Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/53
Sana13.06.2022
Hajmi8,73 Mb.
#662426
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

Dvigatel ishga tushmaydi, silindrlarda ishchi aralashmaning
onda-sonda o‘t olishi kuzatiladi yoki dvigatel uzilishlar bilan notekis
ishlaydi. Bunday nosozlik yuzaga kelsa, avval shamlarga yuqori kuch-
lanishning uzilishsiz uzatilishi tekshiriladi. Agar shamlarga yuqori
kuchlanish uzilishsiz uzatilayotgan bo‘lsa, bu shamlarning yoki
xalaqit beruvchi qarshiliklarning nosozlik alomatidir. Aksincha,
shamlarga uzatilayotgan yuqori kuchlanishda uzilishlar kuzatilsa,
o‘t oldirish g‘altagini tekshirish kerak. Har ikki holda ham yuqori
kuchlanishning uzluksiz uzatilishini yuqori kuchlanish simlarining
uchligi bilan dvigatel korpusi orasida uchqun hosil bo‘lishi tekshiriladi.
Agar o‘t oldirish g‘altagi soz bo‘lsa, u holda dvigatelning ishidagi
uzilishlar yuqori kuchlanish zanjirida quyidagi nosozliklar tufayli
yuzaga kelishi mumkin: taqsimlagich izolatsiya materiallarining
ifloslanishi va shikastlanishi yoki ularning namlanib qolishi, yuqori
kuchlanish simlarining izolatsiyasining shikastlanishi. Bu nosoz-
liklar yuqori kuchlanishning massaga o‘tib ketishiga olib keladi.
Agar o‘t oldirish g‘altagi yuqori kuchlanish simi bilan dvigatel
korpusi orasida uchqun hosil bo‘lish uzilishlar bilan sodir bo‘lsa,
demak, o‘t oldirish g‘altagi yoki past kuchlanish zanjiri nosoz.
O‘t oldirish g‘altagida ikkilamchi chulg‘am izolatsiyasi teshilgan
yoki markaziy chiqish joyi kuygan bo‘lishi mumkin. Past kuchla-


105
nish zanjirida quyidagi nosozliklar bo‘lishi mumkin: uchqun kon-
taktlariga moy tushishi yoki ifloslanishi; uzgich kontaktlarining
eroziyalanishi yoki korroziyalanishi; kontaktlarning tutashib turish
burchagi me’yoridan katta yoki kichik, pishangcha prujinasining
bikrligi pasayishi, taqsimlagich valida katta lyuft, uzgichning qo‘z-
g‘almas va qo‘zg‘aluvchi plastinalari orasidagi o‘tkazgichda uzilish,
kondensatorning teshilishi, tranzistor kommutatorining nosozligi.
Yuqorida keltirilgan nosozliklarning ko‘pchiligini past kuchlanish
zanjirini diqqat bilan ko‘zdan kechirishning o‘zida aniqlash mumkin.
Òranzistor kommutator nosoz bo‘lsa, uchqun hosil bo‘lishdagi
uzilishlar stabilitronning teshilishi yoki «M» chiqish joyi bilan
avtomobil korpusi orasidagi kontaktning yomonligidan ham yuzaga
kelishi mumkin.
Dvigatel ishga tushadi, lekin startyor o‘chirilgandan keyin u
ham o‘chadi. Bu nosozlik past kuchlanish zanjirining o‘t oldirish
g‘altagigacha bo‘lgan qismida uzilish mavjud bo‘lganda yuzaga
keladi. Chunki bu holda tok o‘t oldirish g‘altagiga faqat dvigatelni
ishga tushirish vaqtida, ya’ni startyor relesining kontaktlari yoki
qo‘shimcha rele orqali boradi. Bu yerda, birinchi navbatda, qo‘-
shimcha rezistorni uzilishga tekshirish zarur. Buning uchun uning
chiqish joylariga sim ulanadi. Agar dvigatel ishga tushib o‘chib
qolmasa, demak rezistor nosoz.
Dvigatel nominal quvvatini bermaydi, qizib ketadi va yonilg‘ini
ko‘p sarflaydi. Bu nosozlik o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining
markazdan qochma va vakuum rostlagichlarning me’yorida ishla-
masligi yoki o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi noto‘g‘ri o‘rna-
tilganligi sababli yuzaga keladi.
Quyida o‘t oldirish tizimlarida uchraydigan nosozliklar, ular-
ning yuzaga kelish sabablari va bartaraf qilish usullari jadval ko‘-
rinishida berilgan.
4.2-jadval
Nosozlikning yuzaga kelish sabablari
Bartaraf qilish usuli
Dvigatel ishga tushmayapti
Birlamchi tok zanjirida uzilish
mavjud.
Òester yordamida birlamchi tok
zanjirini tekshirish, uzilish jo-
yini topish va bartaraf etish.
Uzgich kontaktlari kuyishi yoki
moylanib qolishi.
Kontaktlarni tozalash yoki ben-
zin bilan artib tashlash.


106
Markaziy ko‘mir kontaktning
«osilib» qolishi yoki yugurdakning
xalaqit beruvchi rezistorining
ishdan chiqishi.
Ko‘mir kontakt yoki prujinani
almashtirish, yugurdakni al-
mashtirish.
Uzgich pishangchasining korpusga
qisqa tutashishi.
Pishangchani almashtirish.
Kondensatorning ishdan chiqishi.
Kondensatorni almashtirish.
Datchik yoki kommutatorning ishdan
chiqishi.
Datchik yoki kommutatorni al-
mashtirish.
O‘t oldirish g‘altagining ishdan chi-
qishi.
O‘t oldirish g‘altagini almash-
tirish.
Markaziy yuqori kuchlanish o‘tkaz-
gich izolatsiyasining teshilishi.
O‘tkazgichni almashtirish.
Dvigatelning notekis ishlashi
O‘t oldirish zanjiridagi o‘tkazgich-
larning ulanish joyi va kontakt-
larning bo‘shashib qolishi.
O‘tkazgichlarning ulanish joyla-
rini mahkamlash, kontaktlarni
tortish.
Uzgich kontaktlari orasidagi tirqish
me’yoridan past.
Òirqishni rostlash.
Òaqsimlagich qopqog‘ining ichki
yuzi va yugurdak ifloslanishi, qop-
qoqdagi kontakt uyachalarning ku-
yishi yoki darz ketishi.
Òaqsimlagich qopqog‘ining
ichki yuzi va yugurdakni toza-
lash, nosoz qismlarni almash-
tirish.
Uzgich pishangchasi prujinasining
bo‘shashib ketishi.
Prujinani almashtirish.
Sham elektrodlari orasidagi tirqish
me’yorida emas yoki shamlarni qu-
rum qoplagan.
Sham elektrodlari orasidagi tir-
qishni rostlash, shamni bosim
ostida qum sochuvchi qurilma
yordamida tozalash.
Uzgich kontaktlarining kuyishi.
Uzgich kontaktlarini tozalash.
Shamning zichligi buzilgan.
Shamni almashtirish.
Uzgich-taqsimlagich valchasining
vtulkasi, taqsimlagich kulachogi,
harakatlanuvchi kontakt o‘qi
yeyilgan.
Uzgich-taqsimlagichning yeyil-
gan qismlarini almashtirish.
Yuqori kuchlanish o‘tkazgichlari-
ning izolatsiyasi teshib o‘tilgan.
Yuqori kuchlanish o‘tkazgichini
almashtirish.
O‘t oldirish g‘altagida o‘ramlararo
qisqa tutashuv.
O‘t oldirish g‘altagini almash-
tirish.


107
Dvigatel to‘la quvvatni avj ettira olmaydi
O‘t oldirish daqiqasi noto‘g‘ri o‘rna-
tilgan, markazdan qochma rostla-
gich nosoz (yukchalarning tishlashib
qolishi yoki prujinaning uzilishi).
O‘t oldirish daqiqasini qaytadan
o‘rnatish, markazdan qochma
rostlagichning ishdan chiqqan
qismlarini almashtirish.
Vakuum rostlagichi nosoz.
Vakuum rostlagich yoki siyrak-
lanish uzatiladigan quvurni
almashtirish.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish