2
Avlokulov A.Z., Sherimbetov I.X. Xalqaro audit. O‘quv qo‘llanma (amaliy
mashg‘ulot o‘tish uchun). -T.:IQTISOD MOLIYA, 2017. – 150 b
.
Taqrizchilar:
Abduvoxidov F.T. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
dotsenti, i.f.n;
Masharipov O.A. – Toshkent moliya
instituti dotsenti, i.f.n.
O‘quv qo‘llanma davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq tayyorlangan
bo‘lib, u “Xalqaro audit” fani mavzulari bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar, nazorat
savollari, mavzu bo‘yicha amaliy masalalar, testlar,
glossariy va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan. «Xalqaro audit» fanidan amaliy mashg‘ulot
o‘tish uchun o‘quv qo‘llanma
5A230900-Audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan.
3
KIRISh
Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli iqtisodiy islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining
huquqiy asoslari,
demokratik davlat qurish va uni rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratildi. Shu bilan
birga bu jarayonda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonun va kategoriyalari
talablaridan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlaridagi hisob,
audit ishlarining
integratsiyalashuviga erishish borasida huquqiy baza yaratilmoqda. Shuningdek,
jamiyat hayotidagi ijobiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda ulardan ijobiy
foydalanilmoqda. Bu borada mamlakatimizda iqtisodiy
rivojlanishning ustuvor
yo’nalishlari aniq belgilanib, iqtisodiyotni va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini
erkinlashtirishda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida buxgalteriya hisobi va
auditning nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlari
talablaridan kelib chiqqan holda ko’rib chiqilishi lozim.
Uning nazariy, amaliy,
huquqiy jihatlari bilan birgalikda iqtisodiy nazoratni amalga oshiradigan auditorlarni
tayyorlash va qayta tayyorlash ham tub iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi
ekanligi ko’zga tashlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy
nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir.
Bozor infratuzilmasini barpo etish va uning faoliyatini
jadallashtirish bevosita
qonuniy-me’yoriy asoslarni ishlab chiqishga bog’liq. Bozor infratuzilmasining
muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil
qilish va rivojlantirishda qonuniy-me’yoriy asoslarga muhim e’tibor qaratish lozim.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining qonuniy-me’yoriy asoslari tarkibida
auditorlik standartlari muhim o’rin tutib, u ushbu kasb bilan shug’ullanishning
muayyan me’yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham
respublikamizda auditning
milliy standartlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Auditning milliy
standartlarini ishlab chiqishda xalqaro standartlarga tayanilmoqda. Respublikamizda
ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari, avvalo, O’zbekistonda shakllangan
iqtisodiy madaniyat va xo’jalik yuritish uslubiga mos kelishi lozim.