Avgustin avreliy (Saodatli) (354-430)



Download 81,39 Kb.
bet2/14
Sana19.02.2022
Hajmi81,39 Kb.
#457257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
hikmatlar

UMAR XAYYOM
(1048-1131)

G’iyosiddin Abulfath Umar ibn Xayyom Nishopur shahrida, badavlat hunarmand oilasida tug‘ilib, voyaga yetdi. Uning laqabi Xayyom bo‘lib, bu so‘z «chodir tikuvchi» degan ma’noni anglatadi. Umar Xayyom tili achchiq, badjahl odam bo‘lgan. U o‘z she’rlarini fors tilida, nasriy asarlarini esa arab tilida bitgan. Xayyom o‘zining ruboiylari bilan nom qozongan. Uning taxminan 400 ta ruboiysi mavjud bo‘lib, shulardan 293 tasi Kembrij dorilfununining kutubxonasida saqlanadi.
Umar Xayyom, shuningdek, «Yevklid kitoblariga sharhlar», «Arifmetika muammolari», «Donishmandlik tarozisi», «Malikshohning falakiyot jadvali» (Umar Xayyom bu jadvalni Isfaxondagi rasadxonada ishlagan vaqtida tuzib, uni Eron shohi Malikning ismi bilan atagan), «Borliq va burch haqida qaydlar» kabi ilmiy asarlarning ham muallifidir.
Umar Xayyom qomusiy olim edi. Uning 600 yildan so‘ng aniqlangan matematik formulalari mavjud. Xayyom, shuningdek, 11 yoshli shahzodani davolagan hakim, Quyosh va Oy tutilishini, ob-havo qanday bo‘lishini avvaldan aytib beruvchi munajjim ham edi. Buxoro hukmdori Umar Xayyom bilan suhbat chog‘ida yuksak hurmat-e’tiborining belgisi sifatida uni doimo o‘z yoniga — taxtga o‘tqazgan.


* * *
Alloh barcha narsalarni bir yo‘la emas, balki pasayib boruvchi zanjirsimon tartibda yaratgan, — deb yozadi Umar Xayyom.

* * *
Insonlar va mavjudotlar dunyoga keladilar-u, so‘ng yana qaytib ketadilar. Xo‘sh, ular qaydan keladilar va qayga ketadilar? Hokimi Mutlaq tabiatni yaratib, tartibga soladi-yu, so‘ng nega unga talafot yetkazdi? Agar sabab tabiatning yaroqsizligida bo‘lsa, buning uchun kim aybdor? Agar tabiat yaxshi bo‘lsa, u holda uni vayron qilishning sababi nimada?

* * *
Umar Xayyom hayoti va taqdiri aks ettirilgan eng ko‘hna qo‘lyozmalarda uning o‘limi bilan bog‘liq qiziq bir ma’lumot bayon etilgan. Bir kuni 83 yoshli Xayyom ibn Sinoning falsafaga oid asarini mutolaa qila turib, paymonasi to‘lganini, o‘limi yaqinligini his etadi. O’sha zahoti mutolaadan to‘xtab, asarning o‘qib bo‘lingan sahifasiga qo‘lidagi oltin tish kavlagichini qo‘yib kitobni yopadi. So‘ng o‘rnidan turib yaqinlariga vasiyatlarini aytadi-da, shu ondan boshlab yeyish-ichishni tark etadi. Shom namozidan so‘ng u sajdaga bosh qo‘yadi-da, Yaratganga shunday iltijo qiladi: «Olloh! Men kuchim yetgancha Seni anglashga harakat qildim. Qanchalar anglaganim sayin Senga yaqinlasha bordim. Kechir meni!» u shu so‘zlarni tugatib, hayotdan ko‘z yumadi. Shoir va olim Umar Xayyom Nishopurdan Marvga olib boradigan yo‘l bo‘yiga, shaftolizor va nokzordan iborat bog‘ga dafn etiladi. Uning qabri hozirgacha saqlanib qolgan.

* * *
Bor edi kulol do‘koni, kirdim bir gal,
Dastgoh boshida ko‘zagar ishlardi jadal.
Ko‘rdimki, gado ilkiyu shoh kallasidan
Ul ko‘zaga bejirim bo‘yin, dasta yasar...

* * *
Yoshdir-qaridir, jahonga yuz tutgaylar,
Bu nuqtani to ko‘ngilga jo etgaylar.
Hech kimsaga qolmagay abad mulki jahon,
Keldik, ketamiz, boz kelib-ketgaylar...

* * *
Kun o‘tsa kuningdan, sen uni yod etma,
Ham kelmagan ul ertaga faryod etma,
Bu kelmagan-o‘tgan bila bunyod etma,
Xo‘p xayr degil, umrni barbod etma.

* * *
Asrori azalni sanu man bilmasmiz,
Bu harfi chigalni sanu man bilmasmiz,
Har nechaki so‘zladik, dedik parda osha,
Chu pardaki tushdi, sanu man bilmasmiz...

* * *
Avlodi bashar bo‘yida jigarpora emish,
Shodlik bila g‘am ko‘yida ovora emish,
Sen charxga umid bog‘lama, ul charxi falak,
Sendan-da g‘arib ermishu bechora emish.

* * *
Bilgaymisan, ayo, saharlarda xo‘roz,
Faryod etarda senga ne so‘ylar roz?
Ul derki, ayon bo‘ldi sahar ko‘zgusida
Tun o‘tdi umrdan, bexabardirsan boz...

Download 81,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish