Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar


O‘zgaruvchan tok generatorlarining konstruksiyasi va ularning o‘ziga xos tomonlari



Download 0,76 Mb.
bet52/103
Sana11.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#349467
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103
Bog'liq
mashinalar elektronikasi

O‘zgaruvchan tok generatorlarining konstruksiyasi va ularning o‘ziga xos tomonlari Kontakt halqali o‘zgaruvchan tok generatorlarining avtomobillarda juda keng ko‘lamda tatbiq topgan turlaridan biri 32.3701 (G250) belgili generator va uning ko‘p sonli har xil ko‘rinishlaridir. 1.30-rasmda shu generatorning tuzilishi berilgan. Generatorning halqasimon stator o‘zagi 10, uyurma toklarni kamaytirish maqsadida bir-biridan lak bilan izolyatsiya qilingan, qalinligi 1,0 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat tasmalardan yig‘ilgan, ular tashqi yuzadagi aylana bo‘ylab oltita nuqtada o‘zaro kavsharlangan. Statorning ichki yuzasida 18 ta bo‘ylama ariqchalari bo‘lib, ular bir-biridan tishchalar bilan ajratilgan. Har bir tishchaga sirlangan mis simdan o‘ralgan 18 ta g‘altak 8 o‘rnashtirilgan. G‘altaklar uchta faza chulg‘amlariga bo‘linib, har bir chulg‘amga ketma-ket ulangan oltita g‘altak kiradi. Bitta fazaga taalluqli g‘altaklar ikkita tishcha oralatib uchinchisiga kiygizilgan. Faza chulg‘amlari o‘zaro "yulduz" sxemasi bo‘yicha ulangan, ularning boshlang‘ich uchlari bir joyda tutashib uch fazali sistemaning nol nuqtasini hosil qiladi. Rotor (1.13-b rasm) taramlangan valga presslangan, ikkita, biri ikkinchisinining orasiga kirgan, qarama-qarshi qutbli (biri shimoliy qutb N, ikkinchisi janubiy qutb S ),olti uchli tumshuqsimon po‘lat o‘zaklar 9 dan va ular orasidagi po‘lat vtulka 12 ga sirlangan mis simdan o‘ralgan uyg‘atish chulg‘ami 11 dan iborat. Uyg‘otish chulg‘amining uchlari valdan va biri-biridan izolyatsiya qilingan mis kontakt halqalari 4 ga qalaylab ulangan.

Rotor, qopqoqlarga o‘rnatilgan yopiq turdagi, zo‘ldirli podshipniklarda aylanadi. Generatorni yig‘ish jarayonida podshipniklar yuqori sifatli konsistent moy bilan to‘ldiriladi va ishlatish davrida boshqa moylanmaydi. Aluminiy qotishmalaridan, bosim ostida quyish yo‘li bilan, tayyorlangan generator qopqoqlarida shamollatish darchalari qoldirilgan. Kontakt halqalari joylashgan tomondagi qopqoq 1 ga ikkita mis-grafit cho‘tka o‘rnatilgan, plastmassadan tayyorlangan cho‘tkatutqich 6 va to‘g‘rilagich bloki 3 joylashtirilgan. Cho‘tkalar mis halqalarga cho‘tkatutqichdagi prujinalar 7 yordamida bosib turiladi.




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish