Avgustin avreliy (Saodatli) (354-430)


MIXAIL VASILEVICH LOMONOSOV



Download 81,39 Kb.
bet8/14
Sana19.02.2022
Hajmi81,39 Kb.
#457257
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
hikmatlar

MIXAIL VASILEVICH LOMONOSOV
(1711-1765)

Rus faylasufi Mixail Lomonosov o‘ziga to‘q xonadonda dunyoga keldi. Lomonosov kelib chiqishiga ko‘ra mayda savdogarlardan bo‘lgan.
U Moskva shahridagi slavyan-yunon-lotin akademiyasida, keyin Kievdagi diniy akademiyada tahsil oldi. Shundan so‘ng Peterburg Fanlar akademiyasi qoshidagi universitetda o‘qidi. 1736-1741 yillarda esa Germaniyada bilim oldi. Uch yil olmon faylasufi Xristian Volf qo‘lida falsafa ilmini o‘rgandi.
Mixail Lomonosov tabiatan mag‘rur, mustaqil fikrlovchi shaxs edi. U har doim vataniga biror foyda keltirishga intilib yashagan.
Lomonosov modda va harakatning saqlanish qonunini kashf etgan.
Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: «Issiq va sovuqning sabablari haqida mulohazalar» (1749), «Jurnalistlarning falsafa erkinligini qo‘llab-quvvatlovchi maqolalarni yozish chog‘idagi vazifalari to‘g‘risida mulohaza» (1755), «Yerning qatlamlari haqida» (1763).
1753 yilning 1 martida Lomonosovga imperator Yelizavetaning farmoyishi bilan dvoryanlik martabasi beriladi. Shuningdek, Koporsk uezdidan 9 ming botmon yer va 212 nafar krepostnoy dehqon ajratildi.
Lomonosov 1765 yilning 4 aprelida vafot etdi. Oradan bir yil o‘tgach, rafiqasi Yelizaveta Andreevna ham hayotdan ko‘z yumdi. Faylasufning yolg‘iz farzandi Yelena esa kievlik ruhoniy bilan turmush qurdi va 22 yoshida olamdan o‘tdi.


* * *
Rivoyatlarga qaraganda, M.Lomonosov Rossiya hukmdori Pyotr I ning (1672-1725 yillari) nikohsiz farzandi bo‘lgan. Ma’lumki, Pyotr I ning nimjon, bemehr shahzoda Alekseydan bo‘lak merosxo‘ri yo‘q edi. Shu sababli bir kuni Pyotr I mastlikda: «Qaysi sohibjamol menga o‘g‘il tug‘ib bersa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, uni malika deb e’lon qilaman» deb yuboradi. Bundan foydalangan Arxangelskdagi ruhoniy boyvachchalar 1711 yilning 17 yanvarida Ust Tosnoga dam olgani kelgan Pyotr I ga xolmogorlik sohibjamol yetim qiz Yelenani «tuhfa» etadilar. Oradan ko‘p o‘tmay, Yelena shaxsan Pyotr I ning farmoyishi bilan Dvinsk qishloq oqsoqoli Luka Lomonosovning jiyani Vasiliy Dorofeevga unashtiriladi. Pyotr I qo‘shmachi boyvachchalarga: «Agar o‘g‘il farzand tug‘ilsa, unga buvasining xotirasi uchun Mixaylo deb ism qo‘ying. O’g‘lim hamda unga otalik qilmish kimsa Lomonosov familiyasini qabul etsinlar. Bu oila Luka Lomonosov qaramog‘ida, uning nazorati ostida yashasin. Bu sir nihoyatda maxfiy saqlanishi zarurligini unutmang. Bolaning moddiy, moliyaviy ta’minotini o‘z zimmamga olaman», — deya amr etgan.

* * *
Haqiqat va ishonch mohiyatan ikki tug‘ishgan opa-singil, ilohiy ota-ona farzandlaridir; ular hech qachon o‘zaro sen-menga bormaydilar, faqat ba’zi birovlar shuhratparastlik orqasidan o‘zbilarmonliklarini ko‘z-ko‘z qilish maqsadida ularning o‘rtasiga nizo soladilar. 

* * *
Xudoning irodasini pargar (tsirkul) yordamida o‘lchashga jazm etgan riyoziyotchi xato qiladi. Ammo Injil orqali falakiyot yoki kimyo ilmini o‘rganish mumkin deb o‘ylovchi ilohiyotchi ham nohaqdir.

* * *
Amaliyot qonunini falsafiy bilimlar bilan to‘ldirmoq kerak.

* * *
Tabiat tahlili qiyin, ammo yoqimli, foydali va olijanob ish.

* * *
Jismlarning xususiy sifatlarini mexanika qonunlari bilan tushuntirish mumkin.

* * *
Jismlarning mohiyati tortishish va inertsiya kuchida mujassamdir.

* * *
Ko‘pchilikda atomlarga tayanuvchi falsafiy metod yo narsalarning kelib chiqishini tushuntirib berolmaydi, yoki Yaratuvchini inkor etadi, degan qat’iy ishonch mavjud. Bu xulosalarning har ikkisi ham xato. Zero, hech bir tabiiy asos materiya va umumiy harakatning mohiyatini aniq-ravshan hamda to‘liq izohlab berolmaydi, qolaversa, biror-bir tabiiy asos yo‘qki, u qudratli harakatlantiruvchi kuchning mavjudligini zo‘r berib taqozo etsa.

Download 81,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish