Kalit so`zlar:
oila,dala, bog`,tomorqa, maktab hovlisi.
O`zbek xalqi azal-azaldan mehnatkash xalq bo`lib kelgan.Texnologiya —mehnat san’at, fan,
ijod qilish demakdir.Shunday ekan, boshlang`ich sinf o`quvchilari faqat ota-onalari mehnat
qilishi haqida tushunchaga ega bo`ladilar. Ular ota-onasining ishga borishi va dam olishini
ko`radilar.Shuning uchun boshlang`ich sinf o`quvchilariga darslarda, ayniqsa, o`qish, texnologiya
va tabiatshunoslik darslarida suhbat davomida har bir kasb sharafli, hunarli inson esa xor
bo`lmasligini tushuntirib, bolalarni kasb-hunarga yo`naltirish, to`g`ri yo`l ko`rsatib borish har
bir pedagogning vazifasidir.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida mehnat qilish ko’nikmalarini shakllantirish, avvalo,oiladan
boshlanadi. O`quvchilarni oilada uylarni yig`ishtirishga,idish-tovoqlarni yuvishga, ifloslangan
joylarni tozalashga o`rgatib borish zarur. Ko`proq qiz bolalar uyda mehmon kutishni,
dasturxonni tuzashni, ozodalikni,pokizalikni ,to`g`ri ovqatlanishni asta-asta o`rgana boshlaydilar.
O`g`il bolalar esa bobosi,dadasi va akasidan bog`da mevali daraxtlarni ekish, ko`chatlarni
parvarish qilish, qurigan shoxlarni olib tashlashni, dalada esa yerlarni chopishni,yumshatishni,
sug`orishni, o`simlik urug`larini ekishni ,poliz ekinlari va sabzavotlarini ekib, parvarish qilib
borishni o`rganadilar. Asta-sekin boshlang`ich sinf o`quvchilarida ham mehnat qilish, ishlash
qobiliyati shakllana boshlaydi. O`quvchilarni yosh xususiyatiga ko`ra mehnatga o`rgatish,
mehnat—mehnatning tagi rohat ekanligini uqtirish ,mehnat qilish evaziga oilaga , ro`zg`orga
foydasi tegishini o`rgatish, nafaqat, o`ziga, oilasiga butun jamiyatga foydasi tegibgina qolmay,
bolani to`g`ri yo`lga boshlash,bolani yoshligidan mehnatga o`rgatib, ichish, chekishdek zararli
omillardan himoya qilish maqsadga muvofiqdir.
Ayniqsa, hozirgi kunda pandemiya davrida mehnat qilgan inson, tomorqada, hovli uy-joylarda
yashovchilar bir qarich yerdan ham unumli foydalanib, uyda, hunarli insonlar hunarini davom
ettirish — ularning eng asosiy vazifasidir. Ular uy-joyda qolib, nafaqat, o`zini, balki boshqalarni
ham kasallikdan himoya qiladilar.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining texnologiya, o`qish, tabiatshunoslik, tasviriy san’at
fanlari orqali mehnat qilishga qiziqishi uy`onadi. Texnologiya fanidan ko`rib, jihozlarni tutib
ushlab o`rgansa, o`qish fanidan tabiatshunoslik, tasviriy san’at fanlaridan, ko`rib, tasavvur qilib,
tasvirlab o`rganadi. Tasavvuri kengayadi, nutq va fikrlash madaniyati ham yuksaladi. Xullas,
mehnat qilgan inson ham aqlan, ham ma’nan, ham jismonan sog`lom bo`ladi. Mehnat qilib
mazmunli hordiq chiqarish–sog`lik uchun foydali. Dam olish vaqtida kitob o`qish, kinoteatrlarda
biror bir kinoni tomosha qilish asab tizimini me’yorlashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. D.J.Sharipova, G.O`.Solihova, D.I.Ahmedova.”Salomatlik darslari”,T.:2002
2. N.R.Ibragimova, I.A.Mannopova, R.A.Mavlonova. texnologiya fanidan 4-sinf uchun
darslik,T.:2017
3. O`zbek xalq maqollari. “Sharq”, T.:2019
91
Do'stlaringiz bilan baham: |