Shinalarni ta’mirlash jihozlari. Ta’mirlanadigan pokrishkani yamash (vulkanizastiyalash) jarayoni tesxilgan joyni bir yoki ikki tomondan presslab, shu joyni 140�180° S yoki oltingugurtning erish (120° S) haroratidan yuqori haroratda qizitib, ushlab turishdan iborat.
4.20-rasm.
Shina teshiklarini ta’mirlash uchun moslama:
a-qo’ziqorincha; b- tiqin; v-
qo’ziqorinchani nina quloqli bigiz yordamida o’rnatish; g-qo’ziqorinchani o’rnatish moslamasi; d-tiqinni o’rnatish sterjeni
4.21-rasm. Shinalarni ta’mirlash uchun qo’llaniladigan germetik, jgut va qoplamalar to’plami
Kamerani ta’mirlash
Ta’mirlashga muxtoj kameraning tesxilgan joyining tashqi yuzasi maxsus charxlash dastgohida charxlanib, g’adir-budurlanadi va changdan tozalanadi. Uncha katta bo’lmagan (o’lchami 30 mm gacha bo’lgan) shikastlanish joylari xom rezinadan yasalgan yamoq bilan, katta joyi esa pishirilgan rezinadan qirqib olingan yamoq bilan ta’mirlanadi. Xom rezinadan qirqib olingan yamoqqa bir marta yelim surtib, yamaladigan sirtga yopishtirib, so’ngra usti o’rta qismidan chetiga qaratib tekislagich (rolik) bilan tekislanadi. Vulkanizastiyalangan rezina yamoq cheti 40�45 mm ga g’adir- budurlanib, so’ngra yelim surtiladi, quritiladi va yelim surtilgan tomonini tekislab yopishtiriladi.
Shina va kameralarning tesxilgan joyini aniqlash uchun ishlatiladigan Sirio rusumli qurilma 4.22-rasmda keltirilgan. Unda diametri 680 mm gacha, eni 260 mm gacha bo’lgan g’ildiraklarni tekshirish mumkin. Bunday qurilmalar ASK larda o’z kuchlari bilan tayyorlangan bo’lishi mumkin.
4.22-rasm.Sirio (Italiya) modelidagi g’ildiraklarni tekshirish vannasi: g’idirak diametri 680 mm gacha, eni 260 mm gacha
a) “Gnom-master” b) "Kompleks-1" 4.23-rasm. Kamera yamash jihozlari
Kameralar bug’li yoki elektr bilan qizituvchi dastgohlarda (4.23- rasm) qizitib yopishtiriladi.
Plita ustida vulkanizastiyalash haroratini doimiy (143°S) ushlab turish uchun, nometall ashyodan tayyorlangan termoregulyatordan foydalaniladi. Buning kontaktlari oraliq relesi o’ramlarining zanjiriga ulab qo’yiladi. Bu esa elektr quvvati manbai zanjirini ulab-uzib turishga xizmat qiladi.
“Mikron” rusumli kamera yamash jihozining tavsifi: yumaloq ko’rnishli siqish moslamasiga ega, richag turidagi qo’lda siqish moslamali, bitta qizdirish elementli, 220 V, 420 Vt, qizdirish harorati 150ºS, o’lchamlari 160x290x505 mm, og’irligi 9,5 kg.
Ta’mirlanadigan kamerani yamog’i bilan bosadigan vint ostiga qo’yib, qisish lappagi bilan (0,4�0,5 MPa bosimda) jips qisiladi. Vulkanizastiyalash jarayoni 15�20 daqiqani tashkil etadi. Ta’mirlangan kameraga havo bilan dam berilib, suv quyilgan vannaga botirib, germetikligi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |