Logometrik manometr quyidagicha ishlaydi. (4.10-rasm) Datchikka moy yoki havo uzatilganda membrana 9 bosim ostida yuqori tomonga ko‘tariladi va tebranma pishang , tayanch maydoncha orqali sudralgichni reostat 8 bo‘ylab harakatlantiradi. Bosim kamayganda membrana o‘zining elastikligi ta’sirida pastga tushadi. Reostat datchikli logometrik manometr ko‘rsatkichi, logometrik termometr ko‘rsatkichlari tuzilishiga (4.3-rasm) aynan o‘xshash, faqat ular bir-birdan g‘altaklarning o‘ramlar soni va ulanish sxemasi bilan farq qiladi. Datchik reostati qarshiligining o‘zgarish doirasi (163 Om dan 20 Om gacha) logometrik termometrdagi termorezistor qarshiligining o‘zgarish doirasidan (450 Om dan 50 Om gacha) ancha kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |