Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


 Akkumulatorlar batareyasini ta’mirlash



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/57
Sana26.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#583860
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57
Bog'liq
Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish diagnostika qilish va tamirlash

6.2. Akkumulatorlar batareyasini ta’mirlash
Akkumulatorlar batareyasini (AKB) (6.1-rasm) ishlatishda
plastinalar bloki, qopqoqlar va yaxlit qobiq (monoblok) almash-
tirilmaydi. Plastmassa yaxlit qobiq yoki qopqoqdagi kichik shikastlar
issiq payvandlash yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Shikastlangan yuza va yaxlit qobiq materialining bir bo‘lagi
baravariga yumshaguncha qizdiriladi va qobiqdagi darzlar berkitiladi.
So‘ngra qizdirilgan kavsharlagich va maxsus plastmassa yordamida


126
korpus yuzasi tekislanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, agar
AKBning shikastlangan bankasi elektrolitsiz 1 haftadan ortiq
saqlangan bo‘lsa, ta’mirlangan bankaga elektrolit quyilgandan
keyin, AKBni 2 marta zaryad-razryad qilib, ushbu bankaning
ish qobiliyati tiklanadi.
Transport tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan ta’mirlash
uchastkalariga keltirilgan AKBlar yaxshilab tozalanadi, tekshiriladi,
qismlarga ajratiladi, nosozliklari aniqlanadi, zarur detallar tiklanadi
yoki tayyorlanadi, batareya va uning tugunlari yig‘iladi, elektrolit
quyiladi, zaryadlanadi va nazorat ko‘rsatkichlari o‘lchanadi.
AKBlar chang va iflosliklardan 10% novshadil spirti eritmasida
namlangan mato bilan tozalanadi. Keyin, qutb quloqlaridagi
shikastlar, oksidlanganlik, rezbaning uzilishi, mastikadagi
nuqsonlar, monoblok va qopqoq tiqinlarida yorilish yoki darzlarning
borligini aniqlash uchun tashqi ko‘ruv o‘tkaziladi.
Akkumulatordagi elektrolitning sathi va zichligi tekshiriladi.
Razryadlangan akkumulatorlardan elektrolit to‘kib tashlanadi. Agar
monoblokda darzlar, ayrim elementlarda esa qisqa tutashuv bo‘lsa,
plastinalar distillangan suvda yaxshilab yuvilgandan keyin batareya
qismlarga ajratiladi: elementlararo ulagich, mastika olib tashlanadi
va maxsus yechgichning ushlagichlari yordamida plastinalar bloki
chiqarib olinadi. So‘ngra plastinalar bloki musbat va manfiy yarim
bloklarga ajratiladi. Aktiv massasi saqlanib qolgan yarim bloklar
suvda 10—30 daqiqa davomida yuviladi. AKBning yaxlit qobig‘i
cho‘kmalardan tozalanadi va suvda yuviladi. Ishga yaroqli separator
va himoya to‘siqchalari ham yuviladi va quritiladi.
6.1-rasm. 
Xizmat ko‘rsatiladigan (
a
) va xizmat ko‘rsatilmaydigan (
b
)
akkumulatorlar batareyasi: 
1
— separator;
2
— musbat plastinalar; 
3
— manfiy
plastinalar; 
4
— baretka; 
5
— saqlovchi to‘siq; 
6
— plastinalar bloki; 
7
— alohida
qopqoq; 
8
— elektrolit va distillangan suv quyish tuynugi;
9
— elementlararo
ulagich;
10
— tiqin; 
11
— qutb qulog‘i; 
12
— yaxlit qobiq; 
13
— tayanch
qovurg‘asi; 
14
— umumiy qopqoq.
a
b
4 2
5
3 6
1
13
12
7 8 9 10 11
2
9
14
12
11
6
3


127
Panjaralari yemirilgan, aktiv massasi to‘kilgan va chuqur
sulfatlangan plastinalar yaroqsiz deb topiladi. Plastinalarning
sulfatlangan yuzalari olib tashlanadi, yaroqsiz manfiy elektrodlar
almashtiriladi. Ajratib olingan yaroqli plastinalar tirqishlarini
tekislash va shishgan aktiv massani panjaraga siqib joylashtirish
uchun bosim bilan zichlanadi. Baretkalar va elementlararo
ulagichlar o‘lchamlari va qo‘yimlarga (dopusk) rioya qilgan holda
maxsus qoli plarda quyiladi.
AKBlarni yig‘ishda ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak: masalan,
potensiallari har xil bo‘lgan tiklangan va yangi plastinalar o‘rtasida
tok hosil bo‘lishi va o‘z-o‘zidan razryadlanish jarayonining oldini
olish uchun yarimbloklar bir xil sifatdagi plastinalardan yig‘iladi.
Konduktorga joylashtirilgan plastinalar ko‘mir elektrodli kav-
sharlagichlar bilan yarimbloklarga kavsharlanadi. Qo‘rg‘oshin
oksidlanmasligi va birikma mustahkam bo‘lishi uchun kavsharlagichning
elektrodi AKBning musbat qutbiga ulanadi. Yig‘ilgan bloklarda tashqi
plastinalar manfiy bo‘lishi, separatorlarning maxsus bo‘rtgan
qovurg‘ali yuzasi musbat plastina tomonga qaratib qo‘yilishi kerak.
Yig‘ilgan blok yaxlit qobiqqa ma’lum kuch bilan kiritiladi. Agar
blok o‘lchamlari qobiq o‘lchamlaridan katta bo‘lsa, kerakli o‘lchamga
keltirish uchun blok ma’lum darajada siqiladi. Qo‘shni bloklarning
chiqish shtirlari turli qutbli bo‘lishi kerak. Himoya to‘siqchalari va
qopqoqlar o‘rnatilgandan keyin, chiqish shtirlariga elementlararo ula-
gichlar kiygiziladi va kavsharlagichning ko‘mir elektrodlari bilan shtir-
lar, elementlararo ulagichlar va qopqoq vtulkalarining atrofi eritiladi.
Qopqoqlar bilan monoblok devorchalari o‘rtasidagi ariqchalarga
oldin 120°C, keyin 200°C haroratgacha qizdirilgan mastika quyiladi.
AKBga elektrolit quyib, me’yorigacha zaryad qilinadi. Ko‘rib
chiqilgan texnologik jarayon, eski batareyalarning materiallarini
maksimal darajada ishlatish yo‘li bilan, ishdan chiqqan akkumu-
latorlarning ish qobiliyatini 70% gacha tiklash imkoniyatini beradi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish