Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


 Elektrostarterlarni ta’mirlash



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/57
Sana26.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#583860
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
Bog'liq
Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish diagnostika qilish va tamirlash

6.4. Elektrostarterlarni ta’mirlash
Starter tarkibiga kiruvchi asosiy mexanizmlar o‘zgarmas tok
elektrodvigateli, rolikli erkin yurish muftasi, tortish relesi va
zamonaviy starterlarda reduktorlardir (planetar, silindrsimon tashqi
va ichki ilashuvli).
Har xil turdagi starterlarning qiyosiy tahlili, ko‘pchiligining
konstruktiv parametrlari deyarli bir xil ekanligini ko‘rsatadi. Bu
esa ularni ishlab chiqish va ta’mirlashda guruhlashgan texnologik
jarayonlarni qo‘llash imkoniyatini beradi.
6.4-rasmda planetar reduktorli va elektromagnit uyg‘otish
tizimiga ega bo‘lgan starterning konstruktiv sxemasi keltirilgan.
6.4-rasm. 
Planetar reduktorli va elektromagnitli uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan
starterning konstruktiv sxemasi: 

— orqa qopqoq;

— kollektor;
3
— cho‘tka-
tutqich; 

— uyg‘otish chulg‘ami mahkamlangan korpus; 

— elektromagnit
tortish relesi; 

— starter yuritmasining pishangi; 

— erkin yurish muftasi;

— yuritma tomonidagi qopqoq; 

— ichki ilashuvli tishli g‘ildirak;
10 
— reduktor yurgizgichi (vodilo); 
11 
— satellitlar; 
12 
— reduktorning
markaziy (quyosh) shesternasi.
4
3
2
1
5
6
7
8
9
10
11
12


132
Bunday starter quyidagi tartibda qismlarga ajratiladi. Tortish
relesi (
5
) ning pastki kontakt boltining gaykasi yechiladi va undan
cho‘tkalarning chiqish klemmasi ajratiladi. Tortish relesini starter
korpusi (
4
) ga mahkamlovchi vint bo‘shatiladi, relening yakorini
yuritma pishangi (
6
) dan ajratib, rele yechib olinadi. So‘ngra korpus
shpilkalarini tortuvchi gaykalar bo‘shatiladi va orqa qopqoq (
1
)
cho‘tkatutqich tuguni (
3
) bilan starter korpusidan ajratib olinadi.
Uyg‘otish chulg‘ami yoki doimiy magnitlar mahkamlangan
korpus yuritma tomondagi qopqoq (
8
) dan, erkin yurish muftasi
(
7
) ning vali esa reduktorning markaziy shesternasi (
12
) dan
ajratiladi. Undan keyin yakor chiqarib olinadi va reduktor qismlarga
ajratiladi (yuritgich (
10
) va shesternalar 
11

12
). Yuritmani
qismlarga ajratish cheklovchi halqa tagida joylashgan to‘xtatuvchi
halqani, val tayanchi va shesternani yechishdan boshlanadi. Tortish
relesini yechib olish uchun avval qopqoqni mahkamlovchi vinlar
burab olinadi, chulg‘amning chiqish joyidagi kavshari eritib uziladi.
Qismlarga ajratilgandan keyin starterning alohida elementlari
diagnostika qilinadi: yakor, uyg‘otish chulg‘amlari yoki doimiy
magnitlar mahkamlangan korpus, qopqoqlar, cho‘tkatutqich
tuguni, yuritma, reduktor va tortish relesi.
Yakor eng murakkab va qimmatbaho qism bo‘lib, starter to‘la
narxining 30% ini tashkil qiladi. 6.5-rasmda yakor uchun xos
6.5-rasm.
Elektrostarter yakorida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
nuqsonlarning joylashish sxemasi: 
1, 4 
— yuritma va kollektor tomonidagi,
ta’mir o‘lchamigacha tiklanishini talab qiluvchi (ta’mirlash vtulkasi yoki
galvanik qoplash usuli bilan) val bo‘yinchalarning yeyilishi; 

— erkin yurish
muftasi harakatlanadigan yakor vali yuzasining yeyilishi; 

— ma’lum hollarda
almashtirilishni talab qiluvchi kollektorning yeyilishi, kuyishi va oksidlanishi;

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish