3. Ishning dasturi
3.1. Laboratoriya ishlarini bajaradigan texnika xavfsizligi qoidalarini o‘rganish va
o‘qituvchining so‘rovidan so‘ng texnika xavfsizligi daftariga imzo qo‘yish
3.2. Printsipial elektr sxemalardagi elementlarning belshilanishi va sxemani o‘qish
qoidalarini o‘rganish.
Nazorat savollari
1. Prinsipiаl sxеmаlаrni vаzifаsi?
2. Prinsipiаl sxеmаlаrdаgi аvtоmаtik elеmеntlаrni bеlgilаnishlаri?
3. Prinsipiаl sxеmаlаr qаndаy ko`rinishdа bo`lаdi?
2-LABORATORIYA ISHI
AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMLARIDAGI TIPIK ELEKTRIK
SXEMALARINING ISHLASHINI O‘RGANISH VA ULARNI TEKSHIRISH
1.Ishni bajarishdan maqsad
Avtomatlashtirish sohasida ishlatiladigan tipik elementlarning ishini tekshirish
va ularning sxemalarini yig‘ish.
-ishga tushirish knopkasi («Pusk») o‘z-o‘zini blokirovka qilish xolatini tekshirish:
-zanjirni noto‘g‘ri ishga tushirishdan saqlash maqsadidagi elektrik sxema vaqt
relesini va signalini kontrol qilish sxemasini ishini tekshirish.
2. Bajarilayotgan ish tug‘risida umumiy ma’lumot
Avtomatika sohasidagi qo‘llanadigan elektrik sxemalar bajarilayotgan ishga
qarab turli variantlarda yig‘ilishi mumkin. Lekin ish tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
amalda qo‘llanadigan ish sxemalari oddiy va boshqarish uchun qulay bo‘lishi kerak.
Sxemaning aloxida qismlari yoki ma’lum bir element buzilib qolishi natijasida
sxema ishdan to‘xtasa bu xolatlarda avtomatik ravishda ulanadigan tipik
sxemalardan foydalanish lozim. Shuning uchun bu aloxida qullash mumkin bo‘lgan
tipik sxemalar keltiriladi.
1.Ishga tushirish tugmasini blokirovka qilish yordamida boshqarish:
Ushbu sxema (2.1-rasm) KMI relesi kontaktlari yordamida asinxron dvigatel
elektromagnit va boshqa elementlarni ishga tushirish uchun xizmat qiladi.
Sxema KMI relasi, V1 NN V2 boshqaruv kontaktlari ( ishdan tuxtatish va ishga
tushirish kontaklaridan) tashkil topgan. Bu elementlar quya xarakati yordamida ishga
tushirilganligi sababli tashqi ta’sir tuxtatilganda knopkaning kontakti avvalgi o‘z
xolatiga qaytadi. Misol uchun V2 knopkasini bosish bilan 3-4 zanjir ko‘shiladi,
ko‘yib yuborilganda 3-4 ajraladi. Shunday qilib, KM1 relesining ishga tushirish
uchun V2 knopkasini bosib ushlab turishimiz kerak. Amalda ishga tushirish
knopkasi V2 ga paralel xolda relesining qo‘shiluvchi kontakti ulanadi.
10
Bu kontakt g‘altakdan V2 knopkasiga bog‘lik bo‘lmagan xolda o‘tishini
ta’minlaydi. Bu xolatda relening o‘z-o‘zini ta’minlash xolati deb yuritiladi. Shu
yerda nima oddiy o‘tkazgichdan foydalanasa
nima
bo‘ladi,
degan
savol
tug‘ilishi mumkin. Umuman amalda blokirovka qilish qurilmasi operatorni va
ta’minlovchi sxema manbaidagi kuchlanish uzgarganda ximoya qilish vositasi uzilib
xizmat qiladi. Masalan manbidagi kuchlanish uzilib qoladi deb faraz qilaylik.
Xamma qurilma va mexanizmlar ishdan to‘xtadi. Sxemaning blokirovka qilingan
KM1 rele galtagining kontakti uzilib ishdan to‘xtaydi. Yana sxemada kuchlanish
paydo bo‘lsa xech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, chunki bu xolda 3-4 zanjiri uzilgan
bo‘lib, uni qayta ishga tushirish uchun operatorning uzi V2 ishga tushirish
knopkasini (Pusk) bosish lozim. Bunday blokirovka qilinmagan xolatlarda kuchlanish
berilganda elektr qurilmalar va mexanizmlarr o‘z-o‘zidan ishga tushib, ulanib
qoladi.
Bunda podstantsiya shinalardagi umumiy tok ko‘payib ketib avariya 1 xolati kelib
chiqishi va ishlayotgan ishchilarga zarar yetkazishi mumkin. Ko‘pchilik ishga
tushiruvchi rele apparatlarining g‘altaklari ulanishning uzilish xolatida 0,8 V
qiyimatiga moslashtirilgan.bunda agar kuchlanish normal xolatdan 20% kamaysa rele
apparati ishdan tuxtaydi. Notugri ulanish xolatidan ximoya vositasiga ega bulgan
reversiv elektrodvigatelni boshqarish sxemasi (2.1-rasm). Bu sxema reversiv
elektrodvigatelni boshqarish uchun muljallangan. Bunga gidroqurilma misol
bo‘lishi mumkin.
Sxemada elektr yuritma M KM1 va KM2 rele apparatlari va 5 V1 ..V4
boshqaruv knopkalari ko‘rsatilgan. Agar elektr yuritma cho‘lgamlarining A,V,S
fazalarining o‘rni almashtirilsa u o‘zining aylanish yo‘nalishi o‘zgaruvchi Km1,
KM2-3 kontaktlari ana shu vazifani bajaradi. Lekin ikkala KM 1 va KM2 relelari
ishga tushsa, KM1-3, KM2-3 (2.1-rasm) kontaktlari manba orqali qiska tutashish
xosil buladi. (A,V,S chulgamlari qiska tutashib qoladi). Bu xolatni yukotish uchun
KM2-2 vva KM 1-2 ajratuvchi kontaktlari orqali blokirovka qilinadi.
Masalan, zatvorni ko‘tarish uchun yuritmani ishga tushirish lozim bo‘lsin.
Buning uchun V2 ishga tushirish knopkasini bosish kerak KM1 relesi 1-2-3-4-5-2
zanjir orqali ulashadi va KM-1 kutuvchi kontakti yordamida ishga tushiruvchi
knopka V2 ni blokirovka qiladi.
KM1 relesi ishga tushgach, uzining Km-3 kontakti orqali elektroyuritmani
ulaydi va o‘z navbatida zatvorni yuqoriga ko‘tara boshlaydi. Shu bilan bir vaqtda
KM1-2 ajratuvchi kontaktni KM-2 relesini ishga tushiruvchi zanjirini uzadi. Bu xolat
V4 knopkasini bosib bu zanjirni tushirishdan saqlaydi.
Elektr yuritmaning aylanishi yunalishini o‘zgartirish uchun V1 to‘xtatish
knopkasini bosish lozim. KM1 relesi ishdan to‘xtab, barcha kontaktlar o‘ziningg
avvalgi xolatiga qaytadi. Faqat shundan so‘ng elektr yuritmani V4 knopkasi
orqali teskari yunalishda ishga tushirish mumkin.
Vaqt relesi yordamida tuzilgan boshqaruv sxemasi
Bu sxema (2.4-rasm) ma’lum vaqt oralig‘ida ishlaydigan rele apparatini
boshqarish uchun xizmat qiladi.
Sxema quyidagicha ishlaydi: V1, V2 knopkalari yordamida KT vaqt
relesining KT vaqt relesi ishga tushiriladi. Ishga tushirish knopkasi V2 vaqt
11
relesining KT1 – kontakti orasidan blokirovka qilinadi. Ma’lum vaqt o‘tgandan
so‘ng KT-2 kontakti qo‘shilib, KM magnitli ishga tushirgich zanjirni ulaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |