Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/53
Sana13.06.2022
Hajmi8,73 Mb.
#662426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

Akkumulatorlar batareyasini yuklama ostida tekshirish. Ak-
kumulatorni yuklama ostida tekshirishdan avval elektrolit zichligi
indikatori ko‘rinishiga qarab, batareyaning zaryadlanganlik da-
rajasi aniqlanadi:

indikator qora rangda, o‘rtasida yashil nuqtasi bor — akku-
mulatorni yuklama ostida tekshirishni darhol boshlash mumkin;

indikator qora rangda, yashil nuqta yo‘q — akkumulator
avval zaryadlanadi va so‘ngra, yuklama ostida tekshiriladi.


21
Akkumulatorlar batareyasini yuklama ostida tekshirish qu-
yidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) akkumulator qisqichlariga voltmetr va tester ulanadi;
b) akkumulatorlar batareyasiga 15 soniya davomida 300 A yuk-
lama beriladi;
d) batareyaning sig‘imini tiklash uchun 15 soniya vaqt berib,
so‘ngra tavsifnomasida ko‘rsatilgan nominal tok miqdorida (test
yuklamasi) yuklama beriladi. 15 soniyadan keyin batareya qis-
qichlaridagi kuchlanish o‘lchanadi va yuklama olinadi;
e) agar o‘lchangan kuchlanish 2.2-jadvaldagi ko‘rsatkichlardan
past bo‘lmasa, akkumulatorlar batareyasi soz, ishlatish mum-
kin. Agar olingan natija jadvaldagi ko‘rsatkichlardan past bo‘lsa,
bu akkumulatorni almashtirish zarur.
2.2-jadval
Elektrolit harorati
21°C 20°C 0°C –16°C –18°C –18°C dan past
Kuchlanishning mini-
mal qiymati, V
9,6
9,4 9,1
8,8
8,5
8,0
Akkumulatorlar batareyasini zaryadlash. Akkumulatorlarni
zaryad qilish uchun, odatda, maxsus o‘zgarmas tok manbala-
ridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda avtokorxona sharoitida zaryad-
lashning ikki usuli qo‘llaniladi:

zaryadlash tokining qiymati o‘zgarmas bo‘lganda;

zaryadlash kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lganda.
Òok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash. Bu usulda zaryad
qilinganda akkumulatorlar batareyasi o‘zgarmas tok manbayiga
ketma-ket ulanadi (2.7-rasm, a). Zaryadlash davomida tok qiy-
matini o‘zgarmas holda saqlash va uni nazorat qilish uchun ak-
kumulatorlarga ketma-ket reostat va ampermetr ulanadi.
Zaryadlash jarayoni bir yoki ikki bosqichda amalga oshiri-
lishi mumkin. Bir bosqichli jarayonning boshidan oxirigacha
zaryadlash tokining qiymati o‘zgarmaydi va u 0,05C
20
ga teng
bo‘ladi (C
20
— akkumulatorning nominal sig‘imi). Ikki bosqichli
jarayonda, elektrolitda gaz ajralib chiqish boshlanguncha ak-
kumulator qiymati 0,15C
20
ga teng tok bilan zaryadlanadi (1-bos-
qich). Bunda akkumulatorning har bir bankasidagi kuchla-
nish 2,4 V gacha ortadi (2.7-rasm, b). Shundan keyin, zaryad-
lash toki 2—3 marta kamaytiriladi va jarayon 0,05C
20
ga teng tok
bilan tugallanadi (2-bosqich).


22
Ikki bosqichli zaryadlash jarayonining afzallik tomoni shundan
iboratki, birinchidan, akkumulatorlarni to‘la zaryadlash uchun
ketadigan vaqt tejaladi (1-bosqichda zaryadlash tokining oshiri-
lishi hisobiga), ikkinchidan, zaryadlash oxirida elektrolit qattiq
«qaynab» ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi (2-bosqichda zaryadlash to-
kini sezilarli darajada kamaytirish hisobiga) va natijada, plastinalar-
dagi aktiv massa muddatidan avval yemirilishining oldi olinadi.
Kuchlanishi U
tm
 ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tok manbayiga ket-
ma-ket ulanishi mumkin bo‘lgan akkumulator bankalarining soni
(reostat qarshiligi R=0 bo‘lganda) quyidagicha aniqlanadi:
n = U
tm
 / 2,7,
bu yerda, U
tm
 — o‘zgarmas tok manbayining kuchlanishi, V;
2,7 — zaryadlash oxirida har bir akkumulator elementiga to‘g‘ri
keladigan kuchlanish, V.
Zaryadlashga qo‘yilayotgan akkumulator batareyalarning sig‘imi
bir xil yoki imkon boricha bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak, aks
holda zaryadlash toki qiymatini sig‘imi eng kichik bo‘lgan batareya
bo‘yicha belgilashga to‘g‘ri keladi va sig‘imi katta bo‘lgan batareya-
lar juda sekin zaryadlanadi.
Òok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash, hozirgi vaqtda
akkumulatorlarni zaryad qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Bu
usul yordamida akkumulatorlarni to‘la zaryadlashga erishish mumkin.
Bundan tashqari, zaryadlash tokining qiymatini ma’lum chegarada
tanlash, uni rostlab turish va nazorat qilish imkoniyati borligi,

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish