KIRISH
Elektrik yuritma va ish mashinasidan samarali foydalanish yo’li bilan mexnat unumini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish uchun elektr motorini ishga tushirish, tormozlab to’xtatish, reverslash kabi o’tkinchi rejimlarni va turg’un tezlikda aylanish prostesslarini eng yaxshi ko’rsatkichlar bilan, ya’ni optimal suratda o’tkazish zarur. Buning uchun elektrik yuritmalarni avtomatlashtirnsh lozim. Elektrik yuritmalarni avtomatlashtirish ayniqsa ularning qisqa muddatli ish rejimlarida katta ahamiyatga ega. Haqiqatan, bunday rejimda ishlaydigan, masalan, bo’ylama randalash stanoklari va prokat stanlari elektrik yuritmalari ish stiklining 30--40% ini o’tkinchi prostesslar tashkil qiladi. Bunday ish mashinalari ucho’n avtomatlashtirilgan elektrik yuritmadan foydalanilsa, elektr motornning optimal ko’rsatkichlar asosida avtomatik boshqarish natijasida o’tkinchi prostesslaruchun ketadigan vaqt keskin kamayadi, texnologik prostessni takomillashtirishga imkoniyatlar yaratiladi. Elektrik yuritmani avtomatlashtirish uchun boshqarish apparatlari asosida tuzilgan boshqarish sxemalaridan foydalaniladi. Avtomatik boshqarishda boshlang’ich buyruq operatornnng knopkani bosishi yoki komanda — kontrollerni berilgan holatga o’tkazish bilan beriladi. Shundan keyin elektrik yuritma belgilangan qonun asosida ishlay boshlaydi.
Elektrik yuritmalarni avtomatik boshqarish uchun ochiq va berk sistemalar asosida tuzilgan boshqarish sxemalaridan foydalaniladi. Ochiq boshqarish sistemalarida tok manbai yoki nagruzka parametrlari o’zgartiriladi va elektrik yuritma yapgi ko’rsatkichlar bilan ishlay boshlaydi. Berk boshqarish sistemalarida esa teskari aloqa zanjiri bo’lib, shu tufayli elektrik yuritma doimo berilgan ko’rsatkichlar bilan ishlaydi.
AVTOMATIK BOSHQARISH SXEMALARINING TUZILISHI
Murakkab boshqarish sxemalarida juda ko’p asbob va apparatlar ishlatiladi va shu sababli sxema ishini tez va oson tushunib, uni to’g’ri talqin qilish uchun sxema elementlari shartli belgilar bilan belgilab chiqili-shi lozim. Sxemalarda elementlarning normal xolatlariga tegnshli belgilar ko’rsatiladi. Kontaktorning qo’zg’atish chulg’amiga tok berilmagandagi va, demak, bosh kontaktlarining ochist bo’lgan holati uning normal holati deb ataladi. Komanda (buyruq) beruvchi apparatlar, masalan, knopka, kontrollyor va turli datchiklarning kontaktli yoki kontaktsiz sistemalari holatining tashqi ta’sir natijasidan ilgarigi (dastlabki) holati ularning normal holati deb ataladi. Bir xildagi apparatlarni bir-biridan ajratish uchun ular bir necha bosh harflar bilan belgilanadi. Bunda birinchi harf apparatning nomiga taalluqli bo’lsa, boshqalari uning sxemadagi vazifasiga taalluqli bo’ladi. Masalan, KL — liniya kontaktori (kontaktor lineyniy), ya’ni bu kontaktor bilan bosh zanjir liniyasi tutashtiriladi. Agar sxemada bir xil elementlar bir xil vazifalarni bajarsa, ularning harfiy belgilari oldiga sonlar qo’yiladi, masalan, 1 KL, 2 KL va hokazo.
Sxemalardagi apparatlarga tegishli turli elementlar shu apparatlar belgisi bilan ifodalanadi. Masalan, liniya kontaktori chulg’ami 1 KL bilan belgilangan bo’lsa, u holda bu kontaktorga tegishli bo’lgan bosh va blok kontaktlar ham 1 Km bilan belgilanadi. Elektr sxemalarida bosh va boshqarish zanjirlari bo’ladi. Elektr motorlarining nagruzka toki o’tuvchi yakor, rotor va stator chulg’amlari ularning bosh zanjirlari hisoblanadi. Bu zanjirlar boshqarish zanjiriga nisbatan yo’g’on chiziqlar bilan ifodalanadi; boshqarish zanjiriga esa boshqarish, signallash va nazorat qilish apparatlarining elementlari ulangan zanjirlar kiradi. Boshqarish sxsmalari prinstipial (yoyilgan) va montaj sxemalari tarzida bernlishi mumkin.
Yoyilgan sxemaning har bir elementi o’zining ulanish tartibiga binoan joylashgan bo’lib, bunda ishlash prinstipink oson tushunish hisobga olinadi, sxema elementlarining turar joyi esa hisobga oliimaydi. Asinxron motorni avtomatik boshqarish sxemasi ko’rsatilgan. Bunda sxemaning ishlash prinstipi, undagi apparatlarning bir-biriga ta’sirlari yaqqol ko’rinib turibdi. Shu sababli bunday sxema prinstipial sxema deyiladi. Boshqaruvchi apparatlarning panelga o’rnatilish tartibini hisobga olib tuzilgan sxema montaj sxemasi deyiladi.
1-rasm. Asiixron motorni avtomatik boshqarishning:
Do'stlaringiz bilan baham: |