a — pri.shipnal; b — montaj sxemalari.
Bunday sxemadan boshqarish panellarini montaj qilishda (yig’ishda) foydalaniladi. 1- rasm, b da 1- rasm, a asosida tuzilgan montaj sxemasi ko’rsatilgan. Montaj sxemasini o’qish prinstipial sxemaga nisbatan ancha murakkab bo’ladi.
OCHIQ SISTEMALI AVTOMATIK BOSHQARISH SXEMALARI
Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorni magnitli yurgizib yuborgich bilan bir tomonga boshqariladigan sxema ko’rsatilgan. Bunda xavfsizlik qoidasiga muvofiq motorni ishlatish paytidagina rubilnik P ulanadi, boshqa paytlarda esa ajratilib qo’yiladi. Shu sababli motorni ishga tushirish uchun IShT (pusk) knopkasini bosish kifoya. Bunda quyidagidan iborat boshqarish zanjiri xosil bo’ladi: birinchi faza, issiqlik relelarining ajratuvchi 2 RI va 1 RI kontaktlari, kontaktorning sto’zg’atuvchi KL chulg’ami, IShT knopkasini tutashtiruvchi kontakt, to’xtatish T (stop) knopkasini ajratuvchi kontakt va ikkinchi faza. Natijada magnitli yurgizib yuborgichning KL g’altagi sto’zg’atilib, o’ning bosh kontaktlari KL bilan motor elektr tarmog’iga ulanadi. Bunda Ikontaktorning blok kontakti KL bilan IShT knopkasi shuntlanishi sababli uni bir onda bosib, so’ngra bo’shatilsa ham 'motorning boshqarish zanjiri elektr tarmog’idan uzilmaydi. Motorni to’xtatish uchun T knopkasini bosish kifoya. Elektr tarmog’idagi kuchlanish biror sababga ko’ra keskin kamayib yoki yo’q bo’lib qolsa, u holda ishlay.turgan motor o’z-o’zidan to’xtab qoladi. Ammo kuchlanishning qiymati tiklangandan so’ng ham u o’z-o’zidan ishga tusha olmaydi. Motorni ishga tushirish uchun IShT knopkasini qayta bosish kerak. Demak, magnytli yurgizib yuborgichga ega sxema nol kuchlanish xavfidan himoyalangan bo’ladi. Sxemadagi issistlik relesi motorni uzoh muddatli o’ta yuklanishi natijasida haddan tashqari stizib ketishdan himoyalaydi. Agar bu relening qizish elementi haddan tashqari qizib ketsa, u holda relening ajratuvchi kontaktlari 1PI va 2PI kontaktor KL chulg’amini toksiz qoldiradi va natijada motor elektr tarmog’idan ajratiladi.
2-rasm, a da reversiv rejimda ishlaydigan asinxron motorni avtomatik boshqarish sxemasi ko’rsashlgan. Bunda a — bosh zanjir, 6 va v - boshstarish zanjirlarining sxemalarp; KO’ va KCh — motorni o’ng va chap tomonlarga boshstaruvchi kontaktorlar; O’ va Ch — motorni o’ng va chap tomonlarga aylaktirish uchun buyruq beruvchi knopkalar. Motorning aylanish yo’nalishini o’zgartirib boshqarish uchun KO’ va KCh kontaktorlaridan iborat reversiv magnitli yurgizib yuborgichdan foydalaniladi. Reversiv magnitli yurgizib yuborgichdagi KO’ va KCh kontaktorlar bir ramaga o’riatilgan bo’lib, ular mexanik blokirovkaga ega bo’lishi shart. Agar biror sababga ko’ra KO’ va KCh kontaktorlarining asosiy kontaktlari bir vasttda tutashib qolsa, u holda bosh zanjirning A va S fazalari o’zaro qisqa tutashib katta avariya sodir bo’lishi mumkin. Bunga yo’l ko’ymaslik uchun boshqarish zanjiriga elektr blokirovka, ya’ni KU kontaktori zanjiriga KCh koitaktorining blok kontakti KCh kiritilib, KCh kontaktorining zanjiriga zsa KO’ kontaktorining blok kontakti KU kiritiladi (2-rasm, b). Natijada, motorni o’ng yoki chap tomonga aylantirish uchun buyruq berilganda uni teskari tomonga ulab ishga tushiruvchi kontaktor zanjiri KU yoki KCh blok kontaktlari bilan ochilib stoladi. 2- rasm, v dagi sxemada boshqa xil elektr blokirovka ko’rsatilgan. Bunda o’ng tomonga aylantirish knopkasi bosilganda, uning ajratuvchi U kontakti chulg’am KCh zanjirini ochib qo’yadi va aksincha. Shu sababli bu sxemada ham ikkala knopka tasodifan bir paytda bosilib qolsa, motor elektr tarmog’iga ulana olmaydi va, demak, avariya sodir bo’lmaydi. Bu sxemada birtomonga aylanib turgan motorni teskari tomonga aylantirish uchun o’sha tomop knopkasini bosish kifoya. 2-rasm, b dagi sxemada gsa motorni teskari tomonga aylantirish uchun dastavval uni to’x tatish, so’ngra boshqa tomon knopkasini bosish kerak. Elektr blokirovkalarda ajratuvchi kontaktlar biror sababga ko’ra zanjirni ajratmay qo’yishi mumkin. Shuning uchun reversiv magnitli yurgizib yuborgich bilan boshqariluvchi sxemaning nshi ishonchli bo’lishi uchun elektr b lokirovkadan tashqari, mexanik blokirovkadan ham foydalaniladi.
2-rasm. Reversiv rejimda ishlaydigan asinxron motori:
a — bosh zanjir sxemasi; b va v — elsktr blokirovkaga ega boshqarish sxemalari
Bunda ikkala kon-taktorning qo’zg’aluvchi kontakt sistemalari bir-biriga maxsus richag bilan bog’langan bo’lib, ular bir vaqtda tutasha
olmaydi. Agar boshqarish sistemasi faqat mexanik blokirovkaga ega bo’lsa, u holda bir tomonga aylanib turgan motorni teskari tomonga aylantirish uchun dastavval uni to’xtatish knopkasini bosib to’xtatish, so’ngra tyoskari tomon knopkasini bosish lozim. Agar yanglishib motorni to’xtatmasdan turib teskari tomon knopkasi bosilsa, kontaktor chulg’amidan tok o’tishiga qaramasdan, u o’z yakorini torta olmaydi. Teskari tomon knopkasi uzoq vaqt yoki ketma-ket bosilaversa, kontaktorning chulg’amidan katta qiymatli tok o’tib, uni kuydirishi mumkin.
ELEKTRIK YURITMANI AVTOMATIK ISHGA TUSHIRISH USULLARI
Qisqa muddatli takrorlanuvchi ish rejimlarida elektrik yuritmani ko’p pog’onali reostat qarshiligi bilan ishga tushirish prostessi ancha murakkab bo’lib, uni operator orqali boshqarilganda qiyinchilik va xatoliklar yuz berishi mumkin. Ishga tushirish prostessining turli vaqtlarida motorning tezligi va toki turli qiymatlarga ega bo’lishi sababli bu prostessni tezlik, tok va vaqt asosida avtomatik boshqarish mumkin. Elektr motorlarini tezlik asosida ishga tushirishda markazdan qochar kuch prinstipiga asoslangan murakkab tuzilmali tezlik relelaridan foydalaniladi. Amalda ishga tushirish prostessini tezlik asosida avtomatlashtirish o’rniga unga proporstional bo’lgan e. yu. k. asosida avtomatlashtiriladi. 3-rasm, a da parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok motorini e. yu. k. asosida avtomatlashtirib ishga to’shirish sxemasi ko’rsatilgan. Bunda IShT knopkasi bosilishi bilan motor uch pog’onali reostat qarshiligi vositasida avtomatik ravishda ishga tushiriladi. Motorning aylanish tezligi p ga tenglashganida kuchlanish asoslangan bi-rinchi tezlanish kontaktori ishga tushadi va uning kontakti.
Do'stlaringiz bilan baham: |