Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/57
Sana26.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#583860
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish diagnostika qilish va tamirlash



1
O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
AVTOMOBIL ELEKTR
JIHOZLARINI ISHLATISH,
DIAGNOSTIKA QILISH VA
TA’MIRLASH
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
6-nashri
Toshkent — «ILM ZIYO» — 2016


2
UO‘Ê: 629.331 (075)
KBK 39.33–08
A15
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
M u a l l i f l a r :
A. Abdurahmonov, G‘. Mahmudov, E. Yo‘ldoshev
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining avtomobil transport vositalariga
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan
talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda avtomobillarning elektr jihozlarini
ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan. Kitobda avto-
mobillarning elektr jihozlaridagi nosozliklarni aniqlashning asosiy tamoyil-
lari, elektr jihozlariga taalluqli asbob va agregatlardagi nosozliklarni aniqlash
uslublari, ularni ta’mirlash tartiblari keng yoritilgan. Nosozliklarni aniqlash va
diagnostika qilishda ishlatiladigan qurilma va asboblar tuzilishi hamda ishlati-
lishiga alohida e’tibor berilgan.
O‘quv qo‘llanmaning I bobi, II bobi 2.1-bo‘limi, IV bobi, VI bobi G‘. Mahmudov,
II bobi 2.2-bo‘limi A. Abdurahmonov, III, V boblar E. Yo‘ldoshev tomonidan
yozilgan.
ISBN 978-9943-16-289-1
© A. Abdurahmonov va boshq., 2016-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-y.
B. ÒULAYEV
— Òoshkent davlat texnika uni-
versiteti «Energomashinasozlik» kafedrasining
mudiri, dotsent.
T a q r i z c h i :


3
KIRISH
Òransport vositalarini ishlatish va unumli foydalanishda ularda
qo‘llanilayotgan barcha tarkibiy qismlarining sifati, unumdorligi,
ishlash muddatining uzoqligi bu qismlarga ko‘rsatilayotgan texnik
xizmatning me’yoriy tarzda olib borilishi kabi omillarga uzviy bog‘-
liq. Shu bilan birga, ekspluatatsiya jarayonida yuzaga kelgan nosoz-
liklarni tez va ortiqcha detallarni ajratishsiz nosozlik turini va bu
nosozlik bilan bog‘liq bo‘lgan tizim yoki apparatlarni aniqlash
transport vositasidan unumli foydalanishga salmoqli hissa qo‘-
shadi. Bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tur-
kumlarga bo‘lish nosozlikni aniqlashda yuqori samara beradi. No-
sozliklarning nimalarga taalluqli ekanligi va ularni aniqlashda tashqi
belgilardan foydalanish ish unumini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Òransport vositalarining elektr jihozlari tizimi barcha boshqa
agregat va mexanizmlarning ishlashini ta’minlashi bilan birgalikda,
elektr jihozlar tizimida uchraydigan nosozliklar boshqa agregat
nosozliklariga qaraganda murakkabroq va ularni aniqlashda qiyin-
chiliklar tug‘dirishi mumkin. Bu muammoni yechish va nosozlik-
larni aniqlashda transport vositalari elektr jihozlari tizimini bir
necha qismlarga bo‘lish maqsadga muvofiq. Nosozliklarni tashqi bel-
gilari orqali aniqlash va shu nosozlik turiga xos profilaktik yoki
ta’mirlash ishlarini olib borish elektr jihozlari tizimining boshqa
apparatlari ishlash rejimlarining normal holda saqlanishiga sabab
bo‘ladi.
Òransport vositalarining elektr jihozlarini diagnostika qilish va
ta’mirlashda hozirgi paytda turlicha oddiy diagnostik qurilmalardan
tortib murakkab avtomatlashtirilgan elektron qurilmalar mavjud.
Bunday qurilmalardan foydalanish yuqori malakani talab etadi.
Shu bilan bir qatorda bu qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinsipi
ma’lum biror usul bilan amalga oshiriladi. Shunga asoslanib, ko‘p
avtokorxonalarda mavjud bo‘lgan qurilmalarning qisqacha tuzilishi
va ular yordamida transport vositalari elektr jihozlarining nosozlik-
larini aniqlash va ularda ta’mirlash ishlarini olib borishni o‘rganish
kollej talabalari va mutaxassislariga turli diagnostik qurilmalarni
ishlatish hamda ulardan unumli foydalanishga asos bo‘la oladi.


4
1-bob.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish