Avtomatik boshqarish sxemalarining tuzilishi


Vaqt asosida avtomatik ishga tushirish



Download 7,84 Mb.
bet3/5
Sana20.07.2022
Hajmi7,84 Mb.
#829065
1   2   3   4   5
Bog'liq
AVBOSH~1

Vaqt asosida avtomatik ishga tushirish
5-rasm, v da parallel qo’zg’atishli motorni elektro-magnit vaqt relesi bilan avtomatik nshga tushirish sxemasi ko’rsatilgan. Bunda rubilnik P ni ulanishi bplan motorppng qo’zg’atish chulg’ami PQCh va nol tok relesi PNT dan tok o’ta boshlaydi. Shu bilan birga, maksnmal tok relesi RM, birinchi vastt relesi 1PV, yakor va to’la tashqn qarshilik orqali ham tok o’ta boshlaydi. Ammo vaqt relesi 1PV chulg’amining qarshiligi katta bo’lishi sababli yakor zanjiridai o’tgan tok kpchik kiymatga ega bo’lib, motor aylana olmaydi. Vaqt relesi 1RV chulg’amndan tok o’tishi bnlan uning kontakti tezlatish kontaktorlari zanjirlarini elektr tarmog’idan uzib qo’yadi. Agar PQCh va RNT dan nominal qiymatli qo’zg’atish toki o’tib turgan bulsa, motorni ishga tushirish uchun IshT knopkasini bosish kifoya. Bunda birinchi vaqt relesi 1 RV ning chulg’ami liniya kontaktorining L kontakti bilan shuntlanib, bu rele sozlangan vaqt, hisoblana boshlaydi. O’tkinchi re-jim formulasidan topilgan va rele sozlangan vaqt o’tishi bilan vaqt relesi o’z yakorini qo’yib yuboradi va 1TEZ zanjiri 1 RV kontakti bilan elektr tarmog’iga ulanib qoladi. Bunda tezlatish kontaktorining 1 TEZ kontakti bilan qarshilikning birinchi pog’onasi R, hamda ikkinchi vaqt relesi 2RV ning g’altagi shuntlanadi va, natijada, motorning aylanish tezligi maksimal moment ta’sirida yana ortib boradi. Shunday qilib, motor vaqt asosida avt.omatik ravishda ishga tushirilib, tabiiy xarakteristikada turg’un tezlik bilan ishlay boshlaydi.

3-rasm. Parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok motorining: a — e. yu. k.; b — ishga tushirish toki; v — vaqt asosida avtomatik ishga tushirish sxemalari.


Bunday sxema bilan ishlab turgan motorni qisqa tutashish xavfidan maksimal tok relesi RM, qo’zg’atish tokining nominalga nisbatan kamayib yoki nolga teng bo’lib qolish xavfidan esa nol tok relesi RNT himoyalaboshqarish zanjiri zsa qisqa tutashish tokidan, odatda, saqlagichlar bilan himoyalanadi. Vaqt asosida avtomatik ishga tushirish usulining qator afzalliklari borligidan undan o’zgarmas va o’zgaruvchan tok motorlarini avtomatlashtirishda juda keng foydalaniladi.

ELEKTRIK YURITMANI AVTOMATIK TORMOZLAB TUXTATISH USULLARI


Elektrik yuritmalarni tormozlab to’xtatishda, ko’pinchl, elektrodinamik va teskari ulash usullaridan foydalaniladi. Rekuperastiya usulidan esa faqat generator-motor sistemalarida va ko’p tezlikli asinxron motorlardan iborat yuritmalarda foydalaniladi.
Elektrik yuritmani tormozlab to’xtatishni avtomatlashti-rish prinstiplari, uni ishga tushirishdagi singari e. yu. k., tezlik va vaqtga asoslangan bo’lishi mumkin. 4-ras.mda parallel qo’zg’atishli motorni elektrodiia.mik usul bilap e. yu. k. asosida avtomatik tormozlab to’xtatish sxemasi ko’rsatilgan. Bunda to’xtatish knopkasp T ni bosish bilan yakor zanjiri elektr tarmog’idan ajratiladi. Shu ondayok, yakordagn e. yu. k. ta’sirida tormozlash relesi RT qo’zg’atilib, u o’z kontakti RT bilan tormozlash kontaktori KT ni elektr tar-mog’iga ulaydi. Bu kontaktorning KT kontakti elektr tarmo-g’idan ajratilgan yakorni tormozlash karshiligi /?t ga ulab motorki dinamik tormozlanish rejimiga o’tqazadi. Iatnjada tormozlash momenti hosil bo’lib, uning ta’sirpda tezlik, va, demak, e. yu. k. kamayib boradi. E. yu. k. ning bnror kichik qiymatida RT relesining kontakpg bilan KT kontaktori elektr tarmog’idan ajratiladi va^Yotor faqat ishqalanish momenti ta’sirida asta-sekin .to’xtaydi. Tor.mozlash momentining motor to’xtagunga qadar ta’sir etmaslpgi, bu usulning asosiy kamchilngi hisoblanadi.
Asinxron motorni elektrodnnamik usul bilan vaqt asosida avtomatik tormozlab to’xtatish sxemasi ko’rsatnlgan. Bunda to’xtatish T knopkasi bosilishi bilan motor statori elektr tarmog’idan ajratilib, tormozlash kontaktori TOR esa elektr tarmog’iga ulanadi. Tormozlash kontaktori TOR ning kontakti stator chulg’amini o’zgarmas tok manbaiga ulab, motorni elektrodinamik rejimga o’tqazadi. Bu paytda TOR kontaktori yakoriga o’rnatilgan maitnikli vaqt relesi RV ishga tushib, vasttni hisoblay boshlaydi va ozgina zapas bilan hisoblangan to’xtash vaktn tugagach, RV ning kontakti tormozlash kontaktori TOR ni elektr t armog’idan ajratadi.

4-rasm. elektrik yuritmani avtomatik tormozlab tuxtatish usullari


Demak bu usulda tormozlash prostsssi motor to’xtagunga qadar davom etadi. 4-rasm, v da aspnxron motorpi teskari ulash bilan tezlik asosida avtomatik tormozlab to’xtatish sxemasi ko’rsatilgan. Bunda to’xtatish knopkasi T ni bosish bilan o’ng yoki chap tomonga aylanib ishlayotgan motor indukstion tezlik relesi RqS bilan teskari ulanish rejimiga o’tkazilib, avtomatik ravishda tormozlanib to’xta-tiladi. Haqiqatan, agar motor o’ng tomonga aylanib ishlayotgan bo’lsa, u holda tezlik relesining tutashtiruvchi kontakti RqSO’ berk holatda bo’lib, chap tomonga aylantirish kontaktori Ch zanjirini elektr tarmog’iga ulashga tayyorlab qo’yadi. Shu sababli T knopkasini bosish bilan o’ng tomonga aylantirish kontaktori O’ elektr tarmog’idan ajralib, chap tomon kontaktori Ch esa elektr tarmog’iga ulanadi va, natijada, motor teskari ulanish rejimiga o’tqaziladi. Tormozlash momenti ta’sirida motor tezligi keskin ravishda kamayib boradi va nol qiymatga yaqin bo’lgan tezlikda RKS relesining RKSO’ kontakti kontaktor Ch ni elektr tarmog’idak ajratadi. Natijada motor ham elektr tarmog’idan ajratiladi.

O’ZGARUVCHAN TOK MOTORLARINING BOSHQARISH ZANJIRIGA TOK TURINI TANLASH


Soatiga 300--400 marta ulanib, og’ir rejimda ishlaydigan o’zgaruvchan tok motorlari uchun avtomatik boshqarish zanjiriga o’zgarmas tok apparatlarini qo’llash tavsiya qilinadi. Bu apparatlar o’zgaruvchan tok apparatlariga nisbatan birmuncha ishonchli bo’lib, ularning xizmat davri nisbatan ancha katta ulanish soniga teng bo’ladi. Teatr, muzey, kasalxona va shu kabi joylarda o’rnatilgan elektrik yuritmani boshqarishda Ko’llanilgan apparatlarning ishlash paytida qattiq shovqin chiqmasligi uchun uzok muddatli ishlash rejimlarida xam o’zgarmas tok apparatlaridan foydalanish tavsiya qilinadi. O’zgaruvchan tok motorini boshqarish uchun o’zgarmas tok apparaturasidan foydalanish sxemasn ko’rsatilgan.
Bunda bosh va boshqarish zanjiri sxemalari turli tok manbalaridan ta’minlangani sababli motorni nol kuchlanish xavfidan himoyalashda kuchlanish relesi RN qo’llaniladi. Agar boshqarish zanjiri uchun alohida o’zgarmas tok man-bai bo’lmasa, u holda uni ko’rsatilgan to’g’rilagichning va nuqtalariga ulanadi. O’zgarmas tokli boshqarish zanjiriga 220 v dan yuqori bo’lgan kuchlanishni va, demak, yuqori kuchlanishli apparatlarni qo’llash tavsiya etilmaydi.

ELEKTRIK YURITMA BILAN TEXNOLOGIK PROTSESSLARNI


AVTOMATLASHTIRISH USULLARI
Texnologik prostesslarni turli parametrlar, masalan, yo’l, vaqt, tezlik va nagruzka asosida avtomatlashtirish mumkin. Yo’l asosida tuzilgan avtomatlashtirish sxemalarida buyruq beruvchi apparat sifatida turli tipdagi yo’l datchiklari (almashlab ulagich) dan foydalaniladi. Yo’l datchiklari YU1 va YU2 bilan ish mashinasi A elementini holatdan holatga, so’ngra holatdan dastlabki holatga o’tish prostesslarini avtomatlashtirish sxemasi ko’rsatilgan. Bunda IShT knopkasi bosilishi bilan motor o’ng tomonga aylanishga ulanib, L elementningdan holat tomon ilgarilama harakati boshlanadi. A elementi holatga kelishi bilan undagi turtgich orqali YU2 bosilib, uning ajratuvchi kontaktn kontaktor U ni elektr tarmog’ndan ajratadi, tutashtiruvchi kontakti esa Ch kontaktorini elektr tarmog’iga ulaydi. Bunda kotor chap tomonga aylanishga ulanib A elementiningdan holat tomon ilgarilama harakati boshlanadi. A elementi dastlabkiholatga kelishi bilan YU1 bosilib uningajratuvchi kontakti Ch kontaktorini elektr tarmog’idan ajratadi va natijada A elementining harakati to’xtatiladi. Agar A elemeshi bunday harakatining avtomatnk ravishda takrorlanishi zarur bo’lsa, u holda IShT knopkasining YO ni tutashtiruvchi kontakti bilan shuntlanishi kifoya.
Tezlik asosida tuzilgai avtomatlashtirish sxemalarida buyruq beruvchi apparat sifatida taxogenerator (tezlik datchigi) dan foydalaniladi. Texnologik prostess talabiga bimo-an, elektrik yuritmani aniq joyda yoki aniq holatda to’xta-tish lozim bo’ladi. Ma’lumki, aniq to’xtatish uchun, dastavval, motorning boshlang’ich aylanish tezligini mumkin qadar pasaytirish kerak. Texnologik prostess tugashi bilan elektrik yuritma dastlabki tezligini impuls usuli bilan pasaytiruvchi sxema ko’rsatilgan. Bunday avtomatlashchirish sxemalarida ham tezlik datchigi yo’l datchigi bilan birgalikda qo’llaniladi. Texnologik prostessning to’gashi bilan Lo’l datchigi YU bosilib, o’ning kontakti kontaktor O’ zanjirini elektr tarmogidan ajratadi. Natijada motor ham elektr tarmog’idan ajrab, tezligi kamayib boradi. Tezlikning kichik bir qiymatida taxogenerator kuchlanishidan ta’minlanuvchi rele 1 RP kontakti motorni teskari tomonga aylantiruvchi kontaktor Ch ni elektr tarmog’iga ulaydi. Bunda motor tor-mozlanib, tezligi nolgacha pasayadi, so’ngra teskari tomonga aylana boshlaydi. Tezlik qiymati berilgan kichik qiymatdan ko’payishi bilan taxogenerator yakoriga ulangan relening kontakti Ch kontaktornni elektr tarmog’idan uzadi. Bunda motor ham elektr tarmog’idan uzilib, uning tezligi yana pasaya boshlaydi va hokazo Matijada motor o’rtacha qiimati past bo’lgan tezlik bilan ishlay boshlaydi. Suv bilan ta’minlovchi nasos stanstiyasn ishini elektrik yuritma bilan avtomatlashtirish sxemasi ko’rsatilgan. Bunda nasos stanstiyasi avtomatik ravishda ishlashi uchun komanda (buyruq) beruvchi asosiy apparach sifatida kalqovichli reledan foydalaniladn.
Qalqovichli relening simobli kontakt sistemasi nasos motorini boshkaruvchi kontaktor shulg’ami zanjiriga ketma-ket ulanadi. Simobli kontaktning holatn bosim baki BB dagi suv sathiga bog’liq bo’lib, uning yuqori sathida ochiq, quyi sathida esa berk bo’ladi.

5- rasm. Bosimli qozoiga ega nasos stanstiyasi ishini elektrik yuritma bilan avtomatlashtirish.


Rubilnikni ulanishi bilan motor M suvni nasos orqali bakka ko’tara boshlaydi va suvning sathi yuqori belgiga etganda, motor avtomatik ravishda to’xtatiladi. Bakdagi suv iste’molchilarga tarqatilganda uning sathi pasayib boradi va pastki belgida motor o’z-o’zidan ulanib, bakni yana suv bilan to’ldira boshlaydi. Nasos stanstiyasini avtomatik ravishda ishlatuvchi sistemada biror buzuqlik sodir bo’lsa, uni kalit N. bilan boshqariladi. 5- rasmda xavo-suv bosimli kozonga ega bo’lgan nasos stanstiyasi ishini avtomatlashtnrish sxemasi ko’rsatilgan.
Nasos staniiksi ishini avtomatlashtirishda buyruq beruvchi asosiy apparat sifatida bosim relesi BR dan foydalani-ladi. Suv iste’molchilarga tarqatilganda berk qozondagi bosim kamayib, bosim relesining kontakti berkiladi va nasos motori o’z-o’zidan ishga tushadi. Nasos stanstiyasini ishlab turganda iste’molchilardan ortib qolgan suv yana kozonga tushadi. Qozondagi suv ko’payishi bilan, uning bosimi ham ortib boradi va bu bosimning berilgan qiymatida bosim relesi o’z kontaktini ochib, motorni elektr tarmog’idan ajratishga buyruq beradi. Avtomatik sistemada biror buzuqlik sodir bo’lib qolsa, nasos stanstiyasi ishini kalit K bilan boshqarnsh mumkin.

STANOKLARNING AVTOMATIK LINIYALARI


Murakkab shaklli materialga turli xil ishlov berilganda yordamchi harakat prostesslariga juda ko’p vaqt sarflanadi.
Haqiqatan, materialni biror tipdagi stanokka o’rnatish, uni qisish, stanokni ishga tushirish va to’xtatish, ishlov berilgan materialni bo’shatib, uni boshka tipdagi stanokka o’rnatish kabi yordamchi harakat prostesslariga ko’p vaqt ketib, mexnat unumi past bo’ladi.
Agar murakkab materialga ishlov berish uchun bir necha agregat stanoklarini texnologik talabga ko’ra bir qatorga o’rnatib, ulardan avtomatik liniya tuzilsa, yordamchi harakatlar vaqti anchagina qiskarib, stanoklar liniyasnning ish unumi ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi. Bunda turli xil keskich asboblari o’rnatilgan kallakli shpindel, agregat stanoklari, ishlov beriluvchi materialni uzatish transportyori va qisish qurilmalari orqali bir-biri bilan kinematik bog’lanishda hamda o’zaro blokirovka aloqalariga ega bo’ladi.
Avtomatik liniyalarda berilgan buyrustning bajarilishi, asosan, yo’l datchiklari bilan nazorat qilinib turiladi. Bunday liniyalar avtomatik, yarim avtomatik va sozlash rejimlarida ishlashi mumkin.
Liniyaning avtomatik ish rejimida, ishlov beriluvchi material dastavval berilgan holatda o’rnatilib mahkamlanadn, sungra keskichlar o’rnatilgan shpindel kallagi u tomon katta tezlikda yo’naltiriladi va ular orasidagi masofa berilgan qiymatga tenglashganda kallak harakati kichik ish tezligiga o’tkaziladi. Ishlov berish prostessi tugagach, hamma kallyaklar dastlabki holatlarpga katta tezlik bilan qaytariladi, material esa bo’shatilib, transportyor yordamida keyikgi ishlov berish joyiga uzatiladi va shu bilan avtomatik ish stikli tugab, keyingi stikl boshlanadi. Biror avariya sababli to’xtab qolgan likiyani qaytadap nshga tushirish uchun sozlash kiopkalari bilan hamma mexanizmlarni dastlabki holatlariga qaytarish lozim, aks xolda avtomatik blokirovka liniyani ishga tushirishga yo’l sto’ymaydi. Avtomatik liniyalar ishining nshonchliroq bo’lishini ta’minlash uchun ularda qo’llanilgan boshstarish apparatlari sonini iloji boricha kamaytirish, kichik toklarga mo’ljallangan ixcham va.kontaktsiz asbob, apparat na mantiqiy elementlardan foydalanish tavsiya ilinadn.
Stanoklar liniyasida asosiy motor sifatida qksqa tutash-tprilgan rotorli asinxron motorlari qo’llanilib, ular gidravlik moslamalar bilan birgalikda ishlatiladi.

BERK SISTEMALI AVTOMATIK BOSHQARISH SXEMALARI


Teskari aloqa zanjiriga ega bo’lgan sistemalar berk boshqarish sistemasi deyiladi. Elektrik yuritma sistemasini ja-dal ishga tushirish va tormozlab to’xtatish, uning turg’un tezligini o’zgartirmay saqlash va keng miqyosda rostlash, motor-shshg turli tipdagi mexanik xarakteristikalarga ega bo’lishiii ta’minlash uchun berk sistemali avtomatik boshqarish sxemalardan foydalaniladi.
6-rasm, a da uchta qo’zg’atish chulg’amiga ega bo’lgan berk zanjirli generator-motor sistemasi ko’rsatilgan; parallel va ketma-ket qo’zg’atishli chulg’amlarining magnit yurituvchi kuchlari (amper-o’ramlari);— tegishlicha mustaqil, parallel va ketma-ket qo’zgatishli chulg’am zanjirlariga kiritilgan tashqi qarshiliklar.

6- rasm. Uchta qo’zgatish chulg’amli generatorga ega bo’lgai geierator-motor sistemasi:


a — sxemasi; b — ekskavator tipli mexanik xarakteristikasi.
Bu qarshiliklar bilan qiymatlari rostlanadi. Generator kuchlanishi va, demak, motor tezligini keng diapazonda rostlash uchun va qiymatlarini o’zgartirish kerak bo’ladi, 6-rasm, b da ko’rsatilgan ekskavator tipli mexanik xarakteristikalarning keskin burilishiga tegishli stkska tutashish momenti Mq yoki toki Iq qiymatlarinn rostlash uchun esa Rtk ni o’zgartirish kerak bo’ladi. Ekskavat or a shu kabi ish mashnnalarning ba’zi mexanizmlarida tez-tez o’ta yuklanish hollari sodir bo’lib turadi. Bunda nagruzkaning kiymati hatto yuritmani to’xtatib qo’yish darajasigacha ortib borishi mu.mkin. Bunday hollarda elektrik yuritmaning mexanik xarakternstikasi keskin burilishga ega bo’lib, motor o’ziga xavfln bo’lgan qisqa tutashish, ya’ni n = 0, I = I, M = Mq. rejimlaridan avtomatik ravishda himoyalanishi kerak. Keskin burilishli, ya’ni ekskavator tipli deb ataluvchi mexanik xarakterpstikani olish uchun motorni ta’minlovchi tok manbaini tashsti xarakteristikasi keskin burilishga ega bo’lishi lozim. Uchta chulg’amli generatordan keskin burilishli xarakteristika olish uchun uning magnit yurituvchi kuchini umumiy qiymati F = Fn + Fm + Fk bo’lishi kerak.

TESKARI ALOQA ZANJIRLARI


Biror sistemaning keyingi zvenolaridan energiya olib, so’ngra bu energiya bilan uning oldingi zvenolarpga ta’sir etuvchi zanjir teskari aloqa deb ataladi. Teskari aloqa zanjiri bir qancha elementlardan iborat bo’lib, uning ta’sirini. 6- rasmdagi generator-motor sistemasi misolida ko’rsatish mumkin. Bunda generator mustaqil qo’zg’atish chulg’amini uning boshqaruvchi chulg’ami, parallel va ketma-ket chulg’amlari esa uning teskari aloqa chulg’amlari deyiladi. Teskari aloqa chulg’amlarining ulanish joyi va sxemasiga qarab, ularni tok, kuchlanish yoki tezlik asosida tuzilgan teskari aloqalar deb ataladi. Agar teskari aloqa zanjiridagi signal asosiy boshqarish chulg’amidagi signalga mos bo’lnb, umumiy signalni kuchaytirsa, bunday teskari aloqann musbat, aks holda manfiy teskari aloqa deyiladi. Agar teskari aloqa zanjiridagi signal qiymati rostlanuvchi miqdorning o’zgarishigz proporiional bo’lsa, uni qattiq, rostlanuvchi miqdoriing o’zgarish tezligiga proporstional bo’lgan taqdirda zsa elastik teskari aloqa deb ataladi. Demak, uch chulg’amli generatorning parallel qo’zg’atishli chulg’ami uning kuchlanishiga binoan musbat va qattiq teskari aloqani ifoda.chasa, ketma-ket qo’zg’atish chulg’ami yakor zanjiridagi nagruzka tokiga binoan manfiy va qattiq teskari aloqani ifodalaadgya. Shu sababli biror turg’un rejimda ishlab turgan motorning nagruzkasi keskin o’zgarsa, generator qutblarida o’rnatilgan uchta qo’zg’atish chul-g’amidagi toklardan hosil bo’lgan F va, demak, kuchlanishning qiymati keskin kamayadi. Demak, bunday generatordan ta’minlanuvchi motorning mexanik xarakteristikasi ham uni xavfli nagruzkadan avtomatik ravishda himoyalovchi keskin burilishli xarakterga ega bo’ladp. Agar 6-rasm, a dagi tok va kuchlanishga binoan olingan teskari aloqa toklari yo’nalishi-ni teskarisiga o’zgartirilsa, u holda, motorning mexanik xarakteristikasi keskin burilish o’rniga yuqori qattiqlikka ega bo’ladi va, demak, berilgan turg’un tezlik qiymati o’zgartirilmay saqlanadi.
7-rasmda kechiktirilgan teskari alo;a zanjirli G—M sistemasi ko’rsatilgan. Uchta chulg’amli generatorning ventil va o’zgarmas tok manbai orkali ulangan ketma-ket qo’zg’atishli chulg’ami kechiktirilgan teskari aloqa zanjiri deb ataladi. Kechiktirilgan teskari aloqa zanjiridan nagruzkaga proporstional bo’lgan tokning o’tishi uchun bo’lishi lozim, bunda Uc kechiktirilgan teskari aloqa zanjiridagi tok manbaining o’zgarmas qiymatli kuchlanishi. Bunn solishtiriluvchi kuchlanish deb ham ataladi. Agar ekskavator tipli mexanik xarakteristika olinishi kerak bo’lib, uning keskin burilishidagi nagruzka toki Iya = Is = 2In bo’lsa, u holda 2In Rsh > Us bo’lishi lozim.

7- rasm. Kechiktirilgan teskari aloqa zanjirli generator-motor sistemasining sxemasi.


Demak, berilgan nagruzka qiymatida keskii burilishi aniq bo’lgan ekskavator tipli xarakteristikani olish uchun kechiktirilgan teskari alosta zanjiri bo’lishi shart. Motor tezligini o’zgartirmay saqlash, uni keng diapazonda rostlash hamda ekskavator tipli mexanik xarakteristikaga ega bo’lish uchun, ko’pincha, elektromashina kuchaytirgnchli G — M sistemalaridan foydalaniladi. Bunday sistemalarda ko’ndalang magnit maydonli elektr mashina kuchaytirgichi EMKsht qo’zg’atish chulg’amlaridan biri boshqarish, ikkinchisi mo’tadillashtirish, qolganlari esa turli parametrlar bo’yicha teskari aloqa vazifalarini bajaradi. EMK ning kuchaytirish koeffistienti bo’lgani uchun kirish parametrlarining ayniqsa o’tkinchi rejim pantida bir oz o’zgarishi chiqish parametrlarining keskin o’zgartirishi mumkin. EMK chiqish kuchlanishini o’zgartirmay saqlash uchun qo’zg’atish chulg’amlaridan biri 8- rasm, a dagi sxemaga binoan ulanib, mo’tadillashtirish vazifasini bajaradi. Bunda EMK chiqish kuchlanishi qiymati asta-sekin o’zgarsa yoki o’zgarmasa, u holda mo’tadillashtiruvchi chulg’am 1BCh zanjiridan tok o’tmaydi, keskin o’zgarganida esa, masalan, ko’payganida, kondensator zaryadlana boshlaydi va, demak, undan zaryadlash toki o’tib kamayganida razryadlash toki o’tadi.

8-rasm. Ko’ndalang magnit maydonli elektr mashina kuchaytirgichning mo’tadillashtirish sxemalari:



Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish