TEXNOLOGIK JARAYONLARNINGAVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISHTTZIMLARINING ASOSIY VAZIFALARI Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari murakkab, ko’p vazifali tizimlar turiga kiradi. Bu sinfning ko’p vazifaliligi qator omillar bilan ifodalanadi, ya'ni: identifikatsiyalash; kontrol, himoya va blokirovka; rostlash va boshqarish kabi ayrim funksional yordamchi tizimlarning borligi; lokal, ayrim boshqarish masalalarining umumiy, global maqsadga bo’ysunishining natijasi; yordamchi tizimlar orasidagi ko’p sonli aloqalarning borligi; ayrim obyektlarni boshqarishning markazlashuvi va, nihoyat, turli vazifalarni bajarishda bir xil texnikaviy vositalardan foydalanish imkoniyati mavjudligidir. TJABTlar bajargan vazifalarni quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin: informatsion, boshqaruv va yordamchi.
TJABTlarning informatsion vazifalari ishlab chiqarish xodimlariga (operatorlaga, dispetcherlar) texnologik jarayonda bo’iayotgan o’zgarishlarni o’z vaqtida bilishga imkoniyat yaratadi, texnologik jarayonlarning ketishi haqida aniq axborotlar ishlab chiqishda keraksiz mahsulotlarning kamayishiga olib keladi:
1) texnikaviy va texnologik axborotlarni to’pIash, dastlabki ishlash va saqlash; 2) jarayon va texnologik uskunalar holatining kattaliklarini bilvosita o’lchash; 3) texnologik jarayon va uskunalar kattaliklarining holatini belgilash hamda signal berish; 4) texnologik jarayon va texnologik uskunaiarni hisoblash; 5) yiiqori va qo’shni tizimlarga hamda boshqarish bosqichlariga axborotni tayyorlab berish; 6) texnologik jarayon kattaliklari, texnologik uskunalar holati va hisoblash natija-larini qayd qilish; 7) jarayon kattaliklari va uskunalar holatida berilgan miqdordan farqlarini nazorat va qayd qilish; 8) texnologik uskunaning himoya va blokirovka vositalari ishini tahlil etish; 9) texnikaviy vositalar komplekslari holatini tashxis qilish va oldindan aytish; 10) texnologik jarayonlarni olib borish, shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun axborot va ko’rsatmalarni operativ ravishda tayyorlash; 11) yuqori bosqichli va qo’shni boshqarish tizimlari bilan axborotning avtomatik almashinishini ta'minJash.
Texnologik jarayonni bevosita boshqarish masalasi TJABTlarning boshqarish vazifasini tashkil qiladi. Bunda boshqarish ta'sirlari operatorning ishtirokisiz avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin yoki operatorga ma'lum bir ko’rsatmalar ko’rinishida berilishi (bularni operator qabul qilishi yoki rad etishi mumkin), yohud operator ko’rib chiqqandan so’ng avtomatik tarzda ta'sir etishi mumkin. TJABT larning boshqarish vazifalari quyidagilardan iborat: 1) texnologik jarayonning ayrim kattaliklarini rostlash; 2) bir marotaba mantiqiy boshqarish (himoya, blokirovka qilish); 3) kaskadli rostlash; 4) ko’p aloqali rostlash; 5) diskret boshqarishda programmali va mantiqiy operatsiyalarni bajarish; 6) texnologik jarayonning turg’un holatini optimal boshqarish; 7) texnologik jarayonning noturg’un holati va uskunalar ishini optimal boshqarish; 8) boshqarish tizimini moslashtirgan holda butun texnologik obyektni optimal boshqarish.