69
keyingina dvigatelni ishga tushirishga yana urinib ko‘rish mumkin.
Startyorning ketma-ket natijasiz ulanishi uning me’yordan ortiq
darajada qizib ketishiga, akkumulatorlar batareyasining
razryad-
lanishiga va dvigatel mexanizmlarining yeyilishiga olib keladi.
Startyorning o‘z vaqtida o‘chirilishining ta’minlanishi uning
ish faoliyati yaxshi bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Dvigatel ishga
tushishi bilan startyor darhol o‘chirilishi zarur. Startyorning
kechikib o‘chirilishi erkin yurish muftasi mexanizmlarida dinamik
sirpanishni yuzaga keltiradi va ular yemirilishi mumkin. Dinamik
sirpanish natijasida erkin yurish muftasi qiziydi va uning ichidagi
maxsus moy erib oqib ketadi.
Startyorning o‘chirilishining kechiktirilishi ilashish mexanizm-
lariga tegishli yana bir boshqa nosozlikni keltirib chiqarishi mum-
kin: maxovikdan ajratilmagan yuritma shesternasi uzatish soni
kattaligi hisobiga yakor valida katta chastota bilan aylanadi, nati-
jada yakor vali bo‘yinchalari va shesterna
orasida joylashgan max-
sus mis grafitli podshipnik ishdan chiqadi va shesterna yakor bilan
birga qotib qolishi hamda markazdan qochma kuch ta’sirida yakor
detallari sochilib ketishi mumkin.
Ba’zi hollarda yakor detallarining sochilib ketishi ilashish
mexanizmiga tegishli bo‘lmagan sabablar tufayli ham sodir bo‘-
lishi mumkin: tortuvchi yoki qo‘shimcha rele kontaktlarining yopi-
shib qolishi, tortuvchi rele o‘zagining kontaktlar ulangan holda
siqilib qolishi (orasiga doimiy ravishda chang kirishi sababli), ulash
kalitining nosozligi yoki tortuvchi relening qaytaruvchi prujina-
sining sinishi, ishdan chiqishi va hokazo.
Qish mavsumida sovuq dvigatelni ishga tushirish birmuncha
qiyinchiliklarni tug‘diradi. Atrof-muhit haroratining manfiy qiy-
matlarida benzinli dvigatellarni ishga tushirishni yengillashtiruvchi
vositalardan biri moylash tizimida qovushqoqligi kichik bo‘lgan
quyultirilgan moyni ishlatish hisoblanadi. Bu turdagi moylarning
past haroratda ham qovushqoqligining kichikligi tirsakli valning
qarshilik momentini kamaytiradi. Sovuq dvigatelni ishonchli ishga
tushirishda isitgich moslamalaridan foydalanish ham yaxshi samara
beradi. Bular qatoriga turli xildagi havo isitgichlar, ishga tushirish
shamlari, yonish kamerasiga purkaladigan tez o‘t oluvchi moddalar
kiradi. Sovitish tizimiga oddiy issiq suv quyish bilan
ham ishga
tushirishni ancha yengillashtirish mumkin.
Startyorlarga texnik xizmat ko‘rsatish.
Yozning issiq sharoitla-
rida ishga tushirish tizimining muammosiz ishlashi bu tizim
70
holatining yaxshiligidan dalolat bera olmaydi. O‘z vaqtida o‘tkazil-
gan texnik qarov ishga tushirish tizimi holatining yaxshi bo‘li-
shini ta’minlaydi va favqulodda yuzaga keladigan nosozliklarning
oldi olinadi.
Avtomobilning har birinchi texnik qarov vaqtida (1-ÒQ) star-
tyor ifloslangan joylari tozalanadi, mahkamlash va tortish bolt-
lari qotiriladi.
Har ikkinchi texnik qarov vaqtida (2-ÒQ) startyorning kontakt
boltlarini tozalash, ulanish qisqichlari mustahkam tortilganligi
tekshiriladi. Akkumulator va startyorni o‘zaro ulab turuvchi o‘t-
kazgichning ulanish joylarini tekshirish uchun ulardagi kuch-
lanishning pasayishi tekshiriladi. Bu tekshiruv millivoltmetr yorda-
mida bajariladi. O‘lchash ishlari avvaldan qizdirilgan dvigatelni
startyor yordamida aylantirish vaqtida amalga oshiriladi. O‘lchash
vaqtida benzinli dvigatelning ishga tushib ketishining oldini olish
uchun g‘altakdan chiqqan yuqori kuchlanishli simlar massaga tu-
tashtirib qo‘yiladi, dizel dvigatellarida esa yonilg‘i uzatish
kanali
berkitiladi. Millivoltmetr zanjirning quyidagi qismlariga ulanadi:
a) akkumulator musbat klemmasi va u bilan ulangan tortuvchi
rele kontakt boltiga yoki startyor o‘chirgichiga (V
1
—3.6-rasm);
b) tortuvchi rele yoki startyor o‘chirgichi chiqish boltlari
orasiga (V
2
);
d)akkumulatorning manfiy qisqichi va startyor korpusiga (V
3
);
e) ikkita ketma-ket ulangan akkumulatorlarda — o‘zaro ulan-
gan akkumulator qisqichlariga (V
4
).
Kuchlanish pasayishini
o‘lchash
vaqtida startyor-
ning ulanish vaqti 30 s.dan
oshmasligi kerak. Startyor
elektr zanjiri soz benzinli dvi-
gatellarda zanjirning har bir
alohida qismidagi kuchla-
nishning pasayishi 0,25 V, di-
zel dvigatellarda esa 0,5 V dan
oshmasligi kerak.
Agar zanjirning biror
qismida kuchlanishning pa-
sayishi yuqorida ko‘rsatilgan
me’yorlardan katta bo‘lsa,
aynan
qaysi kontaktlar sa-
Do'stlaringiz bilan baham: