4.4. Chiziqli zvenolarni o‘zaro ulash
Chiziqli zvenolar o‘zaro ulanishini ko‘rib chiqishda ulanish sxemasini uzatish funksiyasiga ta'sirini inobatga olish, ya’ni zvenolar uzatish funksiyalarini bu ulanishni hisobga olgan holda tuzish zarur. Ulanish tartibi zvenolar uzatish funksiyasiga ta’sir qilmasligi uchun mazkur zvenodan keyingi zvenoning kirish qarshiligini yoki undan oldingi zveno chiqish signali quvvatini cheksizga teng kattalik deb qabul qilinadi [1, 3-10].
Bundan keyin zvenolar bir yo'nalishli, ya’ni signallami faqat bir yo'nalishda o'tkazadi va zvenolar uzatish funksiyalari uzatish tartibiga bog‘liq emas deb qabul qilinadi.
Zvenolar ulanishi uch xil bo'ladi: ketma - ket, mos ravishda parallel va teskari ravishda parallel.
Do'stlaringiz bilan baham: |