14
15
kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar,
vodorod
sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va
boshqalar mavjud. Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab
kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6–1,8%) va
ko‘p oltingugurtli (1,8% dan ortiq) sinflarga bo‘linadi.
Ba’zi olimlar neftni tabiatdagi kimyoviy o‘zgarishlar natijasida
hosil bo‘lgai deb hisoblaganlar. Bu haqda ikki qarama-qarshi
fikr – anorganik va organik gipotezalar mavjud. Anorganik
gipoteza asoschisi fransuz kimyogari M.Bertlo (1866- y.): «Neft
yer qa’rida karbonat kislotaning ishqoriy metallarga ta’siri
natijasida hosil bo‘lgan», – degan bo‘lsa, D.I. Mendeleyev
(1877-y.): «Neft yer qa’riga sinish zonalari orqali tushgan
suvning uglerodli metal (karbid)larga ta’siri natijasida hosil
bo‘lgan», – deya shunga o‘xshash, fikrni bildirgan.
XX asr boshlarida esa neft hosil bo‘lishining organik
gipotezasi rivojlantirildi va cho‘kindi jinslardagi sapropel
(organik balchiq) bilan neft uzviy aloqada deb topildi. Bu
gipotezaga ko‘ra, neft ko‘l va dengiz ostida cho‘kindi jinslar
bilan birga cho‘kadigan har xil yirik hayvonlar (qadimiy
ixtiozavrlar, kitlar va kashalotlar)dan
tortib planktonlargacha
bo‘lgan jonivorlar va o‘simlik qoldiqlaridan hosil bo‘lgan.
Dengiz va ko‘l tubida yig‘ilgan organik moddaning bir qismi
dengiz jonivorlariga oziq bo‘lsa, bir qismi suvda erigan kislorod
bilan oksidlanib yo‘qolgan va organik moddaning juda oz
(2–3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga
qoramtir tus bergan. Loyqa ichida organik modda kislorodsiz
muhitda anaerob bakteriyalar ta’sirida o‘zgargan. Cho‘kindi
jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha mln yillar davomida
o‘zgarib neft hosil bo‘lishi laboratoriya sinovlarida amaliy
jihatdan o‘rganilgan. Bunda Yer po‘stining 1200–1500 m
chuqurligidagi organik moddalarning murakkab molekulalari
parchalanib, gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib
chiqishi mumkin. Undan ham chuqurroq (3000–4000 m)da
jarayon yanada tezlashib, neft hosil bo‘lishining bosh fazasini
vujudga keltirgan va uglevodorodlar maksimal miqdorda ajralib
chiqqan.
Neft juda qadimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharqda
joylashgan qadimiy davlatlarda aholi neft va bitumdan
foydalanganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan,
tarixiy manbalarda Suriya va Iroqdan oqib o‘tadigan Furot
daryosining sohillarida milloddan 4–6 ming yil avval, ikki
daryo oralig‘iga joylashgan Shumer davlati (hozirgi Iroq)
da, Bobilda, Qadimiy Misrda yunon va rimliklar idishlar
yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yo‘l
qurilishlarida
neft ishlatganliklari qayd etilgan. Neft kuygan joyni, shish,
revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Qadimiy
Sharqda neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar.
Shuningdek, milloddan avvalgi 331-yilda neftdan Genuya
(Italiya) ko‘chalarini yoritishda foydalanganliklari ma’lum.
Neft chiqarish qadim zamonlardan ma’lum. Milloddan
avval Kissiyada neft quduqlardan chiqarilgan. Midiya, Bobil
va Suriyada neft ochiq suv havzalari yuzidan yig‘ib olingan.
O‘sha davrda yerni burg‘ilamasdan yer yoki suv yuzasidagi,
quduqlardagi tayyor neftni yig‘ib olganlar. XX asrda Italiyada
neftli qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib neft olingan.
1868- yilda Qo‘qon xonligida ko‘ldan ariqlarda oqib chiqadigan
suv yuzasidan neft yig‘ib olingan; buning uchun ariqlarga
ostidan suv o‘tadigan, yuzasida esa neft yig‘iladigan to‘siq
qilingan. XVII asrda Bokuda quduqlardan neft chiqarilgan.
Bunday quduqlarning chuqurligi 27 m gacha bo‘lib, devorlari
toshlar yoki yog‘ochlar bilan mustahkamlangan.
O‘zbekistonda neft chiqarish 1876-yildan boshlangan. Far-
g‘onaning Qamishboshi qishlog‘ida tadbirkor D.P. Petrov
tomonidan XIX asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha
burg‘ilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg)
gacha neft chiqarilgan.
XIX asrning 60- yillaridan neft burg‘i quduqlari orqali
chiqarila boshlandi. 1865-yilda AQShda birinchi marta neft
mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan.
Bu usul
1874–1895-yillarda Gru ziya, Boku va Grozniydagi konlarda
ham joriy etilgan. Neftni burg‘i quduqlari orqali chiqarish usuli,
asosan, XX asrning 30- yillariga kelib ancha takomillashdi.
16
17
1941-45-yillarda yangi neft konlari (Farg‘ona vodiysida
Jannubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi va tez
fursatda ishga tushirildi. Oltiariq zavodi kengaytirildi. O‘sha
davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham
vujudga keldi. 1941 yilda 196 ming tonna, 1945 yilda 478
ming tonna neft qazib olindi. 1959 yilda Farg‘ona vodiysi va
Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining o‘zidan 1460 ming
tonnadan ziyod neft olindi.
1985-yilda Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi tarkibli,
neft-gaz kondensatli Ko‘kdumaloq koni ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng
neft sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi.
1992 yil 23 dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bog‘liq
barcha korxona, tashkilot, muassasalar
yagona boshqaruvga
birlashtirilib, “O‘zbekneftgaz” milliy korporasiyasi tashkil
etildi. 1993-y. Farg‘ona botig‘ining o‘ta chuqur qatlamlaridan
(Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqdi (qidiruv-burg‘ilash
ishlari davom etmoqda). Respublika neft sanoati xalq xo‘jali-
gining neftga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish imkoniyatlariga
ega. 1995-yilda O‘zbekistonda 7 mln. tonnaga yaqin neft va
kondensat qazib olindi. 1991-2003-yillarda O‘zbekistonda neft
va gaz kondensatai olish 2,8 marta oshdi (1990-yilda 2,81 mln
tonna; 1997-yilda 7,9 mln tonna) va 1995-yilda neft importini
tugatib, respublikaning neft mustaqilligini ta’minlashga imkon
yaratdi. O‘zbekiston hududida sanoat ahamiyatiga ega 86 ta
neft koni ochilgan bo‘lib, ulardan 36 tasi neft, 24 tasi neft-
gaz va gaz-neft, 26 tasi neft-gaz kondensat konlari toifasiga
kiradi. Mamlakatda neft va gaz Farg‘ona, Surxondaryo,
Hisor, Buxoro-Xiva va Orol-Ustyurt regionlarida to-pilgan.
Farg‘ona vodiysida Jannubiy Olamushuk, Bo‘ston, Andijon,
Shahrixon-Xonobod, Polvontosh va boshqa yirik neft va gaz
konlari ochilgan. Neftli qatlamlar, asosan,
paleogen dengiz
ohaktoshlari qatlamlari orasida uchraydi. Neft qazib olish va
konlarni izlab-tekshirish bo‘yicha O‘zbekiston – Malayziya
qo‘shma korxonasi (O‘z-Maloyl) (1994-yil) tashkil etildi.
O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft
mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi.
Keyingi yillarda respublikamizda 2,2 mln tonnadan ortiq
neft va 2 mln tonnadan ortiq gaz kondensati qazib olinmoqda.
Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq (1906-yil),
Farg‘ona (1958-yil) va Buxoro (1997-yil) neftni qayta ishlash
zavodlari qurildi. Markaziy Osiyoda birinchi qurilgan Oltiariq
zavodi (hozirgi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi filiali)
da kerosin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan gaz (propan-butan),
difenil smolasi va butan-butilen frakiiyasi ishlab chiqariladi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida neft birlamchi qayta
ishlanadi va katalitik o‘zgartiriladi, surkov moylari selektiv
va gidravlik tozalanadi, qoramoy, parafin va boshqalar ishlab
chiqariladi. 1996-yilda zavodni ta’mirlash ishlari boshlandi
va dizel yoqilg‘isini gidrosulfurlash, gazni aminli tozalash,
elementar oltingugurt olish uskunalari ishga tushirildi (2005-
yil). Bu loyihani amalga oshirishda Yaponiyaning “Misui”
va “Òoyo Injiniring” kompaniyalari ishtirok etdi. Farg‘ona
neftni qayta ishlash zavodini xom ashyo bilan ta’minlash va
ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan iste’molchilarni uzluksiz
ta’minlash uchun “Angren-Pop” oraliqterminallari qurildi.
Jahon andozalariga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqarish
uchun zavodda ikkilamchi qayta ishlash jarayonlari - katalitik
kreking, alkillash qurilmalari qurish va ishlab chiqarilayotgan
moylarning sifatini oshirish va turlarini ko‘paytirish ustida
ishlanmoqda. Hozir zavodda neft mahsulotlarining 50 dan
ortiq xillari jahon andozalariga javob beradigan larajada ishlab
chiqarilmoqda.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Qashqadaryo va Buxoro
viloyatlaridagi neft konlari (asosan, Ko‘kdumaloq
neft-gaz
kondensati koni) asosida ishlaydi. Òurli neft mahsulotlari,
yuqori oktanli benzin, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, qoramoy,
suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan, propan-butan)
va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bu korxona qurilishi
loyihasining texnologik qismini amalga oshirish uchun
Fransiyaning “ÒEKNIP” firmasi, Yaponiyaning “Marubeni”