Benzin tarkibidagi mexanik aralashmalarning
ÇÈË–130 avtomobili dvigatelining silindri gilzasining yeyilish
darajasiga bog‘liqligi (7 ming km masofani bosib o‘tganidan so‘ng):
1
– mexanik aralashmalar yo‘q;
2
– mexanik aralashmalar miqdori
40 g/t bo‘lgan;
3 –
o‘rtacha ekspluatatsion yeyilish.
Yonilg‘ilar ishlab chiqarilgan paytda yuqoridagi kamchi-
liklardan xoli bo‘ladi. Lekin, yuqorida aytib o‘tilganidek,
yonilg‘ini tashish, saqlash va tarqatish jarayonlarida yonilg‘iga
turli mexanik aralashmalar va suv tushishi mumkin. Shu bois
bunday holatlar ning oldini olish ushun yonilg‘ini avtomobillarga
quyishdan oldin uni tindirish va yonilg‘i baklariga quyishda
filtrlash lozim.
2. 11.
Benzinlarning turlari va markalari
Respublikamizda benzinli dvigatellar o‘rnatilgan avtomo-
billar uchun davlat standartlariga asosan AÈ–80, AÈ–
91, A–92, AÈ–93 va AÈ–95 markali benzinlar ishlab
chiqarilmoqda. Benzin markasidagi A harfi benzin avtomobil
benzini ekanligini, È harfi – oktan soni tadqiqot usuli bilan
aniqlanganligini, raqamlar – minimal oktan sonini bildiradi.
Agar benzinning shartli ifodasida È harfi bo‘lmasa, bunday
benzinning oktan soni motor usuli bilan aniqlangan bo‘ladi.
Dvigatellarni qishda yurgazib yuborishni ta’minlash va
yozda bug‘ tiqinlari hosil bo‘lmasligi uchun AÈ–95 benzinidan
tashqari barcha boshqa markadagi benzinlarning ikki: yozgi va
qishki turlari ishlab chiqariladi. Avtomobillardan foydalanish
davrida qishki benzindan yozgi benzinga yoki yozgisidan
qishgisiga bir oy ichida o‘tiladi (aprel, oktabr).
Yozgi benzinlar shimoliy va shimoli-sharqiy hududlardan
tashqari hamma hududlarda 1-apreldan 1-oktabrgacha, janubiy
hududlarda butun yil davomida ishlatiladi; qishki benzinlar esa
shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarda butun yil davomida,
boshqa hududlarda esa 1-oktabrdan 1-aprelgacha ishlatiladi.
AÈ–80 benzini ko‘pgina zamonaviy avtomobillar va siqilish
darajasi 6,5–7,0 bo‘lgan dvigatelli avtobuslar (ÃÀÇ–53A,
ÇÈË–130, ÇÈË–131, ÇÈË–133Ã1, ÇÈË-MMÇ–554M,
ÇÈË-MMÇ–555, «Óðàë»–377, ËÀÇ–695Í, ËÀÇ–699Ð)da,
shuningdeká dvigateli ning siqish darajasi 6,7 dan 8,0 gacha
bo‘lgan ayrim yengil avtomobillar (ÃÀÇ–24–01 «Âîëãà»,
ÓÀÇ–469)da ishlatiladi.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar
uchun benzin tanlashda quyidagi tavsiyalarga rioya etish lozim.
«Damas» avtomobili uchun oktan soni 76 va undan yuqori
bo‘lgan benzindan foydalanish tavsiya etiladi. Tarkibida
metanol bo‘lgan yonilg‘idan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Bunday yonilg‘idan foydalanish avtomobilning ta’minlash
tizimiga zarar yetkazadi.
«Nexia» avtomobili uchun oktan soni 80 va undan yuqori
bo‘lgan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya etiladi.
Oktan soni past bo‘lgan benzindan foydalanish avtomobilning
tortish xususiyatla riga yonilg‘i tejamkorligiga salbiy ta’sir etadi.
Tarkibida metanol bo‘lgan yonilg‘idan foydalanish taqiqlanadi.
Bunday yonilg‘idan foydalanish avtomobilning ekspluatatsion
xususiyatlari yomonlashuviga va yonilg‘i bilan ta’minlash tizimi
detallarining ishdan chiqishiga olib keladi.
«Matiz» avtomobili uchun etillanmagan benzindan foyda-
lanish tavsiya etiladi. Etillangan benzindan foydalanish ish-
62
63
latilgan gazlarni chiqarib yuborish tizimiga shikast yetkazadi.
Tarkibida metanol bo‘lgan yonilg‘idan foydalanish taqiqlanadi.
Bunday yonilg‘idan foydalanish avtomobilning ekspluatatsion
xususiyatlari yomonlashuviga va yonilg‘i bilan ta’minlash tizimi
detallarining ishdan chiqishiga olib keladi.
«Spark» avtomobili uchun oktan soni 91 va undan yuqori
bo‘lgan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya etiladi. Ok-
tan soni 91 dan past bo‘lgan benzindan foydalanish dvigatelning
quvvati va burovchi momentining pasayishiga hamda yonilg‘i
sarfining biroz ortishiga olib keladi. Etanolning hajmiy ulushi
10 foizgacha bo‘lgan standart yonilg‘ilardan foydalanishga
ruxsat etiladi.
«Lacetti» avtomobili uchun oktan soni 91 va undan yuqori
bo‘l gan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya etiladi.
Oktan soni 91 dan past bo‘lgan benzindan foydalanish avtomobil
dvigateli ning ishdan chiqishiga olib keladi. Etillangan benzindan
foydalanish esa ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborish tizimiga
shikast yetkazadi. Tarkibida metanol bo‘lgan yonilg‘idan
foydalanish taqiqlanadi. Bunday yonilg‘idan foydalanish
avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari yomonlashuviga va
yonilg‘i bilan ta’minlash tizimi tarkibiy qismlarining ishdan
chiqishiga olib keladi.
«Captiva» avtomobili uchun oktan soni 91 va undan yu qori
bo‘lgan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya eti ladi. Oktan
soni 91 dan past bo‘lgan benzindan foydalanish de tonatsiyaga
olib keladi. Tarkibida 10 foizdan ortiq etanol yo ki tarkibida 15
foizdan ortiq MTBE (efir) bo‘lgan benzindan foy dalanish tavsiya
etilmaydi. Tarkibida metanol bo‘lgan yo nilg‘idan foydalanish
taqiqlanadi. Bunday yonilg‘idan foy dalanish yonilg‘i ta’minoti
tizimidagi metall detallarning kor roziyalanishiga va plastmassa
hamda rezina detallarning shi kastlanishiga olib kelishi mumkin.
Tarkibiga margan me tilsiklopentadieniltrikorbonali (MMT)
prisadkasi qo‘shilgan ben zindan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Bunday benzindan foy dalanilishi yondirish svechalarining ish
muddati qisqarishiga va ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasi
ortib ketishiga olib kelishi mumkin.
«Malibu» avtomobili uchun oktan soni 91 va undan yuqori
bo‘l gan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya etiladi.
Oktan soni 91 dan past bo‘lgan benzindan foydalanish
detonatsiyaga olib kela di. Benzin tarkibiga avtomobilning
yonilg‘i bilan ta’minlash tizi mining ifloslanishidan himoyalovchi
maxsus yuvuvchi prisadkalar qo‘shilishi lozim. Tarkibida
metanol bo‘lgan yonilg‘idan foydala nish taqiqlanadi. Bunday
yonilg‘idan foydalanish yonilg‘i ta’minoti tizimidagi metall
detallarning korroziyalanishiga va plastmassa hamda rezina
detallarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Tarkibiga
margan metilsiklopentadieniltrikorbonali prisadkasi qo‘shilgan
benzindan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday benzindan
foydalanish yondirish svechalarining ish muddati qisqa rishiga
va ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasi ortib ketishiga olib
kelishi mumkin. Avtomobilda oktan soni 95 bo‘lgan benzindan
foydalanilganida yuqori iqtisoiy samaradorlikka erishiladi.
«Cobalt» avtomobili uchun oktan soni 91 va undan yuqori
bo‘lgan etillanmagan benzindan foydalanish tavsiya etiladi.
Oktan soni 91 dan past bo‘lgan benzindan foydalanish
dvigatelning quvvati va burovchi momentining pasayishiga
hamda yonilg‘i sarfi ning ortib ketishiga olib keladi. Avtomobil
uzoq vaqt (ikki hafta va undan ortiq) turib qolganida yoki
faqat qisqa masofalarga qatnov amalga oshirilganida avtomobil
yonilg‘i bakiga har 4 marta to‘liq yonilg‘i quyilganida yoki 200
litr yonilg‘iga bir shisha ACDelco Flexpower markali prisadka
qo‘shish tavsiya etiladi. Etanolning hajmiy ulushi 10 foizgacha
bo‘lgan standart yonilg‘ilardan foyda lanishga ruxsat etiladi.
AÈ–93 benzini siqish darajasi 8,0 dan ortiq bo‘lgan yengil
av to mobillar («Ìîñêâè÷»–412ÈÅ, «Ìîñêâè÷»–2140, ÃÀÇ–
3102 «Âîëãà», «ÂÀÇ» (barcha modellari), shuningdek, yuk
avtomobil lari («Óðàë»–375ÄÌ va ÈÆ–2715) uchun mo‘l-
jallangan.
AÈ–95 benzini dvigatelining siqish darajasi 8,5–9,5 bo‘lgan
katta va juda yuqori klassli yengil avtomobillarda ishlatiladi.
Avtomobil benzinlarining asosiy ko‘rsatkichlari va ularni
ishlatilishi 2. 2- jadvalda keltirilgan.
64
65
Do'stlaringiz bilan baham: |