Elip sistemasining texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari G — M nikiga nisbatan past bo’lgani uchun undan deyarli foydalanilmaydi. Amalda boshstariluvchi simobli to’g’rilagich va motordan iborat bo’lgan BST—M deb ataluvchi ion elektrik yuritma sistemasidan keng foydalaniladi. BST — M sistemasining bosh zanjir sxemasi ko’rsatnlgan. Bu sistemada ham simobli to’g’rilagich to’riga beriladigan kuchlanish fazasini anod kuchlaiishi fazasiga nisbatan o’zgartirish uchun turli tipdagi faza siljitgichlardan foydalaniladi.
Ma’lumki tiristordan o’tadigan to’g’rilangan tok yoki kuchlanish qiymatini rostlash uchun uning boshstarish elektrodiga beriluvchi musbat potsnstial fazasi a ni uning anodidagi kuchlanish fazasiga nisbatan o’zgartirish kerak. Buning uchun magnit kuchaytirgichi MK ning boshstarish chulg’ami 1—2 ga beriluvchi o’zgarmas tok qiymatini o’zgartirish kifoya. Agar 1—2 ga tok berilmasa, MK to’yinmagan holatda bo’ladi. Uning ish chulg’amining induktiv X1 karshiligiga nisbatan juda katta bo’lib, transformator chulg’amidagi kuchlanish asosan ish chulg’amida hosil bo’lgan kuchlanish tushuviga sarflanadi. Bunda R, dagi musbat potenstial juda kichik qiymatga ega bo’lib tiristor berk holda bo’ladi, ya’ni undan tok o’tmaydi. Agar 1—2 ga beriluvchi tok qiymatini ko’paytirilsa, u holda MK to’yinib ish chulg’amining induktiv X qarshiligi R, ga nisbatan kichik bo’lib qoladi. Bunda, dan olinib tiristorning boshqarish elektrodiga beriladigan musbat potenstial katta qiymatga ega bo’lib, tiristor ochiladi. Demak MK ning boshqarish chulg’amidagi tokni o’zgartirib uning to’yinish momentini o’zgartirish va, demak, tiristorning ochilish burchagini, ya’ni undan o’tadigan tok qiymatini rostlash imkoni olinadi, bunda: TP, — tiristorning boshqarish elektrodi zanjirini tok bilan taminlovchi transformator; B2— magnit kuchaytirgichining ish chulg’amidan bir tomonlama tok o’tishini ta’minlovchi ventil; B — tiristor boshqarish elektrodi zanjirini unga xavfli bo’lgan teskari, ya’ni manfiy potenstialdan himvyalovchi ventil; R2 — boshqarish elektrodiga beriluvchi musbat potenstial qiymatini chegaralovchi karshilik. So’ngra bu o’zgarmas tokni T2 tiristorlari bilan uch fazali tokka aylantirib transformator orqali elektr tarmog’iga uzatiladi. Ikkinchi komplektdagi tiristor G, larni ochilish faza ketma-ketligini o’zgartirib, motorni revgrslash imkoni ham olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |