Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн


- BOB.  AVTOMATIK BOSYQARISН TIZIMLARINING



Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/206
Sana30.12.2021
Hajmi8,51 Mb.
#91822
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   206
Bog'liq
avtomatika asoslari va ishlab cniqarisn jarayonlarini avtomatlasntirisn

21- BOB.  AVTOMATIK BOSYQARISН TIZIMLARINING 
PUXTALIGI  
 
21.1.  Umumiy tushunchalar 
 
Parametrlarning  ko‘zda  tutilmagan  nominaldan  og‘ishi  va  ayniqsa,  roslash 
tarkibidagi  hech  bo‘lmaganda  bir  elementning  ishdan  chiqishi  avtomatik  rostlash 
tizimining  (ART)  nominal  ishini  izdan  chiqaradi,  ko‘pincha  butun  tizimni 
buzilishiga olib keladi. Elementlar parametrlarning o‘zgarish sabablari har xil. Xar 
bir element  ma’lum material va ma’lum (nominal) ish sharoiti uchun hisoblanadi, 
shuning  uchun  elementlar  parametrlarining  olinadigan  qiymatlari  ayrim  shartlarni 
hisobga  olmaganda    aniq  va  bir  xil  bo‘ladi.  Ammo  elementlarni  tayyorlash 
jarayonida  elementlarning  haqiqiy  parametrlari  hisoblangan  qiymatlardan    farq 
qiladi,  bunga  esa  parametrdagi  nososliklar  sabab  bo‘ladi.  Ayniqsa,  elementarlarni 
ishlatish  vaqtida  katta  og‘ishlar  paydo  bo‘lishi  mumkin,  bu  og‘ishlarning  qiymati 
shunchalik  katta  bo‘lishi  mumkinki,  normal  ish  nuqtai  nazaridan  yo‘l  qo‘yilgan 
chegaradan  chiqadi.  Masalan  ARSga  kiradigan  kuchaytirgichning  kuchaytirish 
koeffitsientining  kamayishi  statik  xatoning  kattalashishiga  sabab  bo‘ladi  va 
aksincha,  kuchaytirish  koeffitsenti  ortiqcha  kattalashganda  turg‘unlikning 
yo‘qolishiga va hatto rostlash sifatining yomonlashuviga olib keladi. 
 
Elementlar parametrlarining sochilish sabablar texnologik va ekspluatatsion 
turlarga bo‘linadi. 
 
Texnologik sabablarga turli ruxsatlar tufayli kelib chiqqan chetga chiqishlar 
kiradi:  1)  element  tayyorlangan  materialning  xossalari  tufayli  bo‘lgan  ruxsat, 
masalan,  o‘tkazgichning  solishtirma  qarshiligi  yoki  ferromagnit  materialning 
magnit  kirituvchanligi  ma’lum  qiymatga  ega  bo‘la  olmaydi.  Ular  odatda 
nominaldan  ortiq  yoki  kam  tomonga  ruxsat  bilan  beriladi:  2)  elementlar 
detallarining  o‘lchamlariga  beriladigan  ruxsat,  masalan,  mexanikaviy  zvenolar 
orasidagi  bo‘shliklarga  beriladigan  ruxsat  va  hokazo.  Ko‘rsatilgan  sabablarning 
ta’sirini kamaytirish uchun elementlarning konstruktsiyasida rostlash moslamalari 
(o‘zgaruvchan  qarshiliklar,  sig‘im  va  xokazolar)  bo‘lishi  mumkin:  bular 


 
216 
elementning  parametrlarini  ma’lum  chegarada  o‘zgartirish  va  zarur  qiymatni 
o‘rnatishga imkon beradi. Shunisi muhimki, tizimni bunday rostlash parametrlarga 
bo‘lgan ruxsatlarni faqat ma’lum tashqi sharoitlardagina qisqartira oladi. 
Ekspluatatsion  sabablarga:  tashqi  muhitning  ta’siri,  energiya  manbai 
holatining ta’siri, xizmat ko‘rsatish sifati, eskirish va yeyilish kiradi. 
 
Tashqi  muhit,  ayniqsa,  qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida  elementlarni va 
butun  tizimni  ishlatish  vaqtida  muhit  harorati,  havoning  zichligi,  namligi,  gaz 
tarkibi  o‘zgaradi.  Bularning  hammasi  avvalo  alohida  detallar  va  butun  element 
parametrlarining  (o‘tkazgichlar  solishtirma  qarshiligi,  ish    suyuqligi  qovushoqligi 
va xokazolarning) o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
 
Tizimni  ta’minlovchi  energiya  manbaining  holati    ham  element 
parametrlariga    jiddiy  ta’sir    etadi.  Masalan,  manba  kuchlanishining  ko‘tarilishi 
relening  yoki  magnit  ishga  tushurgichning  ishga  tushish  vaqtini  qisqartiradi, 
suyuqlik  bosimining  oshuvi  esa  gidravlik  kuchaytirgich  porshenining  siljish 
tezligini oshiradi. 
Avtomatik tizimlarning elementlarini to‘g‘ri ishlatish uchun yuqori malakali 
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar talab etiladi. 
Elementlarning  parametrlari  ularning  eskirishi  va  yeyilishi  natijasida  ham 
nominaldan chetga chiqadi. Detallar nisbatan sekin eskiradi va yeyiladi. Elementlar 
ishlatishning  boshlang‘ich  davrida  eskiradi,  shuning  uchun  turli  vazifalarni 
bajaruvchi muhim dettallar (masalan, elektron lampalar) zavoddan chiqarilishidan 
oldin “sun’iy” eskirtiriladi. 
 
Har bir elementga kafolatli ishlash muddati belgilanadi, bu muddat tugagach 
eskirish  tezlashadi  va  u  xaqiqiy  holati  qandayligidan  qat’y  nazar,  almashtirilishi 
lozim. 

Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish