Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/53
Sana13.06.2022
Hajmi8,73 Mb.
#662426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

ELEKÒR ÒA’MINOÒI ÒIZIMI
2.1. Akkumulatorlar batareyasi
2.1.1. Akkumulatorlarning ekspluatatsiya rejimlari
Akkumulatorlar batareyasi elektrkimyoviy qurilma bo‘lib,
zaryad vaqtida elektr energiyani kimyoviy energiyaga, razryad
vaqtida esa kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiradi. Ish-
qorli akkumulatorlar batareyasi shu davrgacha avtomobillarda
keng qo‘llanilmaganligi sababli, ushbu bobda faqat qo‘rg‘oshin-
kislotali akkumulatorlar batareyasini ishlatishning o‘ziga xos
tomonlari ko‘rib chiqiladi.
Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar batareyasining faol ele-
menti sifatida musbat plastinada qo‘rg‘oshin ikki oksidi (PbO
2
),
manfiy plastinada g‘ovak qo‘rg‘oshin (Pb) va elektrolitda sulfat kis-
lota (H
2
SO
4
) ishlatiladi. Razryad jarayonida plastinalardagi faol
elementlar sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib, asta-sekin
qo‘rg‘oshin sulfat tuzi (PbSO
4
)ga aylanadi. Plastinalarning faol
elementlari g‘ovak tuzilishiga ega bo‘lib, ular elektrolit bilan shim-
dirilgan. Kimyoviy reaksiyaga, birinchi navbatda, g‘ovaklarida joy-
lashgan sulfat kislota kirishadi. Bu holat akkumulatorlar bata-
reyasining ba’zi tavsifnomalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsa-
tadi. Akkumulatorlar batareyasi avtomobillarda quyidagi eksplua-
tatsion sharoitlarda ishlaydi.
Zaryad rejimi. Bu rejim generatorning tok kuchi elektr ener-
giyasi iste’molchilarining umumiy tok kuchidan katta bo‘lganda
yuzaga keladi. Generatorning tok kuchi bilan iste’molchilar umu-
miy tok kuchi teng bo‘lgan holni zaryad rejimining chegaraviy
nuqtasi, deb qabul qilsa bo‘ladi.
Zamonaviy avtomobil generatorlari yaxshi elektr tavsifnoma-
larga ega bo‘lib, ular yetarli darajadagi quvvatni avj oldirishi mum-
kin. Shuning uchun zamonaviy avtomobillarga o‘rnatilayotgan
akkumulatorlar batareyasida zaryad rejimi ustuvor hisoblanadi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar zaryad balansini ta’minlash uchun juda
og‘ir bo‘lgan sharoitlar — shaharda, kunning qorong‘i paytlarida


11
kichik tezlik bilan yurish, svetoforlar oldida ko‘p marta to‘xtash,
yoritish va boshqa iste’molchilarni ishlatish hollarida ham zaryad
rejimi avtomobilning umumiy ekspluatatsiya davrining 60—70 %
ini tashkil etishini ko‘rsatdi. Ekspluatatsiyaning qolgan barcha
sharoitlari akkumulatorning zaryad rejimi uchun unumli hi-
soblanib, shahardan tashqaridagi trassalarda bu ko‘rsatkich 80—
90 % ni tashkil etadi. Akkumulatorlar batareyasining doimo
zaryadlangan holda bo‘lishi, ishga tushirish tizimi va boshqa elektr
iste’molchilarning ish qobiliyatiga hamda batareyaning ishlash
muddatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Razryad rejimi. Bu rejim generatorning tok kuchi elektr ener-
giyasi iste’molchilarining umumiy tok kuchidan kichik bo‘lganda
yuzaga keladi. Razryad rejimi generator rotorining aylanishlar
chastotasi past bo‘lganda hamda avtomobil to‘xtab turgan va is-
te’molchilar ulangan holda sodir bo‘ladi. Ekspluatatsiya rejimi
me’yorida bo‘lgan hollarda razryad rejimining davomiyligi zaryad
rejimiga nisbatan ancha past bo‘ladi.
Startyor rejimida razryadlanish
faqat akkumulatorlar bata-
reyasiga startyorning ulanish daqiqasida sodir bo‘lib, u juda qisqa
vaqt (bir necha soniya) davom etishi va katta razryad toki (bir
necha yuz amper) bilan tavsiflanadi. Akkumulatorning bu rejim-
dagi tavsifnomasi juda muhim ahamiyatga ega, chunki dvigatelni
muammosiz ishga tushirish, avtomobilni me’yorida ishlatishning
asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Saqlash rejimida akkumulatorlar batareyasi zaryad tokini qabul
qilmaydi va tashqi zanjirga elektr tokini uzatmaydi. Bu rejim ak-
kumulatorlarni nafaqat omborlarda, balki to‘xtab qolgan avtomo-
bilning o‘zida bir necha hafta yoki oylab turib qolganda yuzaga keladi.
Saqlash rejimida akkumulatorlarning o‘z-o‘zidan razryadlanish
tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan
rejimlarda akkumulatorlar batareyasining ishlashi quyidagi tavsif-
nomalariga bog‘liq bo‘ladi: zaryad va razryad jarayonida kuchlanishning
zaryadlanganlik darajasiga bog‘liqligi (zaryad va razryad tavsifnomalari),
kuchlanishning razryad tokiga bog‘liqligi (volt-amper tavsifnomasi),
batareya sig‘imining razryad tokiga bog‘liqligi, zaryadlanganlik
darajasini saqlash muddatiga bog‘liqligi (o‘z-o‘zidan razryadlanish
tavsifnomasi). Bundan tashqari, akkumulatorlar batareyasining
avtomobillarda ishlatilish jarayonida tashqi muhit harorati ancha
keng doirada o‘zgarishi sababli, batareya haroratining uning sig‘imi
va tavsifnomalariga ta’siri ham muhim ahamiyatga ega.


12

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish