Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (tjabt)ni yaratish va


PARRANDACHILIK XONALARIDA MIKROIQLIM JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH



Download 1,07 Mb.
bet5/6
Sana20.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#827687
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12.bagi

PARRANDACHILIK XONALARIDA MIKROIQLIM JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH
Hozirgi zamonaviy uskunalarning asosan kontaktsiz elementlar bazasida yaratilishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida texnologik jarayonlarni boshqarish, rostlash tizimlarini mikrochizmalar va yarim o’tkazgichli elementlar bilan ishlovchi asboblar bilan ta'minlashni ko’zda tutadi. Kontaktsiz tizimlarning afzalligi shundaki, ular yaxshi himoyalangan, o’rnatilgan ish rejimini xatoliklarsiz ta'minlash imkoniga ega hamda ish muddati, mustahkamlik chegaralari ham uzoqroqdir. Mikroiqlim rejimini avtomatik boshqarish tizimlaridan hisoblangan MKVAU—-3 va «Klimatika» boshqaruv stan-siyalari, asosan ko’p hollarda, chorvachilik va parrandachilik xonalarida qo’llaniladi.
Bu qurilma old tarafdagi eshigi ochiladigan osma shkafga terilgan va u boshqarish qurilmasini atrof-muhit ta'siridan himoya qilishni ta'minlaydi (IP54). Eshikdan quyidagilar o’matilgan: «tarmoq kuchlanish», «me'yor», «sovuq», yozuvli yorug’lik diodlari, «harorat C» yozuvli haroratni rostlovchi buyurtma: ventilatorning baza kuchlanishini (baza tezligini) sozlovchi «baza tezligi» yozuvli buyurtma; haroratning manfiy differensialini sozlovchi «At°C» yozuvli buyurtma. Qurilmaning sezgir elementi TSM—5071 turidagi misdan yasalgan qarshilik termometri hisoblanadi. Harorat oshganda uning qarshiligi ortadi, harorat pasayganda esa aksincha.
MK—VAUZ qurilma yarim o’tkazgichli elementlar aso-sida ishlaydi. Tiristorlarni vertikal-fazali boshqarish uchun (3-rasm) ikkita germaniy triodlardan bo’lgan blokning generatorning siljish kuchlanishini uzaytirish lozim. Kuch blokida 160 A ga mo’ljallangan oltinchi sinfdagi teskari kuchlanishi bo’yicha qilingan 6 ta VSl—VS6 tiristori mahkamlangan.


3-rasm. Mikroiqlimni boshqarishning MK—VAUZ tizimining blok chizmasi.
1 - harorat datchjgi; 2 - o’lchov ko’prigi; 3 - haroratni qo’lda rostlash buyurtmasi; 4 - kuchaylirgich demoldulyator; 5 - siljish tuguni; 6 - baza kuchlanish buyurtmasi; 7 - differensialni belgilangan haroratga rostlash buyurtmasi; 8 - minimal kuchlanish buyurtmasi; 9, 9', 9" - tiristorlami fazoimpulsli boshqarish tizimi; 10 - tiristoriar; 11, 12 - ta'minlash bloklari.
Tiristorlarni tez ta'sir qiluvchi eruvchan FU1..FU6 saqlagich-lar (63 A) himoya qiladi. Qovurg’ali radiatorlar tiristorlarning tabiiy sovishini ta'minlaydi.
Bino ichida harorat berilgandan oshib ketsa, UD demodulyator kuchaytirgichida signal hosil bo’ladi. Bu demodulyator bloki generatorning siljish kuchlanishini kamaytiradi. Buning natijasida chiqishdagi kuchlanish va ventilatorlarning burchak teztigi ortadi. Haroratning berilgan me'yorgacha pasayishi kuchaytirgich demodulyator chiqishida signal paydo qiladi va blok generatorning siljish kuchlanishini ko’taradi. Haroratning yana pasayishi ventilatorlar burchak tezligining yanada kamayishiga olib keladi.
MK—VAUZ boshqarish tizimiga yuklama sifatida VO—7 tipidagi elektr ventilatorlardan foydalaniladi.
Elektr ventilatorlar aylanish chastotasini nazorat qilish uchun elektron taxometr (TESA) ishlatiladi. Uning tishli shkafi orqali o’zgartiriladi va simobli termometr yordamida nazorat qilinadi. qildiragi elektr motori valiga mahkamlan-gan. Harorat isitish shkafi orqali o’zgartiriladi va simobli termometr yordamida nazorat qilinadi.
«Klimatika—4» boshqaruv qurilmasi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish xonalarida havo haroratini bir me'yorda saqlash uchun qo’Uanadi. Bu holat tortuvchi ventilatorlarning elektr yuritmalarining aylanish tezligini bir tekis o’zgartirish bilan amalga oshiriladi.
Elektr yuritmalarining aylanish chastotasi uch fazali tiristorli kuchlanish rostlagichi orqali o’zgartiriladi. Bu rostlagich xona ichidagi havo haroratining qiymati o’zgarishiga bog’liq holda faza o’zgarishi prinsipiga asosan ishlaydi. Uskuna asosan metall korpusdan tashkil topgan bo’lib, uning ichiga kuch bloki va boshqaruv bloki joylashtirilgan. Alohida holda elektr yuritmalarini boshqaruv qurilmasi orqali yoki undan tashqari holda ishga tushirish uchun qayta qo’shgich bloki joylashtirilgan.

4-rasm. TSU-2-KLUZ boshqarish stansiyasi oid panelining ulanish chizmasi


Kuch bloki boshqaruv zanjirida qo’llanuvchi tiristorlar himoya elementlari transformatorlar joylashgan sovitgich guruhiga mahkamlangan. SA2 qayta qo’shgich holati xona uzunligi bo’yicha joylashtirilib, parallel ishga tushiruvchi TSM (ITA) tipidagi datchiklarning soniga mos kelishi kerak. SAl qayta qo’shgich R6, R7, R8, R9 rezistorlari bilan birga harorat datchigi hisob-lanadi. AI ning holati berilgan haroratni 0, 10, 20 va 30°C gacha ortishini ko’rsatadi. Qolgan elementlarning belgilanishi chizmada ko’rsatilgan yozuvlarga mos keladi.


INKUBATORLARDA HARORAT REJIMINI AVTOMATIK ROSTLASH
Parrandalarni inkubatorlarda yetishtirish uchun butun fizikaviy sharoitlar kompleksini ta'minlash zarur. Eng muhim omil issiqlikdir.
Hozirgi zamon elektr inkubatorlarida issiqlik rejimlarini avtomatik rostlash tizimlarini ko’rganda, ularning bir jarayonida tuzilganini va umumiy tartibga ega ekanini aniqlash mumkin. Inkubatorlar haroratini avtomatik rostlash funksional chizmasi 5-rasmda keltirilgan.
Ikkita ta'sir zanjirining har biri komanda organi K ijrochi organ /va rostlash obyektini ulaydi. Rostlash obyektlari sifatida inkubatorni isitish tizimi I yoki uni sovitish tizimi S xizmat qiladi. Isitish tizimini boshqarish zanjiri inkubatordagi havo harorati sozlanma harorat t1 dan kam bo'1ganda ishlaydi. Harorat t1 ga yetganda komanda organi kn isitish elementlanni uzishga signal yuboradi. Hozirgi zamon inkubatorlarida K element sifatida kontaktli termometrlar va atrof-muhit harorati malum darajaga yetganda ishga tushadigan manometrik relelardan foydalaniladi. Isitish tizimida ijrochi organlar sifatida MKU—48 tipidagi va boshqa oraliq relelar xizmat qiladi.

5-rasm. Inkubatorlar haroratini avtomatlashtirish funksional chizmasi.


Agar isitish tizimi uzilganda inkubatordagi harorat oshishda davom etsa, sovitish tizimi ishga tushadi. Sovitish tizimining komanda organi Ko, isitish tiziminikidan farqli o'laroq, sozlanma qiymat r2 dan yuqori haroratda signal beradi. Barcha inkubatorlarda sovitish tizimining sozlanma qiymati r2 isitish tizimining sozlanma qiymati rn dan katta bo’ladi. Masalan, «Universal—50» inkubatorida isitish tizimining sozlanma harorati t, =37,4°C, sovitish tizimining sozlanma qiymati esa t 2 = 37,9°C.
Sovitish tizimining komanda organlari sifatida isitish tizimidagi elenteritfarning a'zi qo’llaniladi. Bti taimning ijrochi organi ventilatoriar ustida joylashgan sovitish klapanlarini ishga soladi. Sovitish klapanlari inkubatorga yangi havo kiritadi, natijada harorat pasayadi.
Sovitish tiziminig komanda organi bu tizimga, shuningdek, signal zanjiriga ham ta'sir etib, haroratningo’ta ortishi to’g’risida xabar beradi. Ijrochi organlarni uch xil vaziyatga o’tkaza oladigan ko’rib chiqilgan releli tizim uch pozitsiyali deb ataladi.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish