Август 2020 8-қисм


Azimova Fotima Yashinbek qizi



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/87
Sana21.03.2022
Hajmi1,81 Mb.
#504946
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Azimova Fotima Yashinbek qizi
Andijon viloyati Izboskan tumani
47-umumiy oʻrta ta’lim maktabi Ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi
ww6132220@icloud.com 
Annotatsiya: 
ushbu maqolada mumtoz she’riyatimizda soʻz oʻyinlariga asoslangan janr 
tuyuqlarning Navoiy ijodidagi badiiyati toʻgʻrisida qayd etilgan. Alisher Navoiyning tajnisga 
asoslangan tuyuqlari “Badoe ul vasat” devoniga kiritilgan boʻlib, oʻn uchtani tashkil qiladi. 
Kalit soʻzlari: 
Tuyuq, tajnis, badiiyat, oshiq, mashuqa, “ Badoe ul vasat”
Tuyuq namunalarining shoir ijodida kamligi uning bu boradagi mahorati darajasini zarracha 
kamaytirmaydi. Shoir nazariyotchi olim sifatida ham bu janrga alohida e’tibor bergan, shu bois 
Alisher Navoiy tuyuq janri belgilarini koʻrsatib bera olgan adabiyotshunos, tuyuqshunos sifatida 
ham e’tirof etiladi. Tuyuq janri haqidagi ma’lumotlarga koʻra u sof turkiy janr bo‘lib, atama 
“tuy”, “tuymoq”, ya’ni his qilmoq ma’nosini bildiradi. “Mezon ul-avzon” asarida quyidagi 
ma’lumotlar keltiriladi: “Yana turk ulusi, bataxsis chigʻatoy xalqi aro shoe’ avzondurkim, alar 
surudlarin ul vazn bilan yasab, majolisda ayturlar. Birisi tuyuqdurkim, ikki baytqa muqarrardur 
va sa’y qilurlarkim, tajnis aytilgʻay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim:
Yo rab, ul shahdu shakar, yo labmudur?
Yo magar shahdu shakar yolabmudur?
Jonima payvasta novak otqali
Gʻamza oʻqin qoshigʻa yolabmudur?” [2;91,92].
Alisher Navoiyning izohiga koʻra turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan vaznlardan biri 
qoʻshiqbop (surud) vazndir, uni majlislarda ijro etadilar. Shakli haqida esa tuyuq ikki bayt, ya’ni 
toʻrt misra boʻlishi, tajnisga asoslanishi, vazni doimo qat’iy: ramali musaddasi maqsur ekanligi 
aytib o‘tilgan. Ayrim manbalarda keltirilishicha, tuyuqlar tajnissiz boʻlishi mumkin, bunday 
hollarda qolgan xususiyatlar qat’iy saqlanadi. Misol tarzida esa Alisher Navoiy oʻz ijodidan namuna 
keltirgan. Yuqoridagi tuyuqda lirik qahramon oshiq ekanligi ma’lum boʻladi. Oshiq tomonidan 
dastlab “yo rab” deya yaratganga murojaat qilinadi, soʻng yorning lablari haqida soʻz yuritilib, ular 
asalu shakarmikin yoki lablarmikin? tarzida savol qo‘yiladi. Tuyuqda tajnisdan tashqari tajohuli 
orifona, ya’ni bilib turib bilmaslikka olish san’ati ham namoyon bolgan. Yorning lablari haqidagi 
savol ana shu san’atni hosil qiladi. Ikkinchi misrada ham savol tarzi davom etadi: yor asalu shakarni 
yalabdimikin? Keyingi oʻrinlarda oshiqning joniga yor nozu karashmalari oʻq boʻlib (kipriklar) 
qosh ostiga (yo(y)labdurur) tizilib oldilar, mazmuni aks etadi. Tuyuqda “lab”, “jon”, “g‘amza”, 
“qosh”; “novak”, “o‘q”, “otmoq” kabi soʻzlar bir turdagi tushunchalarni anglatadi, bu esa tanosub 
san’atini yuzaga chiqargan.
Oshiqning samimiy ishqi, vafodorligi quyidagi tuyuqda ham namoyon bo‘ladi: 
Yo qoshingdin necha bir oʻq koʻz tutay,
Otki, oʻtrusigʻa aning ko‘z tutay.
Necha koʻrgach oʻzga mahvashlar qoshin
Yangi oy koʻrgan kishidek koʻz tutay [1;517].
Yorning qoshlari yoy (yo qoshingdin) shaklida bo‘lib, qosh ostidagi kiprik(bir oʻq)lar oʻq 
boʻlib otilishini oshiq zor boʻlib kutadi (koʻz tutay). Ikkinchi misrada esa yorning shu o‘qlarni 
otishiga oshiq koʻzlarini tutib bermoqchi (koʻz tutay). Bunda nigohlarning oʻzaro duch kelish 
manzarasi namoyon boʻladiki, oshiq ma’shuqa nigohini shu bilan tutib olmoqchi. Odatda uzoqdagi 
narsalarga, shuningdek osmondagi yangi oyga ham sinchiklab, qoʻlimizni qoshimizga qoʻyib 
qaraymiz. Oshiq ham boshqa yorlardan oʻz yorini ajratib, tanib olish uchun shu taxlit “koʻz tutadi”. 
Bu oʻrinda yorning qoshlari yangi oy singari uzun, nozik, nafis ekanligiga ham ishora qilinmoqda.
Vah, qachongʻa tegru ishqing kojidin
Koʻzuma har lahza oʻt choqilgʻusi.
Basdurur koʻnglumda ishqing, yoqma oʻt
Kim, harorat ul ham oʻtcha qilgʻusi [1;518].
Lirik qahramon oshiqning ruhiy holati tasviri berilgan mazkur tuyuqda ma’shuqa solgan ishq 
oshiq koʻzida har lahza o‘t yoqayotganini anglaymiz (oʻt choqilgʻusi). Koʻzning qizilligi odatda 


46

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish