Август 2020 8-қисм
Тошкент
qo‘llanilib kelinmoqda. Interfaol – inglizcha interakt so‘zidan olingan bo‘lib , “inter”- hamkorlikda
, “akt”- harakat qilmoq degan ma’noni bildiradi. Interfaol usullar o‘quvchilarning izlanishi,
o‘zaro fikrlashi va o‘z qarashlariga ega bo‘lishi, berilgan topshiriqni tez va to‘g‘ri bajarishini
ta’minlaydi. Hozirgi davrda maktablarda interfaol usullardan foydalanib dars mashg‘ulotlari
tashkil etilsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yangi pedagogik texnologiyalardan har bir dars
jarayonida foydalanish ta’limning yangicha ko‘rinishi uchun asos bo‘ladi. Dars mashg‘ulotlarida,
shuningdek, adabiyot darslarida noan’anaviy usullardan, o‘quvchini fikrlashga undovchi interfaol
o‘yinlardan foydalanib, dars mashg‘ulotlarini olib borish ta’limning hozirgi kun talablaridan
biridir.Keling, hozir noan’anaviy usullarning adabiyot darslarida qo‘llanilishi va ularning
ahamiyati haqidagi fikrlarimizni davom ettiramiz.
Keys-stadi. Keys ingliz tilidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi ”quti”, stadi –“o‘qimoq”degan
ma’noni bildiradi.ushbu usulni biror badiiy asar,asardan berilgan parcha yoki qissa, hikoya o‘qib
bo‘lingandan so‘ng uni mustahkamlash maqsadida qo‘llash kerak.Buning uchun tayyor holatdagi
qutini olamiz. Qutini o‘qilgan asar deb qabul qilamiz. uning ichiga imkoni bo‘lsa o‘sha asarni
solib qo‘yamiz. Ichiga solib qo‘ygan asarimiz hammaga ma’lum bo‘lishi kerak. Misol uchun
G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasini olaylik. O‘quvchilar
bilan birgalikda ushbu hikoya o‘qiladi.Mazmuni o‘rganiladi. Hikoya qahramonlari haqidagi
salbiy va ijobiy fikrlar tahlil qilinadi.Endi qutining ichidan asarni olishimiz kerak. Buning
uchun oldimizdagi muammolarni, muammolarning sabablarini o‘rganamiz. Shundan so‘ng quti
ochiladi. Mana shunda asarning yechimini topgan bo‘lamiz. ushbu usulning ahamiyati shundaki,
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, davr tuzumi va muammolarini o‘sha hikoya mavzusi asosida
tahlil qilishga, hikoya qahramonlarining hayotini chuqur o‘rganishga o‘rgatadi .
Bilamizki, mashhur yozuvchimiz G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Mening o‘g‘rigina bolam”
hikoyasi 1917-yilning sentabr oyida ro‘y bergan voqealar asosida yozilgan. O‘sha davrda xalqimiz
juda qiynalgan. Chunki Birinchi jahon urushi eng kuchaygan davr edi. Oila boshliqlari urushga
jalb etilgan. Ishsizlar ko‘paygan. Bunday paytda “o‘g‘irlik” qilish odatiy holga aylangan.Bu urush
boshqa millatlar qatori bizning xalqimiz boshiga ham cheksiz kulfatlar soldi. ”Mening o‘g‘rigina
bolam” hikoyasi qahramonlari, aslida, mana shu urushning tirik qurbonlaridir.Hikoyaning asosiy
qahramonlari: Yosh G‘afur,”Qora buvi”- Roqiyabibi, O‘g‘ri.
Agar anglagan bo‘lsangiz gap faqat hikoyada ishtirok etayotgan “qora buvi”va “o‘g‘rigina
bola”dagina emas. ularning suhbati ortida norasida bolalar, ayollar, va keksalar taqdiri ham
turibdi. Zero, ayni shular urush asoratlarini , qiyinchiliklarini ko‘proq his qiladilar. Aynan
shular alohida himoyaga,e’tiborga muhtoj bo‘ladilar. Lekin, bu “o‘g‘rigina bolam”ning haqiqiy
o‘g‘rilardan farqi katta. Avvalo, uni bu harom yo‘lga qadam bosishga hayotning o‘zi, sharoyitning
og‘irligi, to‘g‘rirog‘i, yuqoridagilarning qilmishlari majbur etdi. Yo‘qchilik, uyda och o‘tirgan
oila tirikchiligini bir amallab o‘tkazish tashvishi uni shu yo‘lga boshlaydi.
Muammo
Sabab
Yechim
Davr tuzumi (Turkiston o‘lkasining
Rossiya tomonidan bosib olinishi)
Xonlikdagi nizolar
Xalqning ozodlikka bo‘lgan kurashi
Moddiy tanqislik
Oziq-ovqatlarning urush
qatnashchilariga jo‘natilishi
Xalqning tinchlikka bo‘lgan intilishi
43
Do'stlaringiz bilan baham: |