Август 2020 8-қисм
Тошкент
SHARQ MUMTOZ ADABIYOTINING G‘ARB ADABIYOTIGA TA’SIRI
Ruzmetov Shahzodbek Ulug‘bekovich
ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi
ruzmetovshoh@gmail.com (97) 156 98 07
Annototsiya.
ushbu maqolada fransuz adibi Antuan de Sent Ekzyuperining “Kichkina
shahzoda” asari va undagi sharq mumtoz adabiyotiga ishora qilinuvchi o‘rinlari, obrazlar tizimi
ijodiy metod asosida tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar:
Obraz, falsafa, badiiy konsepsiya, ramz, didaktik, ijodiy metod
Fransuz adibi Antuan de Sent Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari bilan tanisha turib,
unda bolalarga xos beg‘uborlik, soflik va samimiylikni tuyasiz. Bir qarashda oddiy ertak kabi
yozilgan ushbu asarga diqqat bilan nazar solsak, unda chuqur falsafiy qarashlar aks etganiga
guvoh bo‘lamiz. Bunda sharq adabiyotiga xos ramziylik va didaktik an’anlarni uchratish mumkin.
Asarning boshlanishida Ekzyuperi
“men bu asarni katta yoshdagi odam uchun bag‘ishlaganimga
bolalardan kechirim so‘rayman”
- deydi. Demak, biz bu asarni oddiy sarguzasht yoki ertak sifatida
qabul qilmasligimiz lozim ekan. Keling, endi bizning e’tiborimizni tortgan ayrim o‘rinlarga
murojaat qilsak.
Muallif ushbu asarni hikoya qilish yo‘sinida yoritgan bo‘lib, bir qarashda asar XX asr
adabiyotimiz durdonalari hisoblangan G‘ofur G‘ulomning “Shumbola”, Oybekning “Bolalik
qissalari”, Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” yoki Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlarini
yodga soladi. Ammo, asar butunlay boshqacha xarakterga ega. undagi voqealar ertaknamo, lekin
asarni yozishdan muallifning asosiy ijodiy niyati butkul o‘zgacha bo‘lgan. ustozimiz Dilmurod
Quronov “Adabiyotshunoslik lug‘ati” kitoblarida ijodiy niyatga, san’atkorning o‘y-fikrlari,
bahosi, badiiy konsepsiyasini badiiy obrazlar tizimi vositasda moddiylashtirish jarayonidir, -
deb ta’riflaydi. Shunday ekan, biz badiiy asarni mutaxassis sifatida tahlil qilar ekanmiz, unda
mavjud bo‘lgan bosh g‘oya va yozuvchining asosiy maqsadini aks ettiruvchi jumlalarni, butun
asar mazmuniga teng fikrlarni izlaymiz. Fikrimizning dalili sifatida asarda beqiyos mazmun kasb
etgan quyidagi purma’no fikrni keltirmoqchimiz:
“Eng asosiy narsani ko‘z ilg‘amaydi, u siyratda, botinda pinhon…”
Aynan mana shu fikrlar zamirida butun asar mazmuni ochib berilgan deya olamiz. Chunki asarni
sinchkovlik bilan o‘qimagan kitobxon uni bir ko‘rishda anglamaydi, asosiy g‘oya va qarashlar
uning botinida pinhondir.
Asarda turli xil ramziy obrazlar mavjud bo‘lib, ulardan biri tulki obrazi hisoblanadi. ustoz
ulug‘bek Hamdam, “Muhabbatning eng go‘zal qo‘shig‘i” maqolasida uni donishmandlik ramzi
sifatida ta’riflaydi [2.b.17]. Agar biz asarni ijodiy metod asosida tahlil qiladigan bo‘lsak, bu usul
asardagi o‘quvchiga noma’lum bo‘lgan qirralarni ochish, voqeylik hamda ijodkorning maqsadini
yanada kengroq tushunishga, anglashga yordam beradi. Misol uchun, asarda tulkining maslahati
bilan shahzoda o‘z sayyorasiga ravona bo‘lishi, o‘zida bor bo‘lgan narsani qadrlashni o‘rganishi,
yoki yonida turgan baxtni uzoqdan izlamasligi kerak ekanligini anglab еtishini aytish mumkin.
Bu Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy”si yoki Paulo Kueloning “Alkimyogar” asarlarini
yodga soladi. Fikrlarni jamlaydigan bo‘lsak, Radi Fishning “Jaloliddin Rumiy” asaridagi quyidagi
baytlar mazmuniga teng fikrlar o‘rtaga chiqadi:
Ayo, siz, jon chekib har lahza izlarsiz ilohiyni,
Ani izlashga xojat yo‘q, ilohiy-siz,ilohiy-siz.
Asardagi yana bir asosiy persanaj ilon bo‘lib, adib bejizga ilonni tanlamagan. Ilon asarda
Kichkina shahzodaga murojaat qilib, bu dunyo o‘tkinchiligini ta’kidlab, sharq didaktik asarlarining
еtakchi g‘oyalaridan biri bo‘lgan tuproqdan yaralding, tuproqqa qaytsan degan g‘oyani ilgari
suradi. Mana o‘sha so‘zlar:
— Kimgaki tegsam, uni asliga —tuproqqa aylantiraman, —dedi u. —Ammo sen yulduzdan
tushib kelgansan, yulduzdek poksan…”
Buni o‘qir ekanmiz umar Xayyomning quyidagi ajoyib misralar hayolimizga keladi.
Bozorda bir kulol ko‘rsatib hunar,
Bir parcha xom loyni tepib, pishitar.
Loy ingrab aytadur: “Hoy sekinroq tep,
19
Do'stlaringiz bilan baham: |