Yong’in xakida xabar berish, aloka vositalari va yong’inning oldini olish tadbirlari.
Yong’in boshlanishi xakida uz vaqtida xabar berish, uni tarkalib ketmasdan tezda o’chirishga va uda katta talafotlarning oldini olishga imkon beradi. Yong’in boshlanganligi xakidagi xabar yong’inni dastlab kurgan kishi tomonidan yoki avtomatik ravishda xabar beruvchi tomonidan yong’indan muxofaza qilish punktiga hamda sexning kungilli o’t o’chirish komandasiga xabar qilinishi kerak.
Avtomatik ravishda xabar beruvchi uskunalar samaralirok, chunki ularning datchiklari yong’in chiqishi mumkin bo’lgan xavfli joylarga o’rnatiladi.
Yong’in xakida bakirib, tovush signallari berib, sirena gudok berib, metall parchasini urib, telefon, ratsiya va avtomatik signal beruvchilardan xam foydalanib xabar beriladi.
Yong’in xavfiyukori bo’lgan korxonalar rayon yoki shaxar o’t o’chirish komandalaribilan bevosita telefon alokasi bilan boglanadi. Yigiruv fabrikalari xam, ayniksatitish-savash sexlari shunday aloka vositalariga ega.
Sexlarga o’rnatilgan xabar beruvchi moslamalarning (izveshatellar) bir nechtasi aloka tarmog’iga ketma-ket ulanishi mumkin. Bunday sistema shleyf sistemasi deyiladi. Parallel ulangan xolda xar bir moslama kabul stansiyasi bilan ikkita sim orqali ulanadi. Bunday sistema “nur” sistema deyiladi. Xar bir nurga ketma-ket xolda uchtagacha moslama ulash mumkin. Alokaning “shleyf” sistemasi yirik sanoat korxonalarida qo’llaniladi. Yirik to’qimachilik kombinatlari shular jumlasiga kiradi.
Yong’in xakida xabar beruvchi asboblar tugmali (odam ishga tushiradi) va avtomatik ravishda shlaydigan turlarga bulinadi. Avtomatik xabar beruvchi asboblarning ish prinsipiga karab yorug’lik nuri, to’tun, xarorat ta’sirida ishlaydigan turlari bor. Ular yong’in paytida ajralib chiqadigan yorug’lik energiyasini, to’tun tufayli uzgaradigan yorug’lik kuchini hamda xarorat uzgarishlarini elektr signallariga aylantirib, simlar orqali kabul punktlariga yong’in chiqqan joy xakida xabar beradilar, yoki bu signallar avtomatik ravishda o’t o’chirish vositalarini ishga tushirib yuboradi.
Qarshilik atrofidagi havoning xarorati meyorida bo’lganda tiratronning anod zanjiridagi tok rele R ning ishlashiga yetarli bo’lmaydi. Xarorat ortishi bilan issiklik qarshiligi R1 uzining qarshiligini tezda tushirishi natijasida kupik sxemasi yelkalarining muvozanati buziladi va tiratronning boshkaruvchi elektrodida kuchlanish ortadi. Natijada tiratron yonib uning qarshiligi kamayadi. Bu esa uz navbatida anod zanjiridagi tokning ortishiga va rele R ning ishlab ketishiga olib keladi. Xozirgi paytda yong’in xakida signal bergichlarning (EPS) kuplab sxemalari mavjud. Masalan, 10 ta nurli optik signal beruvchi asbob TOL-10/100 mikrotelefon orqali gaplashish imkonini berbgina kolmay, o’t o’chirish vositalarini xam ishga tushirib yubora oladi. Yong’in xakida xabar beruvchi kompleks moslama SKPU-1 yordamida esa to’tun, xarorat, ochik alangalarni kayerda paydo bo’lganligini xam bilish mumkin.
Yong’in xakida xabar bershning yukori samarali vositasi kulda ishlatiladigan va uz-uzidan ishlab ketadigan elektr yong’in signalizatsiyasidir.
Yong’inga qarshi kurashning asosiy shartlaridan biri uni uz vaqtida bilish va navbatchi xodimga xabar berishdan iborat.
Pilla tortish va ipak yigirish korxonalarining sexlari, ustaxonalar, laboratoriyalar joylashgan xamma binolari, pillalar, ashyolar, tayyor maxsulotlar osborxonalari yong’in signalizatsiyasi bilan jixozlanishi kerak.
Yong’in xabarlagichlari kulda ishlatiladigan (tugmali) va uz-uzidan ishlab ketadigan xillargsha ajratiladi. Uz-uzidan ishlab ketadigan xabarlagichlar esa, uz navbatida, yong’inga olib keluvchi kanday xodisalardan ta’sirlanishiga karab turlarga ajratiladi.
Uz-uzidan ishlab ketadigan yong’in signalizatsiyasi sistemasi yong’in xabarlagichlari (datchiklar), aloka liniyalari va ta’minlash manbalari o’rnatilgan kabul stansiyasi yoki kommo’tator xonasidan tashkil topadi. Xabarlagichlarning kabul stansiyasiga ulanish sxemasiga kura elektr yong’in signalizatsiyasi aylanma va bir nuqtadan tarkalgan bo’lishi mumkin. Birinchi sxemada xabarlagichlar simlar vositasida kabul apparati bilan bir liniyaga ketma-ket ulangan bo’ladi, ikkinchi sxemada esa xabarlagichlar kabul apparatiga radial sxema bo’yicha bir necha joyda ulangan bo’ladi. (101-rasm). Uz-uzidan ishlaydigan yong’in xabarlagichlari ishlab ketish impulsiga kura issiklik, to’tun, yorug’lik, aralash va ultratovush xabarlagichlariga bulinadi.
Aralash xabarlagichlar (KI-1) issiklik va to’tun xabarlagichlari vazifasini bir uzi boshkaradi ( rasm). Ular issiklik xabarlagichi uchun zarur bo’lgan elektr sxemasi elementlarini kushgan xolda to’tun xabarlagichlari asosisda yaratiladi. Ular 100 m2 maydonni nazorat qilib tura oladi.
Ultratovush xabarlagichdan DUZ-4 ishlashi Dopler effektdan foydalanishga asoslanadi. 20 kGs chastotali ultratovushlar kabul kiluvchi uzgartkichlar o’rnatilgan himoyalanayotgan xonada nurlanadi. Xonada xarakatlanuvchi obyektlar paydo bo’lganda ulardan kaytgan ultratovush tebranishlari meyoridagi nurlanishdan fark kiladigan chastotaga ega bo’ladi. Nurlanayotgan va kabul kilinayotgan signallar chastotalaridagi farkni elektron elektr sxemasi tebranishlar (5-30 Gs) ko’rinishda ajratib chiqaradi, bu tebranishlar kabul stansiyasining ko’tblarga ajratish relyelarini ishlatib yuboradi. Mazkur xabarlagichlar 1000 m2 maydonni nazorat qilishi mumkin.
Xar bir signalizatsiya sistemasida kabul stansiyasi bo’ladi. Xozirgi vaqtda kuyidagi kabul stansiyalari qo’llaniladi:
-TOL-10/100 nurli optik trevoga signal stansiyasi yong’in xakida avtomatik va dastaki xabarlagichdan kelgan signallarni kabul qilish va kayd etish hamda trevoga xabarlarini yong’in muxofazasi tashkilotlariga yuborish uchun mo’ljalangan.
SDPU-1 to’tun kurilmasi to’to’tn paydo bo’lishini va xaroratning ko’tarilishini sezadigan aralash DI-1 yoki KI-1 xabarlagichlari o’rnatilgan xonadagi to’tuni aniqlash, shunigdek, tovush hamda yorug’lik signallari berish uchun xizmat kiladi. Kurilma 10 ta nurga mo’ljallab tayyorlanadi, bu nurlarning xar biriga 10 tagacha xabarlagich ulanadi;
-SKPU-1 yong’inga qarshi kompleks issiklik signalizatsiya kurilmasi ( rasm) xabarlagichdan o’t olish (yong’in) chiqqanligi xakida kelayotgan signallarni kabul qilish uchun mo’ljalangan. Kurilma xonalarni qo’riqlash, avtomatik o’t o’chirish vositalari zanjirlarini boshkarish shunigdek 01 sonini avtomatik teradigan sistemadan foydalanib yong’in xakida xabar berish imkonini beradi. U beshta nurga mo’ljallangan bulib, bu nurlarning xar biriga 5 tadan 10 tagacha xabarlagich ulanadi.
SDPU-1 va SKNU-1 kurilmalaridan foydalanadigan yong’in signalizatsiyasining tuzilish sxemasi rasmda keltirilgan va uning afzalliklari yukoridagilardan iborat:
-qo’riqlash signalizatsiyasi sistemasiga ega;
-yong’in xakida xabar berish to’liq avtomatlashtirilgan va “01” ulangan.
-yong’in xakidagi xabar yong’in alokasi markaziy punktiga uzatiladi.
Kurilma 50 ta yong’inga qarshi nurlar va 5 ta qo’riqlash signalizatsisiga mo’ljallab tayyolangan bulib, yong’inga qarshi bitta nurga 10 tagacha KI-1 xabarlagichini hamda bitta SI-1 xabarlagichini ulash mumkin.
Xabarlagichlarning turi va mikdoriga karab SKPU-1 kurilmasi 50 dan 100 ming m2 gacha maydonni nazorat qilib tura oladi.
Issiklik xabarlagichlari 100-150 Vt kuvvatli elektr chirok yordamida tekshiriladi. To’tun va issiklik xabarlagichlari ularga to’tun manbaini yakinlashtirish yo’li bilan tekshiriladi. Yorug’lik xabarlagichi ungga yokilgan gugurt chupini kupi bilan 5 m gacha yakinlashtirish orqali tekshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |