Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar


Avtomobillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funksional tizimlarga bo‘lish mumkin



Download 0,76 Mb.
bet47/103
Sana11.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#349467
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Bog'liq
mashinalar elektronikasi

Avtomobillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funksional tizimlarga bo‘lish mumkin:

1. Elektr ta’minot tizimi (generator, kuchlanish rostlagichi, akkumulatorlar batareyasi).

2. Ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (startor, akkumulatorlar batareyasi, ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar).

3. O‘t oldirish tizimi (tok manbai, o‘t oldirish g‘altagi, o‘zgich-taqsimlagich, tranzistor kommutatori, o‘t oldirish shamlari);

4. Nazorat-o‘lchov asboblari va diagnostika tizimi (temperatura, bosim sezgich va ko‘rsatkichlari, taxometr, spidometr, darak beruvchi lampalar va boshqa).

5. Yoritish va xabar berish tizimi (bosh yoritish faralari, avtomobil burilishi va to‘xtashini ko‘rsatuvchi chiroqlar, old va orqa fara osti chiroqlar va hokazo).

6. Qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi (oynatozalagichlar, isitgich elektrdvigatellari, kondisionerlar, oyna ko‘targichlar va hokazo).

7. Avtomobil agregatlarini avtomatik boshqarish tizimlari.

8. Avtomobil elektr jihozlarining sxemalari. Kommutasiya jihozlari.

Generator, startor, o‘t oldirish tizimiga taalluqli asboblar va nazorat-o‘lchov asboblarining sezgichlari bevosita dvigatelga, qolgan jihozlar esa avtomobil kuzovi va shassisining tegishli joylariga o‘rnatiladi.

Generator va akkumulatorlar batareyasi bir-biri bilan paralel ulangan. Avtomobil harakatlanayotganda iste’molchilar tokni generatordan, to‘xtaganda yoki dvigatelning aylanishlar chastotasi belgilangan qiymatdan kam bo‘lganda esa, akkumulatorlar batareyasidan oladi. Iste’molchilarni bir tok manbaidan ikkinchisiga almashlab ulash va generator kuchlanishini belgilangan darajada ushlab turish vazifasini kuchlanish rostlagichi bajaradi.

Avtomobilni ishlatish jarayonida doimo ulab qo‘yiladigan (yoritish, o‘t oldirish, nazorat-o‘lchov asboblari va hokazo) yoki qisqa, lekin tez-tez ishlatiladigan (tormozlanish yoki burilishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik darakchilari) iste’molchilar tokni umumiy zanjirdan oladilar. Dvigatelni ishga tushirish vaqtida katta tok (bir necha yuz amper) iste’mol qiladigan startor, kesimi ancha katta bo‘lgan o‘tkazgich bilan bevosita akkumulatorlar batareyasiga ulanadi. Qiska vaqt davomida, kam ishlatiladigan, lekin katta tok iste’mol qiladigan va qulaylik yaratadigan ba’zi asboblar (tovushli darakchi, sigaret tutatqich,

radiopriyomnik, soat va hokazo) istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkumulatorlar batareyasiga ulanadi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish