida va vaqt o‘tishi bilan xossalarini kam 
o‘zgar tirishi;
– tarkibidagi abraziv mexanik aralashmalar va suv, 
shuningdek, korroziyalovchi aktiv birikmalar bo‘lmasligi 
(detallarning mexanik va kimyoviy yeyilishini kamaytirishi);
– rezina zichlamalarni yemirmasligi va ko‘pirishga turg‘un 
bo‘lishi.
17479. 2–85- sonli Davlat standartiga binoan, transmission 
moylar qovushoqligi va ekspluatatsion xususiyatlari bo‘yicha 
sinf va guruhlarga ajratiladi.
Transmission moylar to‘rtta qovushoqlik sinfiga bo‘linadi:
9- qovushoqlik sinfi uchun 100°C dagi kinematik 
qovushoqligi 70–10,9 mm
2
/s; 12- qovushoqlik sinfi uchun 
11,0–13,9 mm
2
/s; 18- qovushoqlik sinfi uchun 14,0–24,9 
mm
2
/s; 31- qovushoqlik sinfi uchun 25,0–41,0 mm
2
/s.
SAE bo‘yicha transmission moylarning quyidagi qovushoqlik 
klasslari mavjud: 75W, 80W, 85W – qishki, 90 va 140 – yozgi, 
80W–90, 85W–95 va 85W–140 – barcha mavsumlar uchun. 
17479.2–85- sonli Davlat standartiga binoan ishlab 
chiqarilgan transmission moylarning SAE va API bo‘yicha 
klass va guruhlarga muvofiqligi 5.9- jadvalda keltirilgan. 


162
163
5.9-jadval

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish